Himoyaga ruhsat etiladi” O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha direktor o‘rinbosari


Davlat xaridini tashkil etishning huquqiy asoslari



Download 125,31 Kb.
bet12/42
Sana21.05.2022
Hajmi125,31 Kb.
#606224
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42
Bog'liq
Abdulhamidov Sherzodbek diplom ishi

2.3.Davlat xaridini tashkil etishning huquqiy asoslari
O‘zbekistonda davlat xaridi sohasidagi munosabatlar bir qator me’yoriyhuquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ushbu qonun hujjatlarining davlat xaridi sohasini qamrab olish darajasini aniqlashtirish maqsadida ularni ikki guruhga ajratgan holda izohlashni lozim deb topdik: - davlat xaridiga doir umumiy qonunchilik; - davlat xaridiga doir maxsus qonunchilik. Davlat xaridiga oid umumiy qonunchilikka munosabatlarning ancha keng sohasini tartibga solish uchun qabul qilingan, ammo ma’lum bir qismi (bob, modda) yoki tartibga solinayotgan munosabatlarning muayyan tarmog‘i davlat xaridiga taalluqli bo‘lgan qoidalarni belgilab beruvchi qonun hujjatlari kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi va 2018-yil 9-aprelda qabul qilingan “Davlat xaridlari to’g’risida”gi Qonunlari hamda boshqa bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar davlat xaridining umumiy qonunchiligini shakllantiradi. Davlat xaridiga doir maxsus qonun hujjatlariga aynan davlat xaridiga tegishli munosabatlarni umumiy yoki qisman tartibga solish uchun qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar taalluqlidir. Davlat xaridini tartibga soluvchi maxsus qonunchilik tarkibini quyida batafsil ko‘rib o‘tamiz. Bundan keyingi o‘rinlarda davlat xaridi sohasidagi qonunchilik deyilganda ushbu sohadagi maxsus qonun hujjatlari nazarda tutiladi. Mamlakatimizda davlat xaridiga doir qonunchilik tizimini shartli ravishda ikki bosqichga ajratish maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada 14 joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3237-sonli Qarori qabul qilunguncha amal qilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar davlat xaridi qonunchiligining birinchi bosqichiga kiradi. Mazkur qaror bilan davlat xaridi qonunchiligining ikkinchi bosqichi boshlandi. Birinchi bosqichda amal qilgan asosiy hujjatlardan biri davlat xaridi tizimining tender savdolari qismini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrda qabul qilingan “Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 456-sonli Qarori hisoblanadi. Qaror bilan Xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbobuskunalarni xarid qilish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. Mazkur Nizom: - O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining qarorlariga muvofiq tashkil etilgan boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar; - donor mamlakatlar, xalqaro, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumati tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida beriladigan xorijiy grantlar; - O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan import qilinadigan va O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbobuskunalarni xarid qilish yuzasidan tender savdolari o‘tkazishni tashkil etish mexanizmini belgilab beradi. 4 Davlat xaridi qonunchiligining birinchi bosqichidagi keyingi muhim hujjat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyuldagi “Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 302-son qarori bo‘lib, bu qaror asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. Mazkur Nizom kapital O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrda qabul qilingan “Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 456-sonli Qaroriga ilova: Xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalarni xarid qilish bo'yicha tender savdolari o'tkazish to'g'risidagi Nizom. 15 qurilish bilan bog‘liq ishlar va xizmatlarning butun kompleksini bajarish, tovarlar xarid qilish, asbob-uskunalar sotib olish yuzasidan tanlov savdolari (tenderlar)ni tashkil etish va o‘tkazish tartibi va shartlarini belgilaydi. 5 Birinchi bosqichning keyingi davrlarida davlat xaridini tashkil etishda ustuvor yo‘nalish sifatida xarid jarayoniga elektron savdolarni joriy qilish hamda kichik biznes subyektlarining davlat xaridlaridagi ishtirokini kuchaytirishga urg‘u berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi “Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb etishni kengaytirish to‘g‘risida”gi 1475-sonli Qarori ushbu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlarga dastlabki tamal toshini qo‘ydi. Bu qarorda davlat xaridlarini amalga oshirishning kichik biznes sub'ektlari uchun ajratiladigan kvotalar o‘rnatilishini o‘z ichiga olgan yangi, yanada mukammal, ochiq va oydin mexanizmi kiritilishi belgilab berildi. Bundan tashqari, ro‘yxati davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan (bugungi kunda tugatilgan) belgilanadigan, har bir shartnoma bo‘yicha narxi 300 dan 100 ming AQSh dollari ekvivalentidagi alohida turdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha davlat xaridlari Respublika tovar-xomashyo birjasi tomonidan tashkil etiladigan elektron savdolar vositasida amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartib o‘rnatildi. Davlat xaridi huquqiy asosiga doir yana bir muhim hujjat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-iyundagi “Davlat va korportiv xaridlar jarayonini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 166-sonli Qarori bo‘lib, bu qarorning 2-ilovasi bilan O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida elektron xaridlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. Mazkur Nizom O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida boshlang‘ich narxni pasaytirish yuzasidan elektron xaridlarni auksion savdolar shaklida tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi. 6 5O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyuldagi “Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 302-sonli Qaroriga ilova: O'zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to'g'risidagi Nizom. 6 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-iyundagi “Davlat va korportiv xaridlar jarayonini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 166-sonli 16 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 26-martdagi “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portal orqali elektron savdo yo‘li bilan tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 69-sonli Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizom asosida buyurtmachilar tomonidan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini amalga oshirishni ta’nimlaydigan dasturiy-texnik majmua – elektron katalog joriy qilindi. Nizomga asosan, elektron katalogda bitta shartnoma bo‘yicha 100 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lmaganga teng bo‘lgan, ularga shoshilinch yoki oldindan ko‘rilmagan zaruriyat yuzaga kelgan tovarlar xarid qilinishi belgilab berildi. 7 Yuqorida ta’kidlanganidek, davlat xaridi qonunchiligining ikkinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3237-sonli Qarori qabul qilinishi bilan boshlandi. Qarorda davlat xaridining oldingi amal qilgan tizimiga tanqidiy baho berildi. Jumladan, “o‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatdiki, davlat va korporativ xaridlarning hamda tender savdolarini tashkil etishning amaldagi tartibi zamonaviy talablarga javob bermaydi, turli xil korrupsiya ko‘rinishlari uchun sharoit yaratadigan ko‘plab kelishish jarayonlari, bir-birini takrorlaydigan tartib-taomillar va sansalorlik holatlarining mavjudligi sababli juda murakkab hisoblanadi”



Download 125,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish