Himoyaga ruhsat etaman” tarmoq markazi direktori N. A. Muslimov 2021 yil


Bitiruv (loyiha) ishining amaliy ahamiyati



Download 0,82 Mb.
bet4/72
Sana25.02.2022
Hajmi0,82 Mb.
#463685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
Himoyaga ruhsat etaman” tarmoq markazi direktori N. A. Muslimov

Bitiruv (loyiha) ishining amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati mavzu yuzasidan jamlangan manbalar, turli yondashuvlar, xulosalar va nazariy umumlashmalar soha mutaxassislari uchun axborot manbai bo’la olishidir. “Maktabgacha ta’limda bola shaxsni rivojlantirishda yo`naltirilgan ta’lim texnologiyalari” modulini o`qitish metodikasidan keng foydalanish mumkin.
Bitiruv (loyiha) ishining tarkibiy tuzilishi: ish kirish, 2 bob, 5 bo’lim, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati, ilovalardan iborat.
I BOB. “MAKTABGACHA TA`LIMDA BOLA SHAXSINI RIVOJLANTIRISHGA YO`NALTIRILGAN TA`LIM TEXNOLOGIYLARI” MODULINI O‘QITISHNING NAZARIY MASALALARI

    1. “Maktabgacha ta`limda bola shaxsini rivojlantirishga yo`naltirilgan ta`lim texnologiyalarimodulini o`qitishning ustuvor yo‘nalishlari

Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixiy jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida xis etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan ajralib turishi lozim.
Shaxs bu – ma’lum bir insonning biologik, ijtimoiy-psixologik qobiliyatlarning uyg‘unligi hisoblanadi. Biz jamiyat, tarbiya, ta’lim, muomala, o‘zaro ta’sirlanish ta’sirida shaxsga aylanamiz. “Pedagogikada rivojlanish va tarbiyaning o‘zaro bog‘likligi muhim muammolardan bo‘lib, u ko‘p munozaralarga sabab bo‘ladi. Shaxsning rivojlanishi kiyin murakkab jarayon, u kuplab ichki va tashqi ta’sirlar va omillar orkali ro‘yobga chiqadi. Inson xayot ekan, butun umri davomida o‘sib, rivojlanib o‘zgarib boradi. Bolalik va o‘smirlik yillarida shaxsning kamol topishi yaqqol ko‘zga tashlanadi”.10
Dunyoda aynan bir-biriga o‘xshash bo‘lgan ikki kishini topish juda mushkul. Odam tashqi qiyofasi, bo‘y-basti bilan boshqa biror kimsaga o‘xshashi mumkin, lekin fe’li, mijozi va shaxs sifatidagi xususiyatlari nuqtai nazaridan aynan bir xil insonlar bo‘lmaydi. Hattoki, olimlar bitta tuxumdan rivojlangan egizaklarda ham juda ko‘p jihatdan aynan o‘xshashlikni qayd qilishgan, shaxsiy sifatlaridagi korrelyatsion tahlilda esa ba’zi tafovutlar aniqlangan. “...odam shaxs sifatida dunyoga kelmaydi, balki uning shakllanishi avvalo hayot sharoitlariga bog‘liqdir. Shaxs hayoti davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada shaxsga aylanadi. SHu sababli shaxsni ma’lum ijtimoiy tuzumning mahsuli deb tushunishimiz lozim”.11
Shaxs – qaytarilmas, u o‘z sifatlari va borlig‘i bilan noyob. Ana shu qaytarilmaslik va noyoblik asosida uning individual psixologik xususiyatlari majmui yotadi. SHu o‘rinda biz yuqorida ta’rif bergan shaxs tushunchasi bilan yonma-yon ishlatiladigan yana ikki tushunchaga izoh berishni o‘rinli deb hisoblaymiz. Bu «individ» va «individuallik» tushunchalari.
«Individ» tushunchasi umuman «odam» degan tushunchani to‘ldirib, uning ijtimoiy va biologik mavjudot sifatida mavjudligini tasdiqlaydi va uni bir tomondan boshqa odamlardan farqlovchi belgi va xususiyatlarini o‘z ichiga oladi, ikkinchi tomondan o‘ziga va o‘ziga o‘xshashlarga xos bo‘lgan umumiy va xarakterli xususiyatlarni qamrab oladi. Demak, individ insonga aloqadorlik dalilini tasdiqlovchi ilmiy toifadir.
«Individuallik» – yuqoridagi ikkala tushunchaga nisbatan torroq tushuncha bo‘lib, u aniq odamni boshqa bir odamdan farqlovchi barcha o‘ziga xos xususiyatlar majmuini o‘z ichiga oladi. SHu nuqtai nazardan shaxs tizimini tahlil qiladigan bo‘lsak, shaxs individualligiga uning qobiliyatlari, temperamenti, xarakteri, irodaviy sifatlari, emotsiyalari, xulqiga xos motivatsiya va ijtimoiy ko‘rsatmalari kiradi.
Barkamol shaxsni tarbiyalashda, bolaning dunyoga kelganidan boshlab to voyaga yetguniga qadar bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Bolalar psixologiyasi – psixologiya fanining alohida tarmog‘i bo‘lib, bolaning tug‘ilganidan to yetuklik davrigacha bo‘lgan psixik taraqqiyotini, turli yosh davrlaridagi bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlarini, rivojlanishining turli bosqichlarida bola psixikasiga xos xususiyatlarini o‘rganadi.
Tarbiyachi bola shaxsini har tomonlama rivojlantirish, tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida albatta bolalar psixologiyasini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. Bugungi kunda bolalar psixologiya fanining oldida bir qator quyidagi nazariy va amaliy vazifalar mavjud:

  • turli yoshdagi bolalarga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni, ya’ni bolalarning idrokiga, sezgi-tuyg‘ulariga, diqqatiga va xotirasiga, nutqi va tafakkuriga, xayoliga, irodasiga xos xususiyatlarni o‘rganish;

  • bolaning psixik taraqqiyotiga faol ta’sir qiluvchi omillarni aniqlab berish;

  • turli yoshdagi bolalarning rivojlanishiga xos bo‘lgan qonuniyatlarni o‘rganish;

  • bola shaxsi va shaxsiga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o‘rganish;

  • bolani maktab ta’limiga tayyorlash;

  • maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun bolaning aqliy jarayonlarini faollashtirish;

  • ta’lim jarayonida bolaning mustaqil, ijodiy, faol tafakkurini shakllantirish;

  • ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning maxsus qobiliyatlarini shakllantirish;

  • ta’lim-tarbiya ishlarining psixologik mazmunini ochib berishdan iboratdir.

Xullas, muloqot jarayonining ham, guruhiy jarayonlarning ham egasi – sub’yekti hamda ob’yekti aslida alohida shaxsdir. SHuning uchun ham pedagogika va psixologiya fanlari alohida shaxs muammosini ham o‘rgandiki, uni o‘sha turli ijtimoiy jarayonlarning ishtirokchisi va faol amalga oshiruvchisi degan nuqtai nazardan yondashadi. Ma’lumki, shaxs muammosi hamisha dolzarb ijtimoiy pedagogik muammosi sifatida o‘rganilib, bir qator fanlarning maxsus bo‘limlarida tadqiq etiladi. Har bir bo‘lim yoki tarmoq uni o‘z mavzui va vazifalari nuqtai nazaridan shaxsga taalluqli bo‘lgan muammolarni yoritadi.
Shaxs shakllanishining o‘z sohasi, bosqichlari va muassasalari mavjud. Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi:
1) faoliyat sohasi, ya’ni umri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita jalb etilgan bo‘lib, bu jarayonda faoliyatlar katalogi kengayib, boyib boraveradi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni, malaka va ko‘nikmalarni, bilimlarni talab etadiki, ularni qoniqtirish yo‘lidagi faolligi unda o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi;
2) muloqot sohasi, ayniqsa maktabgacha yosh davrdagi muloqot tizimlari bolada bir qancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni paydo qiladiki, buning natijasida u faol hayotiy mavqega ega bo‘ladi, jamiyatda o‘z o‘rnini tasavvur qilishga erishadi.
3) o‘z-o‘zini anglash sohasi, ya’ni “Men” obrazining yil sayin o‘zgarib borishi jarayoni bo‘lib, avval o‘zini boshqalardan farqliligini, o‘zicha mustaqil harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglash, so‘ngra esa o‘z-o‘zini baholash, anglash, nazorat qilish xususiyatlari rivojlanadiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy kismidir.
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz yoshlari ongiga milliy qadriyatlarimiz, vatanparvarlik, adolat va yurtga sadoqat hislarining tarbiyalanishi, tabiiy, har bir yosh avlodda o‘zligini anglash, o‘zi mansub bo‘lgan halq va millat ma’naviyatini kadrlash hislarini tarbiyalamoqda. Bu esa, o‘sha yuksak o‘z-o‘zini anglashning poydevori va muhim shakllantiruvchi mexanizmidir. Demak, o‘z-o‘zini baholash – o‘z-o‘zini tarbiyalashning muhim mezonidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash omillari va mexanizmlariga esa, quyidagilar kiradi:

  • o‘z-o‘zi bilan muloqot;

  • o‘z-o‘zini ishontirish;

  • o‘z-o‘ziga buyruq berish;

  • o‘z-o‘ziga ta’sir ko‘rsatish;

  • ichki intizom.

Demak, bola shaxsining qanday sifatlarga ega ekanligi, undagi baholarning ob’yektivligiga bog‘liq tarzda o‘z-o‘zi bilan muloqotga kirishib, o‘zini nazorat qila oladi.

Maktabgacha yoshda bolaning shakllanishi va rivojlanishida psixik taraqqiyot ham muhim o‘rin tutadi. O‘sish – miqdoriy jihatdan ulg‘ayish, demakdir. Taraqqiyot – sifat jihatdan o‘zgarish demakdir. Bolaning psixik taraqqiyoti ham qarama-qarshiliklar kurashi asosida yuz beradi. Bu qarama-qarshiliklar:


  1. Bolaning shu choqqacha erishgan darajasi, imkoniyatlari bilan yangi ehtiyojlar o‘rtasida tug‘iladigan qarama-qarshiliklar. YA’ni bolalarning ehtiyojlari tez ortib boradi. Lekin bu ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari juda sekinlik bilan yuzaga keladi.

  2. Bolaning eski xulq-atvori shakllari bilan yangi xatti-harakatlari, yangi tashabbuslari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar. Masalan: yosh bolaning asosiy faoliyati kattalarga taqlid qilishdir. Taqlidiy harakatlarda mustaqillik, tashabbuskorlik bo‘lmaydi. Bola o‘sib ulg‘aygan sari uning tajribasi, mustaqilligi, tashabbusi orta boradi. Masalan: mustaqil yurish, ba’zi ishlarni bajarish.

  3. Bola hayotining mazmuni bilan uning shakli o‘rtasida vujudga keladigan qarama-qarshiliklar. Odatda hayotning mazmuni uning shaklidan biroz oldinroq vujudga keladi. Masalan: bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnay boshlashdan oldin oiladagi hayotga o‘rganib qoladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida esa yangicha hayotning boshqacha talablari va qoidalariga duch keladi.

Demak, bolaning psixik taraqqiyoti juda murakkab jarayondir. Lekin bu taraqqiyot qanchalik murakkab bo‘lmasin uning qonuniyatlari fanga ayondir. Bolaning psixik taraqqiyoti ijtimoiy hayot bilan bog‘liq bo‘lgan aniq shart- sharoitning ta’siri tufayli yuz beradi.
Bola yashaydigan muhit o‘zgarmas narsa emas, balki u kishilarning faol faoliyati natijasida o‘zgara boradi. Har bir inson va bolaning ongi o‘zgarib boruvchi muhit ta’siri ostida o‘sadi. Ammo muhit bolaning o‘sishi uchun qulay va noqulay bo‘lishi mumkin. Qulay muhit kishining «mudroq» qobiliyatlarini ulg‘aytiradi. Noqulay ijtimoiy muhitda tug‘ma qobiliyatlar «mudroq» bosgan holda qolaveradi. Bunday muhit, hatto tasodifan namoyon bo‘lgan iste’dod va qobiliyatlarni ham nobud qiladi.
Organizmning o‘sishi, nerv sistemasining shakllanishi psixik hayotning shakl va mazmuni uchun imkoniyatlar yaratib beradi. Bu imkoniyatlarning ruyobga chiqishi kishining ijtimoiy muhitda yashashi va taraqqiy etib borishiga bog‘liqdir. Demak, inson biologik mavjudot sifatida emas, balki ijtimoiy mavjudot sifatida taraqqiy qiladi. Insonni inson qiladigan uning butun fazilatlarini yuzaga keltiradigan omil tashqi ijtimoiy muhitning ta’siridir.
Bolani har tomonlama rivojlanishida ta’lim-tarbiya asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida qaraladi, chunki jamiyatning bolalar ongiga ongli ta’sir etishi ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi.
Ta’lim-tarbiya insonning kamolga yetishida yetakchi omildir, bular:
a) ta’lim va tarbiya jarayonida, kishi organizmining o‘sishi va muhitning stixiyali ta’siri berolmaydigan narsalarni o‘rganib olishi mumkin, masalan: savod chiqarish;
b) ta’lim-tarbiya yordami bilan bolalarning ba’zi tug‘ma kamchiliklarini ham yaxshi tomonga o‘zgartirishi mumkin;
v) ta’lim-tarbiya yordamida salbiy ta’sir natijasida yuz bergan kamchiliklarni tugatish mumkin;
g) ta’lim va tarbiya o‘z oldiga maqsad va vazifalar qo‘yadi va komil inson tarbiyasini rivojlantirishni ko‘zlaydi;
d) ta’lim jarayonida bola bilimlar, ko‘nikma va malakalar hosil qilibgina qolmay, o‘zi ham kamolga yetishib boradi, bilim darajasini ongli ravishda oshiradi.
Demak, «Muhit bera olmagan narsalar ta’lim-tarbiya orqali hosil qilinadi, xatto ta’lim-tarbiya tufayli shaxsda tug‘ma kamchiliklarni ham o‘zgartirib shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Bundan tashqari muhitning salbiy ta’siri tufayli tarbiyasi izdan chiqqanlarni ham qayta tarbiyalaydi».12 Ta’lim-tarbiya tabiiy qobiliyatlarni rivojlantirishning, bolalarni komil inson qilib tarbiyalashning muhim omilidir.
Ma’lumki, bola psixikasi o‘yin, o‘qish o‘rganish, mehnat va turli ijtimoiy faoliyat jarayonlarida taraqqiy qiladi. Faoliyatning bu turlari bolaning o‘sishi va yosh xususiyatlariga mos ravishda o‘zgarib biri ikkinchisi bilan almashinib turadi. Masalan: maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘yindir. CHunki, o‘yin bola tabiatining asosiy xususiyati hisoblanadi. Bola o‘yin orqali atrofdagi hayotni va kishilar o‘rtasidagi turli munosabatlarni bila boshlaydi.
Bola ulg‘aygani sari uning o‘yin faoliyati o‘qish faoliyati bilan almasha boshlaydi. Lekin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o‘qish-o‘rganishi hali- hali tizimli xarakterda bo‘lmaydi, balki o‘qish faqat maktabdagi faoliyatning asosiy turiga aylanadi. O‘qish faoliyati bolaning shaxsiy sifatlarini tarkib toptirishda, malaka, odat, ko‘nikma, bilimlar hosil qilishda katta rol o‘ynaydi. Lekin bola shaxsining tarkib topishiga o‘yin, o‘qish va o‘rganish qancha ta’sir qilmasin, kishi shaxsi mehnatda takomillashadi va to‘la-to‘kis tarkib topadi.
Bola shaxsini rivojlanishida jamoaning roli ahamiyatlidir. CHunki bolalar jamoada, jamoa ta’sirida madaniy va axloqiy jihatdan, shuningdek psixologik jihatdan tarbiyalanadilar.
Bunda bolalarda bir-biriga mehribonlik, o‘zaro yordam, faqat o‘zi to‘g‘risidagina emas, balki boshqalar to‘g‘risida ham o‘ylash, jamoa manfaatlarini o‘z manfaatlaridan yuqori qo‘yish kabi fazilatlar tarkib topadi. Jamoada turli yoshdagi bolalarning do‘stlik va o‘rtoqlik tuyg‘ulari rivojlanadi.
SHaxs faqat jamoa tufayligina o‘zini o‘stiradigan vositalarga va barcha imkoniyatlarga ega bo‘la oladi. Har bir odamning psixik taraqqiyoti turli psixik jihatdan normal, ba’zi birlari psixik taraqqiyotida akseleratsiya, ya’ni rivojlanishning tezlashuvi bo‘lishi mumkin. Ba’zi birlari psixik jihatdan normal, ba’zi birlari esa psixik jihatdan notekis rivojlanishi mumkin. Bolalarning psixik jihatdan notekis rivojlanishiga quyidagilar, ya’ni:

  • noqulay muhit;

  • ta’lim-tarbiyaning noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi;

  • voyaga yetayotgan shaxs faoliyatining noto‘g‘ri tashkil qilinishi;

  • asab ish faoliyatining buzilishi va haddan tashqari kasalliklarga ko‘p chalinaverish;

  • yosh xususiyatlarni hisobga olmaslik (ta’lim va tarbiya jarayonida);

  • sharoit (maktabdan, uydan va bog‘chadan borgan bolalarning rivojlanishi) kabilar sabab bo‘lishi mumkin.

Ma’lumki, bolaning aql idroki, fe’l - atvori, voqelikka munosabati, psixik va jismoniy o‘sish xususiyatlari, uni taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarish uning faoliyati va hayot kechirishidagina emas, balki yoshiga ham bog‘liqdir. Masalan: 1 yoshli bola bilan 3 yoshli bola, 7 yoshli bilan 15 yoshli bola orasidagi farq yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu farq bolani jismoniy xususiyatlari bilan emas, balki psixologik xususiyatlari bilan ham bog‘liqdir. O‘sib, ulg‘ayish bolaning jismoniy taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lsa, sifat o‘zgarishlari bolaning psixik taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. Bolada yuz beradigan sifat o‘zgarishlari birdaniga sodir bo‘lmay, asta-sekin yuzaga keladi. Bolalarni turli yosh davrlarga ajratishda ularning taraqqiyotida yuz beradigan sifat o‘zgarishlari, ya’ni ularning psixik taraqqiyoti jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishi asos qilib olinadi.

Shuningdek, oila va muhitning ham bola shaxsi shakllanishiga ta’siri katta. Oila bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhitning eng muhim bo‘g‘inidir. Uning bola shaxsi shakllanishiga ko‘rsatadigan tasiri benihoyat kattadir. Bolaning mustaqilligi nisbiy bo‘lib, u ko‘p jihatdan kattalar qaramog‘i va yordamiga muhtoj bo‘ladi. Ota-onaning fikri va munosabati bu davrda shunchalik katta undovchi kuchga ega bo‘ladiki, u xulq-atvorning regulyatori va psixik rivojlanishining stimulyatori bo‘lib xizmat qiladi.


Albatta, har bir oiladagi munosabatlar o‘ziga xos hamda takrorlanmasdir. Biroq ota-ona va bola munosabatlarining umumiy jihatlari ham mavjuddir. Ota-onalar bolalar xulq- atvorini boshqarishda qanday usullardan foydalanishlariga ko‘ra o‘rtadagi munosabatlar ko‘pincha «demokratik» va «avtoritar» nazorat qiluvchi kabilarga ajratiladi. Bolalarga oilaviy ta’sir etishning «demokratik» shakli uchun quyidagilar xos: bolaga ko‘p narsaga ruxsat beriladi, bola bilan ko‘p aloqa qilinadi, unda ishonch va hurmat bilan munosabatda bo‘linadi, ota-onalar bo‘lar-bo‘lmas ta’qiblarini qo‘ymaslikka harakat qiladilar, buning o‘rniga ular bolalarga oiladagi tartib-qoidalarni tushuntirishga intiladilar. Iloji boricha bolalarining savollariga javob berishga, ularning qiziquvchanliklarini qondirishga hapakat qiladilar. Oiladagi «avtoritar» muhit bolalarga nisbatan haddan tashqari ta’qiqlarning ko‘pligi bilan xarakterlanadi. «Hukmron» ota-onalar boladan to‘liq bo‘ysunishini talab qiladilar. Bunday oilalarda bolalarga xulq-atvor qoidalarini tushuntirishga qaratilgan muloqot kamdan-kam o‘tkaziladi.
Shu narsa aniqlanganki, «avtoritar» va «demokratik» oilalarda tarbiyalanuvchi bolalarning shaxsiy xususiyatlarida muayyan farq mavjud bo‘ladi. «Demokratik» oilalarning farzandlari ijodkorlikka moyil tashabbuskor, liderlikka intiluvchan, konformizmni (guruh; fikriga tobe bo‘lishni) inkor etuvchi ijtimoiy munosabatlarida ko‘proq emotsiyalarni his etuvchi bo‘ladilar.
Sotsiometrik tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, oiladagi muhit iliq, ota- ona va bola o‘rtasidagi munosabatlar demokratik asosga qurilgan bo‘lsa, bola o‘z tengdoshlarining orasida jamoada yuqori mavqega, aksincha, nosog‘lom oilada tarbiyalanayotgan bolalar ancha past mavqega ega bo‘ladilar.
Oiladagi psixologik iqlim, ya’ni bolalar bilan bo‘lgan muloqot xarakteri, ularga mehr-muhabbat bilan, diqqat-e’tibor bilan munosabatda bo‘lishi o‘sib kelayotgan shaxs axloqiy qiyofasining shakllanishida o‘ta muhim rol o‘ynaydi. SHuning uchun ham barkamol inson tarbiyasi avvalo oiladagi muhitning sog‘lom bo‘lishini taqozo qiladi.
Oilaning bola shaxsi shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni beqiyos ekan, oila a’zolari bolalarining psixik rivojlanishini ta’minlash uchun oilada sog‘lom munosabatlar muhitini yaratishlari lozim, tarbiyachilarning eng asosiy yordamchisiga aylanishlari kerak.
Bolaning psixik rivojlanishida uning boshqa bolalar bilan bo‘ladigan muloqati muhim ahamiyatga egadir. Tengdoshlariga bo‘lgan qiziqishlari bolada kattalarga bo‘lgan qiziqishidan biroz keyinrok bir yoshning oxirlarida paydo bo‘ladi, biroq u borgan sayin, ayniqsa, bog‘cha yoshi davrida mustahkamlanib boradi.
4-5 yoshli bola uchun eng og‘ir jazo – bu uni o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishidan maxrum etishdir. Bolalar guruhiga tushib qolgan davrdan boshlab bolaning individual rivojlanishini uning «bolalar jamiyati» a’zolari bilan bo‘lgan munosabatlarini hisobga olmay ko‘rib chiqish va o‘rganish mumkin emas.
YA.A.Kamenskiy bog‘cha yoshidagi bolalar guruhini odamlar ijtimoiy birligining ilk pog‘onasi, «kurtagi» deb hisoblaydi.
Bolalar o‘z tengdoshlari jamoasiga intiladilar. Biroq har doim ham ular tengdoshlari bilan ijobiy munosabatlar o‘rnatishga erishavermaydilar. Ba’zi bolalar guruhda ancha faol bo‘lib, o‘zlarini go‘yo «suvdagi baliqday» his etadilar. Ayrimlari anchagina noqulaylikni, o‘zlariga nisbatan ishonchsizlikni, boshqalarga tobelikni his etadilar. Nega shunday? Tengdoshlar bilan bo‘lgadigan ijobiy munosabatlar bolada birdamlik hissini kuchaytirib, uning guruhga qattiq bog‘lanib qolishiga sabab bo‘ladi. Biroq, ijobiy munosabatlarning yo‘qligi bolani tushkunlika solib, uni xavotirlanuvchi yoki agressiv qilib qo‘yishi mumkii. Bu esa unda bolalarga, umuman, odamlarga nisbatan salbiy munosabatni shaklantirishi, ularni yakkalanuvchanlikka moyil qilib qo‘yishi ham mumkin.
Ko‘p bolali oilalarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bola shaxsining rivojlanishiga aka-ukalari, opa-singillar ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Aka-ukalar va opa - singillar bolaga eng yaqin bo‘lgan mikromuhit tarkibiga kirib, unda markaziy o‘rinni egallaydi. Ba’zi tadqiqotchilar, hatto, shunday fikrdaki, oila azolarining soni ko‘paygan sari bolalarga ota-onaning ta’siri susayib, aka-ukalar opa-singillar ta’siri kuchayib boradi. Katta akalari va opalari davrasida bola o‘zini emotsional himoyalanganday his qiladi. Aka-opalar esa o‘zlarining mehribonlik his-tuyg‘ularini, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ular o‘rtasida bola o‘zining tashvishlari, qiziqishlari bilan o‘rtoqlashishi mumkin. Akalar, opalar esa uning ehtiyojlari, jumladan, muloqotda bo‘lish extiyojini qondirishlari mumkin.
Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarning boshqa bolalar bilan bo‘lgan ancha murakkab va xilma-xil munosabat turlari shakllanadi va ana shu munosabatlar ma’lum miqdorda uning shaxs shakllanishini belgilab beradi. O‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishiga qiynalayotgan, muloqotda bo‘lish ehtiyoji yetarlicha shakllanmagan bolalarning tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabatlarini faollashtirmaslik lozim. YAxshisi, dastlab umumiy qiziqishlarga ega bo‘lgan 1-2 ta sherikni topish, keyinchalik asta-sekin muloqot doirasini kengaytirib borish maqsadga muvofiqdir. Bolalarda noto‘g‘ri shakllanib ulgurgan muloqot motivlarini qaytadan qurish avvalo, boshqalarning fikri bilan hisoblashishga o‘rgatish ancha foydalidir.
Kattalarning maktabgacha yoshdagi bola shaxsi shakllanishiga ko‘rsatadigan ta’siri bolaning boshqa faoliyatlari, masalan, rasm chizish, turli narsalar yasashi, applikatsiyalar tayyorlashi, o‘quv vazifalarini bajarishi vaqtida ham amalga oshiriladi. Ushbu faoliyatlarni bajarishi davrida bolalarda kattalar va tengdoshlari tomonidan ijobiy bahoga sazovor bo‘ladigan narsani yaratishga yo‘nalganlik qaror topadi, ijtimoiy yo‘nalganlik shakllanib boradi, bilish motivlari va boshqa shaxsiy xususiyatlari tarkib topib boradi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim ijtimoiy pedagogik ishning shunday shakllarini vujudga keltirishi kerakki, bunda har bir bola o‘z imkoniyalarini namoyon qila olishi uchun qulaylik yarata olishi, madaniy muhitni to‘laligicha o‘zlashtirishi va o‘zining barcha quvvatlarini ro‘yobga chiqarishi lozim.
Bugungi kunga kelib bola shaxsiga rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim yangicha mazmun bilan boyimoqda. Buning natijasida bolaning ehtiyojlari insoniy munosabatlar ob’yekti sifatida faollashmoqda. Bu o‘zaro kelishuv, bir-birini tushunish, hamkorlik hamda qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslanishi kerak. SHu munosabat bilan biz shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim ob’yektiv, sub’yektiv munosabatlar yig‘indisini har bir insonga xos bo‘lgan mustaqil qadriyatlar sifatida aniqlashga intilamiz.
SHaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni umumiy rivojlantirish masalalari quyidagilarda aks etadi:

  • maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish orqali bolalarni umumiy rivojlantirishning nazariy asoslarini tadqiq etish va ularning umumiy xususiyatlari bilan bog‘liq holda pedagogik yordam ko‘rsatishning mavjud darajasi va shart-sharoitlariga tayanish;

  • bugungi kunda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsyepsiyasiga tayanilgan holda maktabgacha ta’lim-tarbiyani jarayonini tashkil etish, bu jarayonda bolalarning sub’yekt sifatida namoyon bo‘lishlarini ta’minlash, ularni har tomonlama rivojlantirishga erishish, umumiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishni ustuvor maqsadga aylantirish;

  • maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanadigan bolalar birinchi navbatda tarbiyachining pedagogik qo‘llab-quvvatlashiga ehtiyoj sezishlarini hisobga olish;

  • bolalarni pedagogik qo‘llab-quvvatlash orqali ularni umumiy rivojlantirish jarayonining mazmunini bolaning qiziqishlari, intilishlari va ehtiyojlariga mos tarzda tanlash va amalga oshirish.

Hozirgi kunda pedagog-psixologlar tomonidan ta’limning bir qancha modellari ishlab chiqilgan hamda o‘qitish tizimiga tadbiq qilingan. Xususan, L.V.Zankov, M.V.Zvereva, I.I.Arinskayalar tomonidan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning qator afzalliklari sanab o‘tilgan. “Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko‘ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilishi talab qilinmoqda. O‘zida ana shu imkoniyatlarni namoyon eta olgan ta’lim – shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim deb nomlanadi”.13

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish