Tayyorlov texnika to’garaklari (kichik maktab yoshidagi o’quvchilar uchun). Ularda o’quvchilar jonli va oson shaklda texnika elementlari hamda eng oddiy texnologik jarayonlar bilan tanishadilar, qog’oz, plastmassa, metall va boshqa materiallarga ishlov berish bo'yicha olgan boshlang’ich ko’nikmalarini rivojlantiradilar. O’quvchilar texnik o'yinchoklar, mashina va mexanizmlarning sodda modellarini, eng oddiy avtomatik qurilmalar, o’quv ko’rsatmali qo’llanmalar, maktab hamda uy-ruzg'or buyumlari va xokazolarni tayyorlaydilar.
Bu tipdagi to'garaklar faoliyatida yasalgan o'yinchoqlar va modellar bilan o'yinlar xamda musobakalar o'tkazish muxim o'rin tutadi. Tajriba-sinov ishlari natijalariga ko'ra aytish mumkinki, tayyorlov texnika to'garaklaridagi mashg'ulotlar keyinchalik o'rta va katta maktab yoshidagi o'quvchilarni kasbga yo'naltirish ishida barcha shakldagi mashg'ulotlar uchun propedevtik vazifani utaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |