9. Rezinali dielektrik qo‘lqoplar
2.1.51. Elektr uskunalarida ishlash mobaynida texnik shartlar talabi bilan tayyorlangan maxsus dielektrik qo‘lqoplardan foydalanishga ruxsat etiladi. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarida dielektrik qo‘lqoplar asosiy himoya vositasi sifatida, 1000 V dan Yuqori bo‘lgan elektr uskunalarida esa qo‘shimcha himoya vositasi sifatida ishlatiladi.
2.1.52. Qo‘lqopning uzunligi 350 mm dan kam bo‘lmasligi lozim. Ish jarayonida dielektrik qo‘lqopni shimarib qo‘yish man qilinadi. Qo‘lqopga eng ustidan kiyish zarur. Ishlatishda bo‘lgan qo‘lqoplar (mahalliy sharoit bo‘yicha) sovunli yoki sodali suyuqlik bilan davriy dizenfeksiyadan o‘tkazib turilishi lozim. Sovuq ob-havo sharoitlarida binodan tashqarida dielektrik qo‘lqoplar ishlatilganda yupqa jun yoki ip-gazlama qo‘lqop ustidan kiyishga ruxsat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |