Himoyaga ruhsat etiladi” O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha direktor o‘rinbosari


-§. Elektron tender o‘tkazishda tender hujjatlarini ishlab chiqish va tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonni joylashtirish



Download 125,31 Kb.
bet35/42
Sana21.05.2022
Hajmi125,31 Kb.
#606224
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42
Bog'liq
Abdulhamidov Sherzodbek diplom ishi

2-§. Elektron tender o‘tkazishda tender hujjatlarini ishlab chiqish va tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonni joylashtirish
20415. Buyurtmachi tomonidan elektron tender o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan so‘ng buyurtmachining mutaxassislari yoki elektron tenderni tashkillashtirish va o‘tkazish uchun mas’ul shaxs tomonidan tender hujjatlarining, shartnoma va elektron tender o‘tkazish haqidagi e’lonning matni ishlab chiqiladi.
20416. Elektron tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa quyidagi axborot bo‘lishi kerak:
tovarning (ishning, xizmatning) batafsil tavsifi va narxi;
elektron tender o‘tkazadigan operatorning nomi va uning veb-saytiga havola;
elektron tender ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar;
buyurtmachining ishtirokchilar bilan aloqada bo‘lish uchun bog‘lovchi shaxslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaxsining yoki boshqa xodimlarining F.I.O., lavozimi va manzili;
tender takliflarini berish muddati tugaydigan sana va vaqt;
tender takliflarini rasmiylashtirishga doir talablar.
Oldingi tahrirga qarang.
Elektron tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa axborot ham bo‘lishi mumkin.
(20416-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
20417. Tender hujjatlarida quyidagilar bo‘lishi kerak:
elektron tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan axborot;
shartnoma bahosini va ijrochilar bilan hisob-kitoblarni shakllantirish uchun foydalaniladigan valyuta hamda to‘lov tartibi haqidagi axborot;
elektron tenderda ishtirok etish uchun tender taklif qaysi tilda tayyorlanishi kerakligi bo‘yicha talab;
elektron tender ishtirokchisi tender taklifining texnik va narxga oid qismi, ularni baholash tartibi to‘g‘risidagi axborot;
elektron tender ishtirokchilariga tender hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish tartibi, taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana;
texnik topshiriq;
Qonunga muvofiq ishtirokchilarning tender takliflarini baholash usullari, mezonlari va ko‘rib chiqish tartibi.
Tender hujjatlarida elektron tender ishtirokchilari malakasiga oid talablar nazarda tutilishi mumkin.
20418. Tender taklifining texnik va narx qismi bo‘yicha buyurtmachining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan extiyojlarini qondirish uchun taklifning har bir qismini baholash ahamiyatiga qarab nisbiy qiymati belgilanadi.
Tender hujjatlarida ballarning boshlang‘ich qiymatlari belgilanishi mumkin va ulardan o‘tmagan ishtirokchi elektron tenderdan chetlatiladi.
Tender taklifining texnik qismi uchun miqdoriy ko‘rsatkichlardan (malakali mutaxassislar soni, yetkazib berish muddati, ish tajribasi va boshqalar) yoki ekspert bahosidan kelib chiqqan holda baholash mezonlari belgilanadi.
Ball usulidan foydalanganda tender taklifining texnik qismining har bir baholash mezoni bo‘yicha nisbiy qiymat belgilanishi mumkin. Eng past narx usulidan foydalanganda ishtirokchining taklifi tender hujjatlarida belgilangan talablarga mos kelishi yoki mos kelmasligini aniqlovchi mezonlar belgilanishi mumkin.
Tender hujjatlarida belgilangan mezonlar o‘ta muhim qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Bunda tender taklifining belgilangan mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchini elektron tenderning har qanday bosqichida chetlatilishiga olib keladi.
Shartnoma summasi (narxi) tender taklifi narx qismining yagona mezoni hisoblanadi.
20419. Tender hujjatlariga ularning ajralmas qismi bo‘lgan shartnoma loyihasi ilova qilinadi.
20420. Buyurtmachi tender hujjatlarini kelishish uchun elektron shaklda xarid komissiyasiga kiritadi.
20421. Xarid komissiyasi o‘zining yuzma-yuz majlisida yoki masofadan turib tender hujjatlari loyihasini Qonun talablariga muvofiqligi bo‘yicha ko‘rib chiqadi va quyidagilarni belgilaydi:
tender takliflari qabul qilinadigan muddatlar;
tender takliflarini baholash usullari va mezonlari;
tender taklifi qismlarining va zarur hollarda texnik qismining har bir baholash mezoni bo‘yicha nisbiy qiymati;
tender taklifini ta’minlash hajmi va shakli.
20422. Tender hujjatlari loyihasi unda belgilangan talablar bilan birga muhokamaga qo‘yiladi.
20423. Xarid komissiyasi tomonidan tender hujjatlari loyihasi ma’qullangan holda elektron tender o‘tkazish haqida qaror qabul qilinadi.
20424. Tender hujjatlari ma’qullanmagan hollarda ular qayta ishlash uchun qaytarib yuborilishi yoki xarid komissiyasi majlisida qayta ishlanishi mumkin.
20425. Ishlab chiqilgan tender hujjatlari loyihasi buyurtmachi tomonidan tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish uchun Markazga yuboriladi.
20426. Ma’qullangan tender hujjatlarini buyurtmachi elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
20427. Tasdiqlangan tender hujjatlari, shartnoma loyihasi, shuningdek elektron tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon elektron tender ishtirokchilaridan tender takliflarini qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida o‘ttiz kun oldin va ko‘pi bilan qirq besh kun oldin portalga buyurtmachi tomonidan joylashtiriladi.
20428. Elektron tender o‘tkazishni amalga oshirish haqidagi e’lon qo‘shimcha ravishda buyurtmachining rasmiy veb-saytida yoki o‘zining yuqori turuvchi organi rasmiy veb-saytiga, shuningdek ommaviy axborot vositalariga joylashtirilishi mumkin.
20429. Tender hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qaror elektron tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin qabul qilinishi mumkin.
Bunda ushbu elektron tenderda tender hujjatiga o‘zgartirish takliflar berish muddati tugayotganda kiritilgan taqdirda elektron tender, tender hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan sanadan e’tiboran o‘n kundan kam bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi lozim. Shu bilan bir vaqtda, agar e’londa ko‘rsatilgan axborot o‘zgartirilgan bo‘lsa, elektron tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’longa o‘zgartirishlar kiritiladi.
20430. Tender hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish jarayonida tovarni (ishni, xizmatni) o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
20431. Zarur bo‘lgan hollarda buyurtmachi tomonidan tender takliflarini berish muddati uzaytirilishi yoki elektron tender ishtirokchilariga tender takliflari qabul qilinishi muddati xarid komissiyasi qarori bilan ma’lum vaqtga uzaytirish taklifi bilan murojaat qilishi mumkin.
20432. Tender hujjatlarida buyurtmachi har bir tovar (ish, xizmat) alohida lot sifatida ko‘rib chiqilishini e’lon qilishi mumkin. Bu holatda buyurtmachi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun tenderning bir nechta ishtirokchisi bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir lot uchun faqat bitta g‘olib aniqlanishi mumkin.

Download 125,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish