1 BOB Davlat xaridlarini tashkil etishning iqtisodiy ahamiyati,modellari va huquqiy asoslari Davlat xaridlarini tashkil etishning huquqiy asoslari
Davlat xaridini boshqarish borasida O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ajralmas qismi bu davlat xaridini boshqarish bo’yicha yangi huquqiy me’yorlarga asoslangan qonunchilikni shakllantirishdan iboratdir. Ma’lumki, mamlakat miqyosidagi har qanday jarayon shu davlat iqtisodiyijtimoiy hayoti uchun juda muhim hisoblanadi. Chunki bu jarayonlarning natijasi, salbiy yoki ijobiy bo’lishiga qarab, mamlakat aholisiga, davlatning iqtisodiy mexanizmi va uning tarkibiy qismlariga katta ta’sir ko’rsatadi. Davlat xaridi jarayoni ham ulkan hamda murakkab mexanizm bo’lib, uning to’g’ri tashkil etilganligi va mamlakat iqtisodiyotiga zarar emas, balki yuqori samara keltirishi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham makrodarajadagi qanday jarayon yuz bermasin, shu jumladan, davlat xaridi ham, qonunchilik bilan mustahkamlab qo’yilishi zarur. Aynan qonunchilik davlat xaridi mexanizmini takomillashtirish va uning nazoratini tashkil etishga ko’maklashadi hamda davlat xaridi subyektlarining manfaatlari nohaq buzilishi, qabul qilingan qonun-
qoidalardan chetlanishlarni oldini oladi. O‘zbekiston Respublikasida Davlat xaridini tashkil etish va tartibga solishning qator huquqiy normativlari qabul qilingan. Bu qonun hujjatlari orqali davlat budjet xarajatlarining samarali, maqsadli sarflanishi hamda uning shaffofligi ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 34§larda davlat xaridining elementlari va davlat shartnomalari asosida tovarlar yetkazib berish to’g’risida moddalar keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 121moddasida davlat xaridlari, ular to’g’risidagi e’lonlar maxsus axborot portalida (O’zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasining maxsus veb-saytida) xaridlar amalga oshirilishidan kamida o’n kun oldin joylashtirilishi to’g’risida ta’kidlangan.
Shuningdek, davlat xaridlari tizimini tartibga solish uchun O’zbekistonRespublikasi Prezidentining qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi hamda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qaror va Nizomlari mavjud. Jumladan, 2011 yil 7 fevraldagi PQ-1475 sonli “Davlat xaridlari tizimini
muqobillashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb qilishni kengaytirish to’g’risida”gi Qarorga muvofiq O’zbekiston Respulikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlar xaridlari bo’yicha hukumat komissiyasi tuzilishi, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi G’aznachiligiga Davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komissiyasining ishchi organi vazifasi yuklatilishi haqida aytib o’tilgan. Mazkur
Hukumat komissiyasining asosiy vazifalariga davlat xaridi tizimini takomillashtirish, unga kichik biznes subyektlarini jalb qilish va ular faoliyatini nazorat qilish kabilar kiritilgan. Bundan tashqari Qarorda davlat budjeti mablag’lari va boshqa markazlashtirilgan manbalar hisobidanmoliyalashtiriladigan, narxi 500 mln. so’mgacha bo’lgan obyektlarni qurish va rekonstruksiya ishlarini bajarish uchun pudratchi tashkilot faqat kichik biznes subyektlari orasidan tanlanishi hamda shartnoma narxi 300 dan 100 ming AQSh dollari ekvivalentidagi alohida turdagi tovarlar xaridi elektron savdolar vositasida amalga oshirilishi to’g’risida ta’kidlab o’tilgan.
Xuddi shu Qarorga qo’shimcha sifatida 2011 yil 1 apreldagi Vazirlar Mahkamasining 100-sonli Qaroriga asosan “Davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komissiyasining ishchi organi to’g’risida”gi Nizom qabul qilindi. Nizomga asosan, ishchi organning asosiy vazifalar etib quyidagilar belgilandi:
-davlat xaridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda
yangilab borish, davlat xaridlarini amalga oshirishda narxlarni shakllantirish jarayonini nazorat qilish;
- Davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasining qonun hujjatlari bilan
uning vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha materiallarini va qarorlari
loyihalarini tayyorlash;
-davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari,
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlari jarayonida ishtirok etuvchi boshqa
tashkilotlar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan Hukumat komissiyasi qarorlari bajarilishini nazorat qilish;
-davlat xaridlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishda qatnashish. Ishchi organning asosiy funksiyalari etib quyidagilar..belgilandi:
-davlat xaridlari bo‘yicha axborot bazasini, shu jumladan davlat xaridlari
bo‘yicha byudjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan joylashtiriladigan buyurtmalar, shuningdek byudjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga narxlar bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish va doimiy ravishda.yangilab borish;
-Hukumat komissiyasining qonun hujjatlari bilan uning vakolatiga kiritilgan
masalalar, shu jumladan tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlarining har bir turi bo‘yicha kichik biznes sub’ektlari, davlat byudjeti hamda markazlashtirilgan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun kvotalar belgilash masalalari bo‘yicha qarorlari loyihalarini tayyorlash;
-bitta kontrakt bo‘yicha qiymati ekvivalentda 100 ming AQSh dollaridan ortiq
bo‘lmagan O‘zbekiston Respublika tovarxom ashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yo‘li bilan tadbirkorlik sub’ektlaridan xarid qilinadigan, eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatini Hukumat komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun tayyorlash;
-davlat xaridlari jarayonini va mamlakatimizdagi kichik biznes sub’ektlari
uchun ajratiladigan kvotalarning bajarilishi monitoringini olib borish va tahlil qilish, Hukumat komissiyasining ko‘rib chiqishiga kiritish uchun tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;
-Hukumat komissiyasining qarorlari va topshiriqlarini davlat va xo‘jalik
boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati tegishli organlariga, tovarlar (ishlar,
xizmatlar)ning davlat xaridlari jarayonida ishtirok etuvchi boshqa tashkilotlar va
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga yetkazish, shuningdek ularning bajarilishini
nazorat qilish;
-tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlari to‘g‘risidagi
yagona respublika maxsus axborot portalini yuritish uchun O‘zbekiston Respublika
tovar-xom ashyo birjasiga zarur axborotlarni taqdim etish kabilar keltirib o’tilgan.
2012 yil 6 sentabrda 260-sonli Vazirlar Mahkamasining “Tovar xom ashyo birjalari faoliyatini
takomillashtirishga doir qo’shimcha choratadbirlar to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi. Ushbu Qaror tovarlarni ulgurji sotishning bozor
metodlarini kengaytirish, tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini zamonaviy
talablarga muvofiq tubdan yaxshilash, mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari
mahsulotlariga narx belgilashning bozor mexanizmini shakllantirishga qaratilgan.
Shuningdek, Qarorda ixtisoslashtirilgan va mintaqaviy savdo maydonlari
tarmog‘ini kengaytirish, shu jumladan ko‘rsatib o‘tilgan savdo maydonlarini birja,
ko‘rgazma-yarmarka va auksion savdolarining elektron tizimiga ulagan holda
yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish yo‘li bilan kengaytirish bo‘yicha choralar
ko‘rish, birja savdolarida faqat oldindan e’lon qilinadigan, mahsulotlar
iste’molchilari va ishlab chiqaruvchilari keng ko‘lamda foydalanadigan birja
axborotnomasiga kiritilgan tovarlarni sotish, ayni bir vaqtda oldindan e’lon
qilingan listinglarga kiritilmagan tovarlarni sotish taqiqlanishi hamda birja
axborotnomalariga faqat bir xil standart xossalarga ega bo‘lgan, ulgurji guruhlar bilan sotiladigan va oldindan ko‘zdan kechirishni talab qilmaydigan birja
tovarlarini kiritish to’g’risida aytib o’tilgan.
“Davlat va korporativ xaridlar jarayonini takomillashtirishga doir qo’shimcha
chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2013 yil 11 iyundagi Vazirlar Mahkamasining 166-
sonli Qarorga muvofiq “Davlat ulushi ustuvor bo’lgan tabiiy monopoliyalar
subyektlari, korxonalar va tashkilotlarning elektron xaridlari bo’yicha Hukum
komissiyasi ishchi organi to’g’risida” Nizom qabul qilindi. Mazkur Nizom Davlat
ulushi ustuvor bo‘lgan tabiiy monopoliyalar sub’ektlari, korxonalar va
tashkilotlarning elektron xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasi ishchi organining asosiy vazifalari, funksiyalari vauning ishini tashkil etish tartibini belgilaydi.Ishchi
organning funksiyalari O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish,
monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga yuklangan.
Nizomga asosan ishchi organning asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi:
-Hukumat komissiyasining vakolatiga qonun hujjatlari bilan kiritilgan
masalalar, jumladan korporativ ehtiyojlar uchun O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan o‘tkaziladigan elektron savdolarda xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) guruhlari ro‘yxatini aniqlash masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi qarorlari loyihalarini tayyorlash;
-korporativ xaridlar jarayonini hamda unda kichik va xususiy tadbirkorlik
sub’ektlari ishtirokini monitoring va tahlil qilish, Hukumat komissiyasi ko‘ri
chiqishiga kiritish uchun tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;
-Hukumat komissiyasi qarorlari va topshiriqlarini tovarlar (ishlar,
xizmatlar)ning korporativ xaridlari jarayonida ishtirok etadigan davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga yetkazish, shuningdek ularning bajarilishi
yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
-tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlari to‘g‘risida
yagona respublika maxsus axborot portalini yuritish uchun O‘zbekiston respublika
tovar-xom ashyo birjasiga zarur ma’lumotlarni taqdim etish va boshqalar. Shuningdek, xuddi shu Qarorga muvofiq “O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida elektron xaridlarni tashkil etish va o’tkazish tartibi to’g’risida”
Nizom qabul qilindi. Ushbu Nizom O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo
birjasida boshlang‘ich narxni pasaytirish yuzasidan elektron xaridlarni auksion
savdolar shaklida tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Mamlakatda elektron xaridni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida
2015 yil 26 martda Vazirlar Mahkamasining 69-sonli Qaroriga muvofiq “O’zbekiston respublika tovarxom ashyo birjasining maxsus axborot portal orqali elektron savdo yo’li bilan tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar,
xizmatlar)ning davlat xaridini tashkil etish tartibi to’g’risida” Nizom qabul qilindi.Nizomda elektron katalog hamda unda qanday tovarlar joylashtirilishi mumkinligi va uning tartibi to’g’risida ma’lumot keltirilgan. Unga ko’ra elektron katalogda bitta shartnoma bo’yicha 100 ming AQSh dollaridan ortiq bo’lmaganga teng bo’lgan, ularga shoshilinch yoki oldindan ko’rilmagan zaruriyat yuzaga kelgan tovarlar xarid qilinadi. Elektron katalogda xarid qilinadigan tovarlar ro’yxati Davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Xorijiy kreditlar va grantlar mablag’laridan yanada samarali foydalanish, mamlakatimizdagi va chet ellik mahsulot yetkazib beruvchilar o’rtasidagi raqobatni rivojlantirish, mahsulot yetkazib berishga kichik va o’rta tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish, xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalarni xarid qilish yuzasidan tender savdolari tashkil etish va o’tkazish tizimini takomillashtirish maqsadida 2000-yil 21noyabrda Vazirlar Mahkamasining 456sonli “Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish choratadbirlari to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi. Qarorda keltirilishicha, Davlat budjeti, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg’armalari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining qarorlariga muvofiq tashkil etilgan davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa budjetdan tashqari jamg’armalar hamda donor mamlakatlar, xalqaro, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlar bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumati tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida beriladigan xorijiy grantlar mablag’lari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan va bitta kontrakt bo'yicha qiymati 100 ming AQSh dollariga teng miqdordan ortiq bo’lgan import qilinadigan va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbobuskunalar tender asosida xarid qilinadi. Shuningdek, xorijiy yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan tender kontraktlari bo’yicha yuklar tashilishini ta’minlaydigan transport- ekspeditorlik kompaniyalari tender asosida tanlanadi.
Davlat xaridlarining tarkibiy qismi hisoblangan kapital qurilish obyektlari
xaridini amalga oshirish mexanizmini o’zida aks etgan huquqiy normativ sifatida 2003 yilning 3 iyuldagi Vazirlar Mahkamasining 302-sonli “Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” Qarorini keltirishimiz mumkin. Mazkur Qarorga ko’ra iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va ijtimoiy sohada amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilishni amalga oshirishda bitta kontrakt bo’yicha 5,0 mln AQSh dollaridan ortiq ekvivalentdagi summadagi kapital qurilish bilan bog’liq bo’lgan tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilishni amalga oshirishda tanlov savdolari o’tkaziladi. Bundan tashqari xorijiy pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan va erkin muomaladagi valyutada haq to’lanadigan xorijiy kreditlar va grantlar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda, ishlar (xizmatlar) qiymatining 50% miqdorida ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun O’zbekiston Respublikasining xo’jalik yurituvchi subyektlari rezidentlari ishtirok etishi shartlari kiritiladi.