Himoyaga ruhsat etaman” tarmoq markazi direktori N. A. Muslimov 2021 yil


Bolaga yo‘naltirilgan ilk ta’limda quyidagilar inobatga olinadi



Download 0,82 Mb.
bet9/72
Sana25.02.2022
Hajmi0,82 Mb.
#463685
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72
Bog'liq
Himoyaga ruhsat etaman” tarmoq markazi direktori N. A. Muslimov

Bolaga yo‘naltirilgan ilk ta’limda quyidagilar inobatga olinadi:
Bolalarga muloqot qilish, o‘rganish va rivojlanish uchun jismoniy, ijtimoiy, psixologik imkoniyatlar tug‘ilganda beriladi. Agar bu imkoniyatlar aniqlanib, tan olinmasa va qo‘llab-quvvatlanmasa, ular rivojlanish o‘rniga so‘nib boradi.
• Bolaning rivojlanishiga qanchalik erta e’tibor berilsa, shunchalik yaxshi, chunki bolaning rivojlanishi tabiatan o‘zi yig‘ilib boruvchi hodisa hisoblanadi. Agar bolaning oziqlanishi yoki sog‘lig‘iga xavf solinadigan bo‘lsa, uning rivojlanishi kechikadi yoki zaiflashadi.
• Bola tug‘ilganidan ota-onasi, akasi, opasi, yaqin qarindoshlari va tarbiyachisidan oladigan mehr-muhabbati to‘liq bo‘lishi kerak va bu bolaning mukammal, sog‘lom o‘sishiga yordam beradi. YAqin insonlaridan doimiy ravishda mehr olib turgan bolalar bunday imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan yaxshi o‘sadilar.
• Bolaga uning ilk oylarida ko‘rsatilgan mehr-muhabbat, kelajakdagi hayotida uning insonlarni sevishiga va doimiy hurmatga asoslangan mustahkam aloqalarni o‘rnatishiga yordam beradi.
• YOsh bolaning sog‘ligi va ovqatlanishini nazorat qilish, ilk bolalik davridagi ta’limda ko‘proq muloqotni ruxlantirish, jamiyatga va shaxsan bolaga ulkan foyda olib keladi.
• Bolaning har bir bosqichdagi ehtiyojlari asosan bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarni rivojlantirish orqali amalga oshiriladi, bunda ota-onalarning o‘rni katta bo‘ladi.
• Bolaning jismoniy, aqliy, “bilish” (idrok etish), ijtimoiy-hissiy va nutq, muloqotchanlik ko‘nikmalari tobora rivojlanib, o‘sib boradi va bu holat qobiliyatlarning rivojlanishida, muloqot, o‘ynash va o‘rganishda ko‘rinadi.
Ilk davrlarda bolaning rivojlanishiga to‘g‘ri yondashuv bolaning aqliy va jismoniy faoliyatidagi kamchiliklarini bartaraf etadi.
• Ilk davrda bola samarali rivojlanishi uchun bolaga e’tibor doimiy bo‘lishi kerak.
Ota-onalarning bolaga mehri va ilm olishiga e’tibori kelajakda uzoq yillar davomida faqat ijobiy ta’sir qiladi. Bunga quyidagilarni misol qilsak bo‘ladi: maktabdagi yuqori o‘zlashtirish, takrorlashning kamayishi, o‘smirlik davrida jinoyatning kamayishi, ishga joylashishning oshishi.
Tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan davrda bolaning rivojlanishiga e’tibor berish uzoq yillar davomida ta’sirini o‘tkazadi. Maxsus ta’lim yo‘nalishlari va sinfdan qoldirishlar ilk ta’lim olish strategiyalari orqali ancha kamaytiriladi. Davomiy va uzoq muddat xizmat qiladigan natijaga erishish uchun tinimsiz bir necha yil jon fido qilish kerak. Lekin, shunga qaramay, juda intensiv bo‘lmagan andozalar ham bolaning kognitiv rivojlanishini o‘stirishda foydali hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim quyidagilarni ta’minlaydi. Bola birinchi sinfga borganda til va kognitiv ko‘nikmalari, ularning oilaviy sharoiti va shaxsiy xususiyatlaridan qat’iy nazar, ancha yaxshi rivojlanadi. Maktabgacha ta’limga tortilgan bolalar ishonch, ilm va ko‘nikmalarni qo‘lga kiritishadi.
Samarali maktabgacha ta’lim tajribalari salomatlik va ovqatlanishga katta ahamiyat berish bilan birga ota-onalarga birinchi muallim sifatida qarashi bilan ajralib turadi. Ilk ta’limga qatnashgan bolalarning ota-onalari bolaning ta’lim mashg‘ulotlariga ko‘proq aralashadigan bo‘ladi. Ota-onalarning jalb qilinishi bolaning birinchi sinfdagi akademik natijalari va ijtimoiy moslashuviga ijobiy ta’sir qiladi.
Agar bolalarga maktabgacha yoshda yoshiga mos ravishda ta’lim berilsa, bunday tajribaga ega bo‘lgan bolalar 19 yoshigacha ishga kiradi, o‘zini ijtimoiy tiklab oladi va jinoyatga kamroq qo‘l uradi.



YOsh

Bola nima qiladi?

Bolaga nima kerak?

Tugilgandan 3 oylikkacha

  • nigohi bilan odamlar va ob’yektlarni o‘rganadi;

  • insonlarga va yorqin ranglarga e’tibor qaratadi;

  • oyoq va qo‘llarini tortib, yozadi;

  • boshini ko‘taradi va tovushga qaraydi;

  • yig‘laydi, ammo qo‘lga olganda tinchlanadi;

  • kulishni boshlaydi.

  • jismoniy xavf-xatardan himoya;

  • muvofiq oziq (eng yaxshisi – ko‘krak suti);

  • cog‘lik muhofazasi (immunitetni mustahkamlash, gigiyena);

  • bog‘lanish va bog‘liqlikni tashkil etish mumkin bo‘lgan katta odam;

  • bolaning signallarini tushunib, ularga javob bera oladigan katta odam;

  • ko‘rish, tegish, o‘rganish, eshitish, xidlash, ta’m bilish imkoniyatini beruvchi narsalar;

  • bolani qo‘lda ko‘tarib yurish, qo‘shiq kuylash va allalash kerak.

4-6-oylik

  • ko‘pincha kuladi;

  • ota-ona va boshqa qarindoshlarni taniydi;

  • qiziqarli natijaga ega bo‘lgan harakatlarni takrorlaydi;

  • diqqat bilan tinglaydi;

  • bola bilan suhbatlashganda, e’tiborini qaratadi;

  • kuladi, gu-gulaydi, tovushlarni takrorlashga harakat qiladi;

  • oyoq va qo‘llarini o‘rganadi;

  • narsalarni og‘ziga soladi;

  • aylanadi, kattalar barmog‘ini ushlagan holda tortiladi, utirishga harakat qiladi;

  • narsalarni katta barmog‘ini ishlatmagan holda ushlashga harakat qiladi.

  • dunyoni o‘rganish uchun imkoniyat;

  • kerakli nutqiy rag‘batlantirish;

  • ko‘p ob’yektlar ishtirokida kundalik o‘yin imkoniyati.

7-12-oylik

  • oddiy hodisalarni eslab qoladi;

  • o‘zini, tana a’zolarini, tanish tovushlarni ajratadi;

  • o‘z ismini va tanish ovozlarni tushunadi;

  • sodda so‘zlarni ayta oladi;

  • ob’yektlarni o‘rganadi, ularni uradi, sindiradi, silkitadi;

  • yashirilgan o‘yinchoqlarni, narsalarni topadi va ularni qutiga sola oladi;

  • mustaqil o‘tiradi, emaklaydi, turish va yurishga harakat qiladi;

  • begona odamlar paydo bo‘lganda uyaladi yoki o‘zini xafa bo‘lgandek tutadi.

  • ratsionga qo‘shimcha ovqat kiritish;

  • hikoyalar tinglash va bolaga o‘qib berish imkoniyati;

  • tadqiqot uchun xavfsiz muhit.

1-2-yosh

  • kattalar harakatiga taqlid qiladi;

  • so‘z va gaplarni gapiradi, tushunadi;

  • hikoya va ob’yektlar tadqiqotidan mamnun bo‘ladi;

  • mustaqil yuradi, zinalardan ko‘tariladi, yuguradi;

  • mustaqillikni namoyish etadi, lekin yonida tanish insonlarni ko‘rishni istaydi;

  • ob’yektlarning tegishliligini tan oladi;

  • do‘stlikni rivojlantiradi;

  • muammolarni hal qiladi;

  • erishgan yutuqlari bilan fahrlanadi.

  • topshiriqlarni bajarishda yordam berishni yoqtiradi;

  • o‘yin o‘ynashga harakat kiladi.

  • yangi harakat, nutqiy va tafakkur malakalarini egallashda qo‘llab-quvvatlash;

  • mustaqillikni rivojlantirishga imkoniyat;

  • o‘z xulqini nazorat qilishni o‘rganishda yordam;

  • o‘zi haqida qayg‘urishni o‘rganish uchun imkoniyat;

  • o‘yin va tadqiqot uchun imkoniyat;

  • boshqa bolalar bilan birgalikdagi o‘yinlar;

  • bolaga kundalik o‘qish va unga turli hikoyalarni so‘zlab berish;

  • tibbiy xizmat.

2-3-yosh

  • yangi malaka va ko‘nikmalarni egallaganda xursand bo‘ladi;

  • tilni tez o‘rganadi;

  • doimo harakatda bo‘ladi;

  • qo‘l va oyoqlarini boshqaradi;

  • tez xafa bo‘ladi;

  • ko‘proq mustaqil harakat qiladi, ammo xali ham kattalarga bog‘langan;

  • tanish sahnalarni takrorlaydi.

3-5-yosh

  • bolada yanada mustahkam diqqat shakllanadi;

  • to‘polon bilan aqlsiz harakat qiladi;

  • ko‘p gapiradi, ko‘p savol beradi;

  • kattalarga xos ishlarni qilishni istaydi;

  • tasviriy topshiriqlarni bajaradi;

  • jismoniy jismoniy malakalarni va botirligini ehtiyotkorlik bilan sinaydi;

  • do‘stlari bilan o‘ynashni yoqtiradi, ammo yutqazishni xush ko‘rmaydi;

  • vaqti-vaqti bilan narsalari bilan bo‘lishadi va galma-gal nimalarnidir bajaradi.

  • nozik harakatli malakalarni rivojlantirish uchun imkoniyat;

  • suhbat, o‘qish va kuylash orqali nutq rivojlanishiga ko‘maklashish;

  • ustunlikning ijobiy xislatlarini rivojlantiruvchi faoliyat;

  • hamkorlik, yordam va bo‘lishishni o‘rganish uchun imkoniyat;

  • o‘qish va yozish uchun muhim bo‘lgan malakalar bilan tadqiqot;

  • o‘ziga javobgarlik va tanlay olish imkoniyati;

  • o‘z-o‘zini nazorat qilish, hamkorlik, topshiriqlarni bajarishda qat’iyatlikni rivojlantirish uchun rag‘batlantirish;

  • yutuqlari uchun fahr va shaxsiy g‘ururni qo‘llab-quvvatlash;

  • o‘zligini namoyon etish uchun imkoniyat (rasm chizish, chizmachilik, loy bilan ishlash);

  • ijodkorlikni rag‘batlantirish;

  • ritmik harakatlar;

  • turli ohangdagi kuylarni tinglash.

6-8-yosh

  • qiziquvchan bo‘ladi;

  • harflar, sonlar, o‘qish va yozishga yanada ko‘p qiziqish bildiradi;

  • o‘qiydi;

  • yakuniy natija bilan ko‘proq qiziqadi;

  • jismoniy malakalarda o‘ziga katta ishonch hosil qiladi;

  • hissiyotlarini namoyon etishda va kurashda so‘zlardan foydalanadi;

  • kattalar faoliyatini yoqtiradi;

  • jamoa o‘yinlarini o‘ynaydi, suhbat uchun ochiq bo‘ladi.

  • malakalarini egallashda qo‘llab-quvvatlash;

  • mustaqillikni rivojlantiruvchi qo‘shimcha imkoniyatlar;

  • keng qamrovli turli malakalarni ishlab chiqish imkoniyati;

  • suhbat, o‘qish va kuylash orqali nutqning yanada rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash;

  • ustunlikning ijobiy xislatlarini rivojlantiruvchi faoliyat;

  • jamoda ishlash, ko‘maklashish, hamkorlik qilishni o‘rganish uchun imkoniyat;

  • o‘ziga javobgarlik va tanlay olish imkoniyati;

  • o‘z-o‘zini nazorat qilish, hamkorlik, topshiriqlarni bajarishda qat’iyatlikni rivojlantirish uchun rag‘batlantirish.




Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bola nima qiladi?

Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolaga nima kerak?

  • stimulyatsiya va diqqatga e’tibor qaratmaydi;

  • jismoniy, ijtimoiy yoki missiy nuqtai nazardan o‘z tengdoshlarining rivojlanishidan qolib ketayotgandek tuyuladi.

  • muhabbatga to‘la mehribon muhitni yarata oladigan va qachon yordam berish kerakligini biladigan kattalar;

  • badan muolajalari, vasiylar bilan o‘yin;

  • suhbat uchun qo‘shimcha vaqt;

  • boshqa bolalar bilan o‘zaro harakat va o‘yinni rag‘batlantirish.

Bolaga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida bola shaxsining har tomonlama, ya’ni ham huquqiy, ham ma’naviy, ham ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi.


Bolaning ta’limi va tarbiyasi, uni jismoniy, ruxiy va ma’naviy kamolga yetkazish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bu maksadga erishishda uning bilim olishga qiziqishini oshirish asosiy omil hisoblanadi. Demak, bolaning dastlabki olti yoshi uning keyingi rivojlanishi uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi.



    1. MAKTABGACHA TA`LIMDA BOLA SHAXSINI RIVOJLANTIRISHGA YO`NALTIRILGAN TA`LIM TEXNOLOGIYALARI” MODULINI O`QITISHGA DOIR ILG`OR XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI

Ta’lim tizimida qo‘llaniladigan o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • ishbilarmonlik o‘yinlari;

    • muammoli o‘qitish;

    • tabaqalashtirilgan o‘qitish;

    • dasturlashtirilgan o‘qitish;

  • kompyuterlashtirilgan o‘qitish;

    • modulli o‘qitish.

Shxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari ilmiy-texnikaviy taraqqiyot jadallashayotgan davrda rivojlangan davlatlarda shakllanganini inobatga olgan holda ular chuqur ildizlarga ega ekanligini ta’kidlash to‘g‘ri bo‘lar edi. Qadimiy faylasuf Suqrot o‘z chiqishlarida savol va javob usulini ishlatar edi. Bu usul haqiqatni bilib olish uchun yordam berar edi. Qadimiy Rim pedagogi M.F.Kvantilian har bir shogirdga e’tibor va diqqat bilan yondashishni tavsiya bergan edi. O‘rta asr Sharqining buyuk olim-mutafakkirlari tomonidan vyrik pedagogik meros qoldirilgin. Asrlar, ming yillar davomida shaxsga muhabbat va hurmat, unga yordamlashish xislatlari asosida sivilizatsiya shakllanib keldi. Millatimiz shakllanishi bilan birgalikda xalqimizning mentaliteti insonga muhabbat va hurmat ko‘rsatish, unga yordamlashish xislatlari asosida yuzaga chiqdi. Eng avvalo, yoshlarimizga nisbatan muhabbat yaqqol namoyon bo‘ladi. Xalqimiz bolalarga «siz» deb munosabat qiadi, kattalar ularga birinchi bo‘lib «salom» beradi. YAponiyaning zamonaviy pedagog-olimlari bolani kuniga 200 martagacha erkalatishni tavsiya beradilar. Bu zamonaviy g‘oyalarning debochasi, buyuk ajdodimiz Al-Buxoriyning “Sahihi Hadis” kitobida «Bolaga rahmdillik qilmoq, uni o‘pib quchoqlamoq haqida» bobida yoritilgan. SHaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarining o‘zagi shaxslar o‘rtasidagi yuqori qadriyatlarga, teng huquqlilikka asoslangan munosabat hisoblanadi. Bu qadriyatlar Al-Buxoriyning «Hadis» kitobida «SHirin so‘z odam haqida», «So‘kmoq va la’natlamoq ta’qiqlanganligi haqida» boblarida bayon etilgan. Unda shaxsni so‘kish uni o‘ldirish bilan tenglashtirilgan.
Xulosa qilib ta’kidlash lozimki, ajoyib shaxsiy fazilatlarga asoslangan ta’limimiz, jahon fanning shakllanishi va rivojiga o‘zining munosib hissa qo‘shgani bilan ajralib turadi. Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek, Al-Buxoriy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Bahovuddin Naqshbandiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk ajdodlarimizning ta’limoti, jahon sivilizatsiyasidagi bebaho ulushini bugungi kunda butun dunyo tan olmoqda.
Pedagogika fanining rivojlanishiga YEvropa buyuk pedagog-olimlari hissa qo‘shgan, jumladan: italiyalik Vittarino di Feltre, fransiyalik Fransua Rable, ingliz olim Tomas More, nemis olimi Adolf Disterverg, rus olimi Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy va boshqalarni ta’kidlab o‘tish mumkin. Bular gumanistik tarbiyani, mustaqil fikrlashning rivojlanishini, ijodni, faollikni, ko‘rgazma materiallardan keng foydalanishni, nazariy ta’limni mehnat bilan bog‘lashni tarafdorlari edilar. Ular pedagogik jarayonda o‘quvchilarni sub’yekt deb hisoblar edilar. Umuman olganda shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari insonning aqliy qobiliyatlarini ochishiga xizmat qiladi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim pedagog va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, hamkorlik va tanlash erkinligiga asoslanib, ta’lim oluvchini qadriyat sifatida e’tirof etilishi uchun sharoit yaratadi.
Hamkorlik ta’limi shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning asosiy mohiyatini tashkil etadi. Zamonaviy sharoitda hamkorlik ta’limi, uni tashkil etish o‘ziga xos ahamiyat kasb etmoqda.
Hamkorlik ta’limi – o‘quv jarayonida ta’lim oluvchilarning jamoada, kichik guruh va juftlikda bilimlarni birgalikda o‘zlashtirishlari, o‘zaro rivojlanishlari, “pedagog-talaba(lar)” munosabatining hamkorlikda tashkil etilishini ifodalovchi ta’lim bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi o‘quv topshiriqlarini jamoada, kichik guruhlarda yoki juftlikda birgalikda, o‘zaro hamkorlikda bajarish sanaladi.
Hamkorlik ta’limi yo‘nalishlari:

      • ta’limiy hamkorlikka asoslanuvchi munosabatlarni tashkil etish;

      • talabalarga insonparvarlik g‘oyalari asosida individual yondashish;

      • ta’lim jarayonida kasbiy va ma’naviy birlikning qaror topishiga erishish.

Hamkorlik ta’limi texnologiyasining g‘oyalari o‘tgan asrning 80-yillarida J.J.Russo, K.D.Ushinskiy, V.A.Suxomlinskiy, A.S.Makarenko va boshqa novator-pedagoglarning qarashlari asosida shakllangan. Hamkorlik ta’limi texnologiyasi yoshlarda intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy qobiliyat, qiziqish, motivlarni rivojlantirish asosida dunyoqarashni hosil qilish maqsadini ilgari suradi. Hamkorlik ta’limi texnologiyasi kooperativ ta’limdan farq qilib, u juftlik va kichik guruhda ishlash orqali ta’lim oluvchilarning jamoada faoliyat yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
Hamkorlik ta’limi texnologiyasining tarkibiy elementlari:

  1. Tayanch konspekt (fizik, matematik va kimyoviy formulalar, tezislar, izohlovchi suratlar, qisqacha xulosalar, ramziy belgilar, sxemalar, grafiklar, jadvallar, diagrammalar)dan foydalanish.

  2. Bilimlarni test asosida sinovdan o‘tkazish.

  3. Ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholash.

Hamkorlik ta’limi texnologiyasi tamoyillari:

  • juftlik va kichik guruh a’zolarining o‘zaro birligi;

  • juftlik va kichik guruhda har bir a’zoning shaxsiy va guruh muvaffaqiyati uchun javobgarligi;

  • kichik guruhda hamkorlikka asoslangan o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish;

  • guruh va jamoa ishining umumiy baholanishi.

Hamkorlik ta’limi texnologiyasining belgilari:

      • ta’lim oluvchi shaxsi, individualligiga e’tibor qaratish;

      • tayyor bilimlarni o‘zlashtirish va ularni qayta ishlab chiqishni inkor qilish;

      • ta’lim oluvchilarda mustaqil va tanqidiy tafakkurni rivojlantirish;

      • pedagogga va tengdoshlarga nisbatan ijobiy munosabatning yuzaga kelishini ta’minlash;

      • talabalarda madaniy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish;

      • hamkorlik va o‘zaro tenglikka asoslangan muhitni yaratish.

Hamkorlik ta’limi texnologiyasini qo‘llashda talabalar quyidagi shakllarda ta’lim oladilar:

  • jamoada;

  • kichik guruhda;

  • juftlikda.

1-variant: jamoada ta’lim olish. Har bir ta’lim oluvchining yutuqlaridan jamoa xabardor bo‘ladi, chunki jamoa har bir ta’lim oluvchi tomonidan o‘quv materialining muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishidan manfaatdor. Zero, jamoaning muvaffaqiyati har bir ta’lim oluvchi va uning yutug‘iga, jamoa oldiga qo‘yilgan muammoning yechimiga bog‘liq.
2-variant: kichik guruhda ta’lim olish. Ta’lim oluvchilar 4-5 nafardan bo‘lib, kichik guruhlarga birlashib, blok holida berilgan o‘quv materiali ustida ishlaydi. Har bir ta’lim oluvchi material ustida alohida ishlaydi. So‘ngra bir guruhdagi ta’lim oluvchilar boshqa guruhlarga 1 nafardan bo‘lib o‘tishadi va o‘zlari o‘rgangan material bo‘yicha ekspert sifatida tengdoshlariga ma’lumot bergandan so‘ng o‘z guruhlariga qaytirib, tengdoshlaridan o‘zlashtirgan ma’lumotlar bilan o‘z jamoasi a’zolarini tanishtiradi. Bunda sheriklarni diqqat bilan tinglash, zarur ma’lumotlarni o‘z daftarlariga qayd etib borish talab qilinadi. Mashg‘ulot so‘nggida o‘qituvchi istalgan ta’lim oluvchidan o‘rganilgan mavzu bo‘yicha savollarga javob berishini so‘raydi.
3-variant: juftlikda ishlash. Ta’lim oluvchilar juftliklarga bo‘linadi. Har bir juftlik yaxlit mavzu bo‘yicha alohida topshiriq oladi. Birgalikda ishlash asosida juftlik a’zolari o‘zlariga berilgan materialni o‘zlashtiradi. So‘ngra bu haqida jamoa oldida axborot beradi.
Hamkorlik ta’limi texnologiyasini qo‘llashda ta’lim oluvchilardan quyidagilar talab etiladi:

  • sherigi va guruhdoshlari bilan hamkorlikka erishish;

  • faol ishlash, topshiriqqa nisbatan mas’uliyatli yondashish;

  • sherigi yoki guruhdoshlariga ijobiy munosabatda bo‘lish;

  • nafaqat o‘z yutug‘i, balki sherigi va guruhining muvaffaqiyati uchun javobgarlikni his qilish;

  • juftlikda va guruhda ishlash – jiddiy va mas’uliyatli mehnat ekanligini his qilish.

SH.A.Amonashvilining inson-shaxs texnologiyasi.18 SHalva Aleksandrovich Amonashvili taniqli pedagog olim va amaliyotchidir. U o‘zining eksperimental maktabida hamkorlik pedagogikasini, shaxsiy yondashuvni, til va matematika mashg‘ulotining ajoyib metodikasini ishlab chiqdi va hayotga tatbiq etdi. SH.A.Amonashvilining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • bolaning shaxsiy xislatlarini namoyon qilish orqali unda olijanob insonning shakllanishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga imkon tug‘dirmoq;

  • bolaning qalbi va yuragini ulug‘lamoq;

  • boladagi bilishga bo‘lgan kuchlarni rivojlantirish va shakllantirish;

  • keng va chuqur bilim hamda malaka olish uchun sharoit tug‘dirmoq;

  • ideal tarbiya – bu o‘z-o‘zini tarbiyalamoq.

SH.A.Amonashvili o‘zining texnologiyasini amalga oshirish uchun quyidagi metodika va metodik usullardan foydalandi:

  • insonparvarlik;

  • shaxsiy yondashuv;

  • muloqot mahorati;

  • oila pedagogikasining qo‘shimcha imkoniyati;

  • o‘quv faoliyati.19

SH.A.Amonashvili texnologiyasida bola faoliyatini baholash alohida ahamiyatga ega. Baholardan foydalanish o‘ta cheklangan. Miqdoriy baholashdan ko‘ra sifatli baholashga urg‘u beriladi, ya’ni tavsif, natijalar paketi, o‘z-o‘zini baholash.
O‘qitishni individuallashtirish texnologiyasi Inge Unt, A.S.Granitskaya, V.D.SHadrikov tadqiqotlarida individual o‘qitish o‘quv jarayonini tashkil etish shakli, modeli sifatida belgilanadi.
Unda:

  • pedagog faqat birgina ta’lim oluvchi bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi;

  • bitta ta’lim oluvchi faqat o‘qitish vositalari (kitoblar, komyuter va b.) bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi.

Individual o‘qitishda faoliyatning mazmuni, metodlari va sur’ati ta’lim oluvchining xususiyatlariga moslashtiriladi. SHaxsiy yondoshish deganda:

  • u pedagogikaning tamoyili bo‘lib, unga ko‘ra tarbiyachi-pedagog o‘quv-tarbiya ishlari jarayonida ta’lim oluvchilarning shaxsiy xislatlarini hisobga olgan holda ayrim ta’lim oluvchilar bilan individual model bo‘yicha o‘zaro munosabatda bo‘lish, individual xususiyatlariga asoslanish;

  • o‘quv jarayonida ularning individual xususiyatini hisobga olish;

  • barcha ta’lim oluvchilarning rivojlanishigina emas, balki har biriga alohida rivojlanish uchun psixologik-pedagogik tadbirlar yaratish tushuniladi.

O‘qitishni individuallashtirish:

    • o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘lib, unda o‘qitish usullari, sur’atini tanlash ta’lim oluvchining individual xususiyatlari bilan bog‘lanadi;

    • individual yondashuvni taa’minlovchi turli o‘quv-metodik, psixologik-pedagogik va tashkiliy-ma’muriy tadbirlardir.

SHunday qilib, didaktika bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarga ko‘ra o‘qitishni individuallashtirish o‘quv jarayonining shunday tashkil qilinishiki, unda individual yondashuv va individual shakl ustuvor hisoblanadi.
O‘qitishni individuallashtirish quyidagi mualliflik texnalogiyalarida asoslab berildi:

  • Inge Untning o‘qitishni individuallashtirish texnologiyasi;

      • A.S.Gransikayaning moslashuvchan o‘qitish texnologiyasi;

      • V.D.SHadrikovning individuallikka qaratilgan reja asosida o‘qitish texnologiyasi.

Inge Untning o‘qitishni individuallashtirish texnologiyasidagi asosiy konsyepsiya hozirgi sharoitda o‘qitishni individuallashtirishning muhim shakli o‘quvchilarning maktabdagi va uydagi mustaqil ishlari deb qoidalashtirilgan. Inge Unt uning mazmuni va metodikasi deb mustaqil ishlar uchun individual o‘quv vazifalari, joriy o‘quv adabiyotiga moslashtirilgan, individuallashtirilgan mustaqil ishlar qo‘llanmasi asosida nashr etilgan ish daftarlarini tushunadi.
A.S.Granitskaya o‘zining moslashuvchan o‘qitish tizimini sinf-dars tizimida tashkil etish va unda o‘qituvchi 60-80% vaqtini o‘quvchilar bilan individual ishlashga ajratish mumkinligini qayd qiladi. A.S.Granitskaya metodikasining o‘ziga xosligi uning darsni muayyan g‘ayriodatiy qurilma asosida tashkil etishidir:

    • birinchi qism – barchani o‘qitish;

    • ikkinchi qism – ikki parallel jarayon: o‘quvchilarning mustaqil ishlari va o‘qituvchining ayrim o‘quvchilar bilan individual ishlashi, ya’ni umumlashtirilgan sxemalardan foydalanish, almashinib turuvchi juft o‘qituvchi bo‘lib ishlash, moslashuvchan ko‘p qirrali vazifalar va b. V.D.SHadrikov gipotezasiga ko‘ra agar bolaga murakkablashib boruvchi vazifalarning tafsiloti berilsa, unga o‘rganish jarayonini motivatsiyalash taklif etilsa, lekin bolaga shu bugun uning uchun mumkin va qulay ishlash imkoniyati qoldirilsa, o‘quvchilar qobiliyati samarali rivojlanadi deb hisoblanadi.

V.D.SHadrikov metodikasi asosini har bir ta’lim oluvchining qobiliyatiga qarab o‘qitishga imkon beradigan olti darajadagi o‘quv rejasi, dastur va metodik qo‘llanma tashkil etadi. Har bir fanning murakkablik darajasiga ko‘ra kuchi yetgan variantni tanlab olib, o‘quvchilar sinfda tez-tez almashib turadi va fanning hajmi va mazmunini qo‘ldan chiqarmay birgalikda o‘quv dasturini o‘zlashtirishga harakat qiladilar.
Murakkablik darajasini tanlash tezlikda amalga oshiriladi, «ba’zan» uni amalga oshirib bo‘lmaydi, chunki u sinfdagi o‘quvchilarning tenglashish, o‘quvchilarning qobiliyati holatiga bog‘liq bo‘ladi. Murakkablikning olti darajasi amalda barcha bolalarga e’tibor berishga, barchaning kuchi yetadigan, o‘quvchining qobiliyatiga, uning rivojlanishiga moslangan, o‘quv jarayonini tashkil etishga imkon beradi.
O‘qitishni individuallashtirishning mualliflik texnologiyasi negizida umumiy tamoyillari mavjud:

    • individuallashtirish o‘qitish jarayoni strategiyasidir;

    • individuallashtirish individuallikni shakllantirishning zaruriy omili;

  • barcha o‘rganiladigan fanlarda individuallashtirilgan o‘qitishdan foydalanishning mumkinligi;

    • individual ishlarni o‘quv faoliyatining boshqa shakllari bilan integratsiyalash;

    • individual sur’atda, uslubda o‘rganish.

Individuallashtirish texnologiyasining umumiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

    • o‘zlashtira olmaslikka olib keluvchi omillarni qayd qilish;

    • fikrlash jarayonida bilim, malaka, ko‘nikmalarni egallash individual kamchiliklarni tuzata olish usullari;

    • oila tarbiyasidagi motivatsiyaning bo‘linmasligi, irodaning sustligi kamchiliklarini qayd qilish va yenga olish;

    • qobiliyatli va iste’dodli ta’lim oluvchilarga nisbatan o‘quv jarayonini optimallashtirish (ijodiy faoliyat, sinf va sinfdan tashqari ishlarni hisobga olish);

    • o‘qitish jarayonini tanlash erkinligini berish;

    • umumiy o‘quv malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirish;

    • ta’lim oluvchilarning o‘z-o‘ziga mos baho bera olishini shakllantirish;

    • o‘qitishning texnik vositalaridan, shuningdek, AKTdan foydalanish.

O‘qitishni individuallashtirish texnologiyasiga quyidagilar kiradi:
Batov tizimi. AQSHda ishlab chiqilgan bu tizimda o‘quv jarayoni ikki qismga bo‘linadi: Birinchi qism – butunicha sinf ishi. Ikkinchi qism – individual mashg‘ulotlar. Bunday mashg‘ulotlar unga zaruriyat sezgan o‘quvchilar bilan yo umum tomonidan qabul qilingan me’yorlardan orqada qolmaslik yoki nisbatan rivojlangan qobiliyatlari bilan ajralib turganlar bilan bir qatorda bo‘lishini taa’minlash maqsadida o‘tkaziladi. YUqori qobiliyatli kategoriya o‘quvchilar bilan o‘qituvchi, nisbatan kamroq qobiliyatli va qoloq o‘quvchilar bilan o‘qituvchi yordamchisi shug‘ullanadi.
Tramp rejasi – bu texnologiya AQSHda juda mashhur. Bu o‘qitish shakllarining shunday tizimiki, unda katta auditoriyadagi mashg‘ulotlar kichik guruhlardagi individual mashg‘ulotlar bilan qo‘shib olib boriladi. Zamonaviy texnik vositalar yordamida 100-150 kishidan iborat katta guruhlarda yuksak malakali o‘qituvchilar, professorlar leksiya o‘qiydilar. 10-15 kishidan iborat kichik guruhlar esa leksiya materiallarini muhokama qiladilar, bahs yuritadilar.
Tajriba-sinov ishlari jarayonida maktabgacha katta yoshdagi bolalar ota-onalari bilan individual ishlash bo‘yicha “SIT” texnologiyasi (V.M.Bukatov, A.P.Ershov) xorijiy tajriba sifatida amaliyotga tatbiq etildi.20

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish