Himoya vositalari holatini nazorat qilish va ularning hisobini olib borish
1.2.13. Raqamlanishi zarur bo‘lmagan gilamchalar, tagliklar hamda xavfsizlik plakatlari va belgilaridan tashqari, ishlatilayotgan barcha izolatsiyalovchi himoya vositalari, himoya belbog‘lari ham raqamlangan bo‘lishi zarur. Elektrostansiya, elektr tarmoqlari va podstansiyalarda har bir himoya vositasi uchun alohida raqamlanadi. Inventar raqamlar bevosita himoya vositasiga yozib qo‘yiladi.
Agar himoya vositalari bir necha bo‘laklardan iborat bo‘lsa (kuchlanish ko‘rsatgichlari, izolatsiyalovchi shtangalar va hokazolar), ushbu vosita uchun umumiy bo‘lgan raqam jami bo‘laklarga alohida yozilishi zarur. Himoya vositalarining raqami barcha bo‘laklarda bir xilda bo‘lsa, zavod raqamini ko‘llash mumkin.
1.2.14. Elekrostansiya sexlari, podstansiya (markazlashtirilgan xizmat ko‘rsatilganda bo‘lim va uchastkada), laboratoriya, qurilish-montaj tashkilotlari uchastkalari va boshqa joylarda himoya vositalarini hisobga oluvchi va holatini nazorat qiluvchi, ularning nomi va raqami qayd qilingan, saqlanish joyi ko‘rsatilgan, vaqti-vaqti bilan sinash va ko‘rikdan o‘tkazish muddati ko‘rsatilgan qayd etish jurnali olib borilishi zarur. Jurnal tavsiya qilingan shaklda (1-ilovaga qaralsin) to‘ldirilib borilishi va har 6 oyda bir marta himoya vositalari holatiga javobgar ma’muriy texnik xodim tomonidan nazorat qilib turilishi zarur. Shaxsiy foydalanishda bo‘lgan himoya vositalari ham, himoya vositalarini hisobga olish va saqlash jurnalida qayd qilinishi, ularning berilgan vaqti va xodimning vositani olganligi to‘g‘risidagi imzosi bo‘lishi zarur.
1.2.15. Himoya vositalari tayyorlangandan so‘ng har bir himoya vositasi namunasini qabul qilish va topshirish, davriy (vaqti-vaqti bilan) va namunaviy sinovlardan o‘tkazish talab qilinadi (GOST 16504-81). Ishlatilayotgan himoya vositalari davriy va navbatdan tashqari (ta’mirlashdan keyin o‘tkaziladigan) sinovlardan o‘tkazilishi lozim.
1.2.16. Izolatsiyalovchi tagliklar, dielektrik gilamchalar, ko‘chma yerga ulagichlar, to‘siqlar, plakat va belgilardan tashqari, zavodlardan yoki omborlardan ishlatish uchun olingan hamma himoya vositalari ishlatish sinovlari me’yorlari bo‘yicha sinovdan tekshirilishi shart.
1.2.17. Izolatsiyalovchi dastakli uskuna va 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichlaridan tashqari, sinovga bardosh bergan barcha himoya vositalariga quyidagi shakllarda keltirilgan shtamplardan biri qo‘yilishi zarur.
Elektr himoya vositalari uchun shtamp namunasi:
№ ______________________________________
|
_______________________ kV kuchlanishgacha yaroqli.
|
Keyingi sinov muddati 200_____y “______”___________________
|
______________________________________________________________
|
(laboratoriya nomi)
|
Elektr uskunalari kuchlanishidan qat’iy nazar ishlatiladigan himoya vositalari va saqlagich moslamalari (dielektrik qo‘lqoplar, protivogazlar, montyorning himoya belbog‘lari, xavfsizlikni ta’minlovchi xavfsizlik arqonlari va h.k.lar) uchun shtamp namunasi:
№ _____________________________________
|
Keyingi sinov muddati 200_____y “______”_____________________
|
__________________________________________________________________
|
(laboratoriya nomi)
|
Shtamp rezina mahsulotlari chetiga, saqlagich moslamalari va elektr himoya vositalarining izolatsiya qismidagi chegaralovchi halqa yoniga chidamli hamda yuvilib ketmaydigan bo‘yoq bilan bosilgan bo‘lishi yoki yelimda yopishtirilishi kerak. Bir necha bo‘lakdan iborat bo‘lgan himoya vositasiga shtamp himoya vositasining faqat bir bo‘lagiga bosilishi lozim. Ishga yaroqsiz deb topilgan himoya vositasining eski shtampi qizil bo‘yoq bilan o‘chirib tashlanishi zarur.
1.2.18. Himoya vositalarini sinovdan o‘tkazuvchi laboratoriya elektr va mexanik sinov natijalarini ixtiyoriy shakldagi jurnalda qayd qiladi. Dielektrik rezinadan qilingan ko‘p miqdordagi himoya vositalarining sinov natijalarini alohida jurnalda qayd qilish mumkin (2-ilova). Begona tashkilotlarga tegishli himoya vositalariga ham shtamp bosiladi va bundan tashqari, buyurtmachiga sinov bayonnomasi beriladi (3-ilova).
Do'stlaringiz bilan baham: |