Namuna:
1-guruh uchun topshiriq:
Erkaklar bosh kiyimlarining afzalliklari va kamchiliklarini
T-sxema jadvali asosida to‘ldiring
Afzalliklar
|
Kamchiliklari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2-guruh uchun topshiriq:
Erkaqlar oyoq kiyimlarining afzalliklari va kamchiliklarini
T-sxema jadvali asosida to‘ldiring
Afzalliklar
|
Kamchiliklari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3-guruh uchun topshiriq:
Erkaklar ichki kiyimlarining afzalliklari va kamchiliklarini
T-sxema jadvali asosida to‘ldiring
Afzalliklar
|
Kamchiliklari
|
|
|
|
|
|
|
4-guruh uchun topshiriq:
Erkaklar ustki kiyimlarining afzalliklari va kamchiliklarini
T-sxema jadvali asosida to‘ldiring
Afzalliklar
|
Kamchiliklari
|
|
|
|
|
Mavzu mazmuniga moslab, quyidagi metodni qo’llang:
«Sinkveyn» metodi
Namuna:
«Nima uchun?» organayzerini to‘ldiring
Mavzu mazmuniga moslab, quyidagi metodni qo’llang:
Venna diagrammasi
1)
2)
XULOSA VA TAVSIYALAR
1. Bola shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim – tarbiyalanuvchining fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, o‘ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir. SHaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarda bola pedagogik jarayon markaziga qo‘yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Bunda butun ta’lim tizimi, shu jumladan, o‘qitish shaxsga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
2. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim ijtimoiy pedagogik ishning shunday shakllarini vujudga keltirishi kerakki, bunda har bir bola o‘z imkoniyalarini namoyon qila olishi uchun qulaylik yarata olishi, madaniy muhitni to‘laligicha o‘zlashtirishi va o‘zining barcha quvvatlarini ro‘yobga chiqarishi lozim.
3. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni umumiy rivojlantirish masalalari quyidagilarda aks etadi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish orqali bolalarni umumiy rivojlantirishning nazariy asoslarini tadqiq etish va ularning umumiy xususiyatlari bilan bog‘liq holda pedagogik yordam ko‘rsatishning mavjud darajasi va shart-sharoitlariga tayanish;
bugungi kunda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsyepsiyasiga tayanilgan holda maktabgacha ta’lim-tarbiyani jarayonini tashkil etish, bu jarayonda bolalarning sub’yekt sifatida namoyon bo‘lishlarini ta’minlash, ularni har tomonlama rivojlantirishga erishish, umumiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishni ustuvor maqsadga aylantirish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanadigan bolalar birinchi navbatda tarbiyachining pedagogik qo‘llab-quvvatlashiga ehtiyoj sezishlarini hisobga olish;
bolalarni pedagogik qo‘llab-quvvatlash orqali ularni umumiy rivojlantirish jarayonining mazmunini bolaning qiziqishlari, intilishlari va ehtiyojlariga mos tarzda tanlash va amalga oshirish.
4. Shaxs faqat jamoa tufayligina o‘zini o‘stiradigan vositalarga va barcha imkoniyatlarga ega bo‘la oladi. Har bir odamning psixik taraqqiyoti turli psixik jihatdan normal, ba’zi birlari psixik taraqqiyotida akseleratsiya, ya’ni rivojlanishning tezlashuvi bo‘lishi mumkin. Ba’zi birlari psixik jihatdan normal, ba’zi birlari esa psixik jihatdan notekis rivojlanishi mumkin.
5. O‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy tamoyillar xos bo‘ladi:
insonparvarlik, ya’ni bolaga har tomonlama hurmat va muhabbat ko‘rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo‘ravonlikdan to‘la voz kechish;
hamkorlik, ya’ni tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik;
erkin tarbiyalash, ya’ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqilligini berish, natijalarni tashqi ta’sirdan emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish. SHaxsga yo‘naltirilgan texnologiyaning kommunikativ asosi – pedagogik jarayonda ta’lim oluvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv hisoblanadi
TAVSIYALAR
1. Pedagogik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv yetarlicha tadbiq etilmayapti. Shu maqsadda tadqiqotchilar tomonidan tarbiyalanuvchilarni pedagogik qo‘llab-quvvatlash, ularning faolligini va bilishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari, vositalarini va metodikasini ishlab chiqish muhimdir.
2. Bola shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari ilmiy-texnikaviy taraqqiyot jadallashayotgan davrda rivojlangan davlatlarda ancha ilgari shakllanganini inobatga olgan holda ular rivojlanishi, etimologiyasi, mashg‘ulotlarda qo‘llanilishi yuzasidan tarbiyachilar kengroq tasavvurga ega bo‘lishlari lozim. Chunki bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim tarbiyachi va tarbilanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, hamkorlik va tanlash erkinligiga asoslanib, ta’lim oluvchini qadriyat sifatida e’tirof etilishi uchun sharoit yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |