Ta’lim metodlari
|
Ma’ruza, savol-javob, suhbat, munozara.
|
Ta’lim vositalari
|
Ma’ruza matni, kompyuter, proyektor, doska.
|
Ta’lim shakllari
|
Elektron tadqimot
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Texnik vositalardan foydalanish va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya
|
Monitoring va baholash
|
savol-javob, reyting tizimi asosida baholash.
|
“Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o’rni” mavzusi bo’yicha muammoli ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi.
-
Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyat mazmuni
|
|
O’qituvchining
|
Talabaning
|
Tayyorlov bosqichi
|
Guruh bilan salomlashadi;
Guruhning davomadi va auditoriyaning tayyorgarligini tekshiradi
|
Darsga kerakli bo’lgan o’quv qurollarini tayoorlashadi
|
I. Kirish bosqichi (10 daqiqa)
|
Mavzuning nomi, o’quv maqsadi, kutilajak o’quv natijalarini e’lon qiladi. O’quv mashg’uloti elektron taqdimot shaklda o’tkazilishini tushuntiradi.
|
Eshitadi, yozib oladi.
|
II. Asosiy bosqich
(55 daqiqa)
|
2.1 Yangi mavzuni darrov boshlashdan avval oldingi mavzudan bir nechta savollar berib, ularga javoblarni olib, yangi mavzuga bog’lab ketadi.
2.2 Xorijiy investitsiyalar haqida tushuncha, beradi. Ularning mohiyati, shakllari haqida ma’lumot beradi.
2.2 Mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun qanday imkoniyatlar yaratilganligi, investitsiya faoliyati uchun soliq imtiyozlari yaratilganligi haqida talabalarga ma’lumot beradi.
2.3 Mamlakatimizning investitsion faoliyati natijalari (elektron taqdimotda keltirilgan jadval, diagramma) bilan tanishtiradi. Ko’rsatkichlardagi o’zgarishlarning mohiyati, ularning salbiy yoki ijobiy xarakteerga ega ekanligi haqida batafsil to’xtalib o’tadi.
2.4 Mamlakatimizning qaysi xalqaro moliya institutlari va rivojlanish tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatganligi va uning mohiyatini yoritib beradi.
|
O’qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob berishadi.
Mamlakatimizda investorlar uchun qanday muhit yaratilganligi bilan tanishishadi.
Investitsiyalar bilan bog’liq bo’lgan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularning mohiyati bilan tanishishadi
|
III.Yakuniy bosqich
(15 daqiqa)
|
3.1 Yakunda mamlakatimiz investitsion faoliyatini xulosolovchi fikrlarni aytib o’tadi.
3.2 O’quvchilarga vazifa sifatida ko’rsatkichlarni yana bir marta mustaqil o’rganib chiqishlari va o’zlariga kerakli xulosalar chiqarishlari topshiriladi.
3.3 Darsda faol qatnashib, o’z fikrlarini ifodalagan talabalar baholanishadi.
|
Eshitadilar.
Vazifani yozib oladilar.
|
Ko’rgazmali usullar ta’lim beruvchiga mantiqiy o’zaro bog’liqlikni ko’rgazma ravishda illyustrastiya qilishga, o’quv materiallarini yetkazishni strukturalashtirishga, ta’lim oluvchilarga materialni tushunishga va yaxshi eslab qolishga yordam beradi. «Texnologik vositalarni faol qo’llashga asoslangan xohlagan zamonaviy texnologiya asosan vositali ravishdagi ta’limni amalga oshiradi, bunda o’quv axborotning asosiy hajmi o’qituvchi orqali emas, balki ta’lim vositalari orqali o’tadi.
Hamma biladigan bir gap bor: «Yuz marotaba eshitgandan ko’ra bir marotaba ko’rgan yaxshi». Shuning uchun o’quv materialni og’zaki bayon etish uchun (bunda 20 foiz mazmuni egallanadi) vaqt ketkazishning ma’nosi yo’q.
Mashg’ulotlarda o’quvmateriallarni ko’rgazmali, vizual shaklda keltirish lozim. Ko’rilayotgan ob’ekt ta’limoluvchilar diqqatini ta’lim vositalari yordamida o’ziga tortadi, qabul qilish jarayonini kuchaytiradi va chuqurlashtiradi, bo’lib o’tayotgan jarayonlarni kuzatishga, ob’ektlarni modellashtirishga yordam beradi.
Shuning uchun ham ta’lim usullarini tanlashda namoyish,videousul ,muammoli vaziyatlar usullaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.Aynan shu usullar yordamida ta’lim berish jarayonida ma’lumotlarning ko’proq qismini saqlab qolish mumkin.
Quyida “Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o’rni” mavzusining elektron taqdimotini keltiramiz.
“Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o’rni” mavzusi bo’yicha seminar mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |