Cubase 5 dasturida ishlash Dastur o‘rnatilishi bilan bir qatorda dasturning mukammal ishlashi uchun qo‘shimcha yordamchi tashkil etuvchilar ham o‘rnatilishi talab etiladi.
ASIO (– audio oqim kirish/chiqishi)(1.2.1-rasm) – bu dastur tashkil etuvchisi ovoz kartasi drayveri hamda ovoz dasturi bilan ovoz maʼlumotlari alamashinuvini taʼminlaydi. Ushbu yordamchi tashkil etuvchi – plagin va ovoz oqimlarini mikshirlash jarayonida ovoz “zaderjka”sini minimal darajaga yetkazishni taʼminlab beradi.
1.2.1-rasm. Audio oqim kirish/chiqishi qurilmasi Cubase dasturida video formatlarni yuklab olish imkoniyati mavjud. Ovozni yozish jarayonida ovoz bilan birgalikda eshitib, ularning kamchiligini aniqlash imkoni ham mavjud.
Adobe Audition Adobe Audition dasturi(1.2.2) – ovoz bilan ishlovchi Keyinchalik bu mahsulot Adobe Audition 1.0 deb atalib, hech qanday o‘zgarishsiz bozorga chiqarildi. 2004-yil bahorining oxirida “Adobe” kompaniyasi Adobe Audition1.5 chiqishi haqida e’lon qildi. Bu dastur raqamli ovozda ish bajaradi. Adobe Audition dasturidan foydalanish uchun bu dasturni shaxsiy kompyuterga o‘rnatish kerak.
1.2.2-rasm Adobe Audition dasturi interfeysi Adobe Audition dasturi bir nechta asosiy oynalardan tashkil topgan. Files oynasi. Dasturga yuklanadigan fayllar dastlab shu oynaga tashlanadi. So‘ngra bu fayllar Editor oynasida paydo bo‘ladi. (1.2.3-rasm)
1.2.4-rasm Adobe Audition Effects Rack oynasi Editor oynasi. Bu oynada yuklangan fayllarning qanday holatda ekanligini ko‘rish mumkin.( 1.2.5-rasm)
1.2.5-rasm Adobe Audition Editor oynasi Levels oynasi. Bu oynada audio fayl ovozining qanday dB larda yangrayotganligini kuzatish imkoniyatini beradi.( 1.2.6-rasm)
1.2.6-rasmAdobeAuditionLevelsoynasi Audio montajni ko‘rib chiqishga o‘tishdan oldin montajning asosiy tushunchalarini, ularning ekrandagi yoki sof ovozli asar yaratishning texnologik jarayoni bilan o‘zaro aloqasini qisqacha aniqlab olishimiz kerak.
Montaj – juda ko‘p ma’noga ega so‘z. Video yoki audiomontaj (kinomato-grafda, televideniyada, radioda va ovoz yozuvchi studiyalarda) – daslabki materialni qayta ishlash yoki restrukturalash jarayoni bo‘lib, uning natijasida boshqacha maqsadli material hosil bo‘ladi. Montaj asarga kerakli ritm va atmosfera berish qobiliyatigi ega. Ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi odam, “montajyor” deyiladi. Montaj–tomoshabin bilan audiovizual kommunikatsiya jarayonini boshqarishning muhim vositalaridan biridir. Ekrandagi asar muallifining o‘ylaganlarini montajyorning montaj spetsifikasi bo‘yicha bilimlariga bog‘liq ravishda u yoki bu darajadagi reallikda gavdalantirish mumkin.