Himoyaga ruxsat etaman” O‘quv va uslubiy ishlar bo‘yicha prorektori


Alohida yordamga muxtoj bolalarni inklyuziv ta’limga joriy etishda Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim tashkiloti va pedagogolarning vazifasi



Download 196 Kb.
bet7/12
Sana28.03.2022
Hajmi196 Kb.
#513979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi

2.2 Alohida yordamga muxtoj bolalarni inklyuziv ta’limga joriy etishda Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim tashkiloti va pedagogolarning vazifasi.
1991 yilda O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan, ta’lim olishga muhtoj bo‘lgan bolalarni qo‘llab quvvatlash to‘g‘risidagi qonun va qarorlarning qabul qilinishi maxsus yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarning ta’lim tizimini isloh etishning dastlabki bosqichi hisoblandi. 1996 yilning noyabr oyida YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi tashabbusi asosida Toshkentda «Maxsus ta’lim sohasida inklyuziv usullar» mavzusida milliy o‘quv dastur muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. 1998 yilning oktyabr oyida Buxoro shahrida ushbu mavzu bo‘yicha mintaqaviy anjuman tashkil qilingan edi. Mazkur anjuman YuNESKO, YuNISEF (BMT ning bolalar jamg‘armasi), butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Ushbu tadbirlar natijasida 2001 yilda O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi qoshida Inklyuziv ta’lim bo‘yicha manba markazi tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar ushbu markaz tomonidan bir necha o‘quv seminarlari o‘tkazildi va qator dasturlar amalga oshirilib kelinmoqda. 2004 yilning iyun oyida «Sen yolg’iz emassan» Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi tashabbusi asosida Toshkent shahrida «Etim bolalarning ijtimoiy muhofazasi» mavzusida ilk bor xalqaro anjuman tashkil etildi. Ushbu anjuman doirasida alohida extiyojli bolalar uchun ta’lim dasturlari muhokama etildi. 2005 yilning iyun oyida Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi va «Sen yolg’z emassan» Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi tomonidan «Ijtimoiy nochor bo‘lgan bolalarga ko‘mak berishning samarali shakl va usullari» nomli xalqaro forum o‘tkazildi. Ushbu forum tavsiyanomalari asosida YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda YuNESKO tashkiloti rahnamoligida Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi madaniy markazga (Tokio, Yaponiya) maxsus loyiha taqdim etilgan edi. Ushbu YuNESKO markazi tomonidan «O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni joriy etish bo‘yicha bog‘cha va o‘rta Maktabgacha ta’lim tashkilotilarda tajribaviy guruhlar ochish» nomli loyiha qo‘llab-quvvatlandi. Ushbu inklyuziv ta’lim loyihasining asosiy maqsadi alohida extiyojli bolalarda turfa xil malakalarni oshirish va ularning qobiliyatlarini barqaror rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratishdan iborat. Ta’lim tibbiy va ijtimoiy xizmat bilan birgalikda olib boriladi. Ota-onalar uchun oilada va mahallada profilaktika hamda reabilitatsiya ishlari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Ota-onalari alohida extiyojli bolalarni tarbiyalash va ularning aqliy rivojlanishlarini rag‘batlantirish asosida pedagogik usullar, ularning mustaqil bo‘lishlari uchun tengdosh sog‘lom bolalar bilan muloqoti asosida o‘qitiladilar. Inklyuziv dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda pedagoglarning hamkorligi muhim omil bo‘lib hisoblanganligi sababli, o‘tkazilgan kurs ishilarda o‘rta maxsus ta’lim pedagoglarining inklyuziv ta’limga munosabatlari, bu dasturlarni bajarishlari davomidagi kelib chikadigan tajriba va savollari urganildi. Bu kurs ishilar va ularning natijalari kuyida keltirilgan ko‘rsatish asosan defektologlarda inklyuziv ta’limga munosabatlari murakkab va o‘zgaruvchan bo‘lib, ularni amaliyotga kirish tajribasiga qarab farqlanadi. Umumiy ta’lim defektologlarining ijobiy tajribalari o‘z ichiga o‘qitishning samaraliligiga yuqori ishonchni; alohida yordamga muxtoj tarbiyalanuvchilarga nisbatan yumshok kungilda qarash; ularning boshqa tarbiyalanuvchilarga urnak bula olish misollarini tushunish; hamma tarbiyalanuvchilarning (alohida yordamga muxtoj va alohida yordamga muxtoj emaslar) ehtiyojlarini kanoatlantiruvchi malakalarini borligiga ishonch; yangi kasbdoshlar bilan tanishish kabilar.

Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish