Himoyaga ruxsat beriladi


III. Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun



Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/33
Sana21.04.2020
Hajmi1,45 Mb.
#46284
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Bog'liq
mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning orni va bu masalani oqitish uslubiyoti

III. Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun 

qulay investitsion muhit yaratish maqsadida belgilangan kafolat va imtiyozlar: 

 

1. Chet el investitsiyalarining huquqiy rejimi O‘zbekiston Respublikasi yuridik 

va  jismoniy  shaxslari  tomonidan  amalga  oshirilayotgan  investitsiyalarning  tegishli 

rejimiga qaraganda noqulayroq bo‘lishi mumkin emas. 

 



30

 

 



2. Davlat boshqaruv organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari chet ellik 

investorlarning  so‘rovlariga  ko‘ra  ularni  qiziqtirgan  axborotni  qonun  hujjatlarida 

nazarda tutilgan tartibda berishlari shart. 

 

3. Agar O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiyalash 

shart-sharoitlarini  yomonlashtirsa,  unda  chet  ellik  investorlarga  nisbatan 

investitsiyalash  sanasida  amal  qilgan  qonun  hujjatlari  investitsiyalash  paytidan 

boshlab o‘n yil mobaynida qo‘llaniladi. Chet ellik investor o‘z xohishiga ko‘ra yangi 

qonun  hujjatlarining  investitsiyalash  shart-sharoitlarini  yaxshilaydigan  qoidalarini 

qo‘llash huquqiga egadir. 

4. O‘zbekiston  Respublikasidagi  chet  el  investitsiyalari  va  chet  ellik 

investorlarning 

boshqa 

aktivlari 

davlat 

mulkiga 


aylantirilmaydi.Chet 

el 


investitsiyalari va chet ellik investorlarning boshqa aktivlari rekvizitsiya qilinmaydi, 

tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiyalar, epizootiya hollari bundan mustasno. 



5. Chet  ellik  investorning  O‘zbekiston  Respublikasida  olgan  daromadlari  chet 

ellik investorning xohishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida reinvestitsiya 

qilinishi yoki boshqa har qanday usulda ishlatilishi mumkin. 

Chet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi  korxonalar  qonun  hujjatlariga  muvofiq 

quyidagi huquqlarga ega: 

O‘zbekiston  Respublikasi  hududida,  shuningdek  undan  tashqarida  har  qanday 

valyutada,  har  qanday  bankda  hisobvaraqlar  ochish,  ulardan  foydalanish  va  ularni 

tasarruf etish; 

chet el valyutasida ssudalar olish va uni qaytarish.

 

6. Chet ellik investorlarga chet el valyutasidagi pul mablag‘‘larini O‘zbekiston 

Respublikasiga va undan tashqariga, ular soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni 

O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  to‘lashi  sharti 

bilan, biron-bir cheklashsiz erkin o‘tkazish kafolatlanadi. 

7. Chet 

el 


investitsiyalari 

ishtirokidagi 

korxonalar 

O‘zbekiston 

Respublikasining  qonun  hujjatlari  talablariga  rioya  etgan  holda  eksport-import 

operatsiyalarini  mustaqil  ravishda  amalga  oshiradilar.  O‘zlari  ishlab  chiqargan 




31

 

 



mahsulotni  eksport  qilganlarida  bunday  mahsulot  litsenziyalanmaydi  va 

kvotalanmaydi. 

Chet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi  korxonalar  O‘zbekiston  Respublikasi 

qonun  hujjatlariga  muvofiq  o‘z  ishlab  chiqarish  ehtiyojlari  uchun  mahsulotni 

litsenziyasiz  import  qilishga  haqli.  Eksportga  chiqariladigan  o‘zining  ishlab 

chiqargan  mahsulotini  va  korxonalar  tomonidan  o‘z  ehtiyojlari  uchun  import 

qilinadigan  mahsulotni  aniqlash  tartibi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 

 

8. Xorijiy  sarmoya  ishtirokidagi  korxonalarning  valyuta  bilan  o‘zini  o‘zi 

qoplash  imkoniyatini  oshirish,  ular  tomonidan  raqobatbardosh  mahsulot  ishlab 

chiqarishni  hamda  eksportga  yetkazib  berishni  ko‘paytirish  maqsadida  quyidagi 

qo‘shimcha imtiyozlar yaratilgan: 

- o‘zi ishlab chiqargan mahsulotga eksport boj to‘lovlari bekor qilinsin; 

-  xaridorlarga  xizmat  qiluvchi  vakil  banklarning  kafolatlari  mavjud  bo‘lgan 

hamda amaldagi qonunlarda ko‘zda tutilgan valyuta daromadi tushumi muddatlariga 

rioya  etilgan  taqdirda  o‘z  mahsulotini  oldindan  haq  to‘lamasdan  va  akkreditiv 

ochmasdan eksport qilish huquqi berilsin; 

-  chet  ellarda  tashqi  bozorlarning  marketing  tadqiqotlari  hamda  ishlab 

chiqarayotgan  mahsulotni  reklama  qilish  maqsadida  savdo  uylari  hamda 

vakolatxonalari  ochib,  ularga  konsignatsiya  shartlari  asosida  tovarlar  yetkazib 

berishga ijozat berilsin; 

-  o‘zi  ishlab  chiqaradigan  mahsulotni  yetkazib  berish  uchun  eksport 

kontraktlarini  (litsenziyalanadigan  tovarlar  eksportidan  tashqari)  O‘zbekiston 

Respublikasi  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  vazirligida  ro‘yxatdan  o‘tkazish  bekor 

qilinib,  ularni  vakil  banklarda  va  bojxona  organlarida  hisobga  olishning  amaldagi 

tartibi saqlab qolinsin; 

- korxonalar o‘zi ishlab chiqaradigan eksport mahsulotining kontrakt narxlarini 

shartnoma asosida mustaqil shakllantirishlari belgilab qo‘yilsin. 

 

 



32

 

 



 

 

 



 

 

 




Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish