Kotirovkalarga so’rov. Kotirovkalarga so’rov – bu buyurtmachi (pudratchi, ish
bajaruvchi)ni aniqlashning usullardan biri bo’lib, bunda –davlat va munitsipal ehtiyojlarni
qondirish uchun xarid qilinadigan Tovar, ish, xizmatlar to’g’risidagi ma’lumot yagona
informatsion tizim orqali chegaralanmagan miqdordagi shaxslarga kotirovkalarga so’rov
o’tkazilayotganligidan xabar beriladi va bunda eng past shartnoma narxini taklif qilgan xarid
ishtirokchisi g’olib deb tan olinadi.
Buyurtmachi kotirovkalarga so’rovni shartnomaning boshlang’ich
(maksimal) narxi besh yuz ming rubldan oshmadan taqdirda amalga oshirishi
mumkin. Bunda kotriovkalarga so’rov orqali amalga oshiriladigan yalpi yillik
xarid hajmi buyurtmachining reja-jadvalida tasdiqlangan barcha xaridlar uchun
mo’ljallangan mablag’larning o’n foizidan hamda yiliga yuz million rubldan
oshmasligi kerak.
6.
Takliflarga so’rov.Takliflarga so’rov deganda, buyurtmachi (pudratchi, ish
bajaruvchi)ni aniqlashning usullardan biri tushunilib, bunda davlat va munitsipal ehtiyojlarni
qondirish uchun xarid qilinadigan tovar, ish, xizmatlar to’g’risidagi ma’lumot yagona informatsion
tizim orqali chegaralanmagan miqdordagi shaxslarga takliflarga so’rov o’tkazilayotganligi
to’g’risida xabar joylashtiriladi va so’rov g’olibi bo’lib, buyurtmachining tovar, ish, xizmatlarga
bo’lgan talablariga maksimal darajada javob beradigan yakuniy taklifni kiritgan shaxs hisoblanadi.
Buyurtmachi xaridni takliflarga so’rov orqali quyidagi hollarda amalga
oshirishi mumkin:
1) olimpiya va paralimpiya sport turlariga sport terma jamoalarini tayyorlash
hamda ularning Olimpiya va Paralimpiya o’yinlarida qatnashishi uchun sport
inventarlari va jihozlari, sport uskunalarini yetkazib berish uchun shartnomalar
tuzganda;
2) ijroiya hokimiyati tomonidan hukumatning qoidalariga asoslangan holda,
fuqarosining chet elda davolanishi uchun chet el tashkiloti bilan shartnoma
tuzilganda;
3) diplomatik va konsullik vakolatxonalari, savdo tashkilotlari, xalqaro
tashkilotlar qarashli rasmiy vakolatxonalar va boshqa buyurtmachilarning
mamlakat hududidan tashqarida xaridlar amalga oshirganda, bunda xarid
shartnimasining boshlang’ich (maksimal) narxi o’n besh million rubldan
oshmasligi kerak;
4) shartnoma predmeti bo’lgan tovar, ish, xizmatlarni xarid qilish bitimini
qonunga muvofiq bekor qilinganda. Bunda agar bitim bekor qilinishidan oldin mol
yetkazib beruvchi (pudratchi, ish bajaruvchi) shartnomada ko’rsatilgan
majburiyatlarning bir qismini bajargan bo’lsa, u holda yangi tuziladigan
shartnomada xarid qilinayotgan tovar, ish, xizmatlar hajmi shartnoma bekor
qilinishidan oldin xarid qilingan Tovar, bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmatlar
hajmiga kamaytirilib ko’rsatilishi hamda shartnoma summasi ularga mos holda
kamaytirilib qo’yilishi shart.
5) bemorning kasallik hujjatlarida aks ettirilishi lozim bo’lgan hamda
shifokorlar komissiyasi ko’rsatmasiga muvofiq bemorning tibbiy ko’rsatmalari
(dorini individual qabul qilolmaslik, hayotiylik ko’rsatkichlari bilan bog’liq
holatlar) bo’lganda dori-darmonlarning xaridini amalga oshirganda. Bunda xarid
qilinadigan dori-darmonlar hajmi bemor davolanish davrida qabul qilishi kerak
bo’lgan barcha dori-darmonlar hajmidan oshmasligi kerak. Bundan tashqari bitta
shartnoma predmeti hisoblangan dori-darmonlar ikki yoki undan ortiq bemorlar
uchun tuzilishi mumkin emas;
7) Hukumat ijroiya hokimiyati tomonidan tasdiqlangan tartibda ro’yxatdan
o’tgan xalqlarning san’at asarlarining namunalarini xarid qilganda;
8) jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan chet el davlatlarini, xalqaro sud
va arbitraj e’tirozlarini sud organlariga topshirish holatlarda davlat tomonini
himoya qilish maqsadida chet el va rus mutaxassislarni, ekspert va advokatlarni
jalb qilib, ularning xizmatini xarid qilganda.
7.
Yetkazib beruvchi (pudratchi, ish bajaruvchi)ni aniqlashning yopiq usuli. Yetkazib
beruvchi (pudratchi, ish bajaruvchi)ni aniqlashning yopiq usuli deganda, yopiq tanlov, ishtiroki
chegaralangan yopiq tanlov, ikki bosqichli yopiq tanlov, yopiq auksion tushunilib, unda qonunga
muvofiq buyurtmachi qonunda belgilangan talablarga javob beradigan va tovar yetkazib berish,
ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsata oladigan chegaralangan miqdordagi shaxslarga xarid, uning
hujjatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni hamda tanlovda ishtirok etishi uchun taklifnomani yuboradi.
Yopiq tanlov o’tkazilishining shartlari quyidagilar:
1) davlat ehtiyojlarni qondirish uchun. tovar, ish, xizmatlarni xarid qilganda
hamda agar bu ehtiyojlar davlat siri bo’lib hisoblansa;
2) davlat siri bo’lib hisoblangan ehtiyojlarn iqondirish uchun tovar, ish,
xizmatlarni xarid qilganda hamda agar ular xarid to’g’risidag ihujjatlarda yoki
shartnoma loyihasida ko’rsatilgan bo’lsa;
3) Qimmatbaho metallar va toshlar Davlat fondining buyumlarinis ug’urta
qilish, yetkazib berish va muhofaza qilish kabi xizmatlarni ko’rsatish bo’yicha,
muzey predmetlari va kolleksiyalarini, noyob va qimmatbaho nashrlar,
qo’lyozmalar, arxiv hujjatlari (shujumladan, ularning nusxalari) va tarixiy, badiiy
va madaniy xarakterdagi bo’lgan boshqa buyumlarn ibuyurtmachidan jismoniy
yoki yuridik shaxsga topshirilganda yoki jismoniy, yuridik shaxslardan yetkazib
beruvchigat opshirilganda, davlat hududidayoki uning tashqarisida ko’rgazma
o’tkazilayotganda ularni sug’urta qilish, yetkazib berish va muhofaza qilish
xizmatlarini xarid qilganda;
4) ma’lum bir bino xonalarini tozalash hamda sudya va sud ijrochilari uchun
haydovchi xizmatlarini xarid qilganda.
8.
Xaridni yagona yetkazib beruvchi (pudratchi, ish bajaruvchi) bilan amalga
oshirish. Xaridni yagona yetkazib beruvchi (pudratchi, ish bajaruvchi) bilan amalga oshirish
odatda ma’lum qonunda qat’iy belgilangan holatlarda amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasida xaridni tashkiliy shakllari Vazirlar mahkamasining
2000 yil 21 noyabrdagi 456-sonli, tovar etkazib beruvchilar bilan bir qatorda,
mamlakatimiz korxonalarini, kichik biznes sub’ektlarini tender savdolarida jalb
etish maqsadida ishlab chiqilgan qarori bilan belgilanadi.
Xaridni tashkiliy shakllari – sotib olish jarayoni va mol etkazib beruvchini
(xizmat ko’rsatuvchini) tanlash, davlat sotib oluvchi organi tomonidan mustaqil
amalga oshiriladi.
Yuqoridagi qarorga muvofiq tender savdolari 100 ming AQSh dollariga teng
miqdordan ortiq bitta shartnoma bo’yicha tovarlar etkazib berishni amalga
oshirishda o’tkaziladi.
Qiymati 100 ming AQSh dollariga teng miqdordan kam bo’lgan bitta
shartnoma bo’yicha tovarlar etkazib berishni amalga oshirishda, xaridlar eng
yaxshi tanlov takliflarini tanlab olish asosida amalga oshiriladi. Ammo, tadqiqotlar
shuni ko’rsatadiki, bugungi kunda «eng yaxshi tanlov takliflari”ni tanlab olish jarayonini va tartibini aniq belgilab beruvchi, birorta ham tartibga soluvchi hujjat mavjud emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |