Himoya gazlar muhitida yoyli payvandlash uchun apparaturalar va jihozlar turlari va tasnifi



Download 2,58 Mb.
bet3/14
Sana19.01.2022
Hajmi2,58 Mb.
#392028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Himoya gazlar muhitida yoyli payvandlash uchun apparaturalar va jihozlar turlari va tasnifi

Uzatish mexanizmini bu turlanishi gorelka konstruksiyasiga ham uch hil ko`rinish beradi.

Gorelkalar konstruksiyasi bo`yicha uch turga bo`linadi:



  1. faqat elektrod simini itarib beruvchi mexanizmni ishga soluvchi;

12.4-Rasm. Uzatish mexanizmidan 3 metrgacha uzoqlikda bo`lgan gorelka.



  1. Faqat elektrod simini tortib beruvchi mexanizmni ishga soluvchi;

12.5-Rasm. Uzatish mexanizmi gorelkaga o`rnatilgan turlari.



  1. Elektrod simini ham itarib beruvchi ham tortib beruvchi mexanizmlarini ishga soluvchi aralash.

Uzatish mexanizimlari konstruksiyasiga qarab quyidagi ko`rinishlarda bo`lishi mumkin:

12.6-rasm.Payvandlash simi g`altagi uzatish mexanizimi bilan bir ramaga o`rnatilgan uzatish mexanizmi.



12.7-rasm. Payvandlash simi g`altagidan ajratilgan holdagi sim uzatish mexanizmi.



12.8-rasm. Ko`p hajmli va katta diametrdagi simlarni uzatish uchun mo`ljallangan elektrod simini uzatish mexanizmi.



12.9-rasm. Truba shaklidagi kukun to`ldirilgan similarni uzatish uchu mexanizmi.

Himoya gazlarida payvandlash yarim avtomatlari taminlash manbayi alohida korpusda ishlab chiqilgan yoki uzatish mehanizmi bilan birgalikda ishlab chiqilgan bo`lishi ham mumkin.

12.10-rasm. Payvandlash yarim avtomatlari

Hozirgi paytda tarmoq kuchlanishlarini o`zgarishiga sezgirligi past bo`lgan inventorli tok manbayi bilan ishlovchi yarim avtomatlar ham ishlab chiqarishga keng joriy qilinmoqda.

12.11-rasm. Inventorli payvandlash yarim avtomatlari

Himoya gazlari ostida yarim avtomatlardan payvandlashda payvand choklariga qulay yaqinlashish, choklarni qo`yilishini kuzatib boorish, salt yurish paytida jixozlarni tez va havfsiz siljitish uchun yordamchi qurilmalardan foydalaniladi.

12.12-rasm. Payvandlash yarim avtomatlariga yordamchi jihozlar.

Gаzli mаgistrаl jamlanmasiga: gаz bаlоni, qizdirgich vа quritgich, (faqat CO2 gazi uchun), rеduktоr, sаrf o‘lchаgichlar vа bu elеmеntlаrni pаyvаndlаsh gоrеlkаsigа ulоvchi shlаnglаrdаn ibоrаt bo’ladi.

Bаlоndаn suyuq kаrbоnаt аngidrid gazi chiqаrilаyotgаndа u bug‘lаnаdi, gаz hаrоrаti tеz pаsаyib kеtаdi. Rеduktоr kаnаllаridа nаmlik muzlаb qоlishligini vа muz bilаn to‘lib qоlmаsligi uchun, rеduktоr vа bаlоn vеntili оrаsigа elеktr qizdirgich o‘rnаtilаdi



12.13-rasm. Gaz quritgich.

Gazni elektr qizdirgichi korpusdan (1), g`ilofdan (2), quvurli spiral simon isitgichdan (3), issiqlikni saqlash izolyasiyasidan (4) va qizdiruvchi elementdan (5). qisqichlarga (6) o`zgarmas (20 V) yoki o`zgaruvchan (36 V) kuchlanishlar uzatiladi. Gaz, quvurli spiralsimon isitgich (3)dan o`tib, 10...15 °C haroratgacha qiziydi.

Quritgichlar karbonat angidrid gazida mavjud bo`lgan namlikni yutish uchun mo`ljallangan. Yuqori va past bosimli quritgichlar ishlatiladi. Ular korpus (1), panjara (2), filtrlar (3), namyutgichlar (4) va qopqoqlar (5) dan iborat. Bundan tashqari, yuqori bosimli quritgich prujina (6) ga ega. Prujina namyutgichni zichlash uchun mo`ljallangan. Filtrlar (3) gazdan qattiq jismlarni ajratish uchun xizmat qiladi.

12.14-rasm. Namyutgich.

Namyutgich sifatida silikagel yoki alyumoglikol qo`llaniladi, kam hollarda misli kuporos va kaltsiy xlorid. Silikagel va misli kuporos namlik bilan to`yintirilgani pechlarda 250...500 °C haroratda 1–2 soat davomida quritiladi.

Yuqori bosimli quritgich reduktorgacha o`rnatiladi. U kichik o`lchamlarga ega va shuning uchun namyutgichni tez-tez almashtirib turish kerak bo`ladi, bu esa ish vaqtida noqulayliklar tug`diradi. Past bosimli quritgich reduktordan keyin o`rnatiladi. U katta o`lchamlarga ega va shuning uchun namyutgichni tez-tez almashtirishni talab etmaydi. Uni markazlashtirilgan gaz tarqatishda asosan ishlatish maqsadga muvofiq bo`ladi.



Reduktor ballondagi yoki tarmoqdagi gaz bosimini ish bosimigacha pasaytirish hamda ballon yoki tarmoqdagi gaz bosimidan qat’iy nazar, ish bosimini avtomatik ravishda o`zgarmas kattalikda saqlab turish uchun xizmat qiladi

12.15-rasm. Reduktor.

Reduktorda ikkita: yuqori bosim va past bosim (7) kamerasi bor. Yuqori bosim kamerasi bevosita ballonga tutashadi va undagi gaz bosimi ballondagi gaz bosimiga teng. Birinchi va ikkinchi kameralar orasida klapan (16) bo`lib, unga prujinalar (15) va (5) ta’sir qiladi. Gaz klapan (16) dan o`tib katta qarshilikni yengadi va bosimni yo’qotadi. Bu prujinalar siqish kuchlarining nisbatiga qarab klapan yopiq (prujina (15) kuchi prujina (5) kuchidan katta) yoki ochiq (prujina (5) kuchi prujina (15) kuchidan katta) bo`ladi. Prujina (5) qancha ko`p siqilgan bo`lsa, klapan (16) shuncha katta ochiladi va kamera (7) dagi bosim shuncha yuqori bo`ladi.

Prujinaning siqilish kuchi vint (4) ni burib rostlanadi. Vint (4) burab kiritilganda prujina siqiladi, vint burab chiqarilganda prujinaning siqilish kuchi kamayadi. Klapan (16) ni yopish uchun prujina (5) ni batamom bo`shatish kerak. Reduktorda saqlash klapani (14) mavjud.

Ikkala kameradagi bosim manometrlar yordamida o`lchanadi.

Agar vint (4) ning qandaydir holatida sarflangan va reduktorga kelgan gaz miqdori teng bo`lsa, u holda ish bosimi o`zgarishsiz qoladi va membrana (3) bir vaziyatda turadi. Agar reduktordan olinayotgan gaz miqdori unga kelgan gaz miqdoridan ko`p bo`lsa, u holda kamera (7) da bosim pasayadi. Bunda siquvchi prujina (5) uzaya boshlaydi va membrana (3) ni deformatsiyalaydi; klapan (16) ochiladi, natijada kamera (7) ga keladigan gaz miqdori ortadi. Ishlash jarayonida gaz sarfining kamayishi reduktor kamerasi (7) dagi bosimning oshishiga sabab bo`ladi, membrana (3) ga ta’sir etayotgan kuch ortadi, membrana qarama-qarshi tomonga bukiladi va prujina (5) ni siqadi.

Klapan (16) bekila boshlaydi va gaz kelishi kamayadi. Shunday qilib, membrana gaz bosimini avtomatik ravishda saqlab turilishini ta’minlaydi.

Argon gazi himoya muhitida payvandlashda АР-10, АР-40, АР-150 reduktorlar, karbonat angidrid uchun U-30 reduktori ishlatiladi.



Sarfo`lchagichlar himoya gazi sarfini o`lchash uchun mo`ljallangan. Qalqib turuvchi va drossel turdagi sarfo`lchagichlar ishlatiladi. qalqib turuvchi turidagi sarfo`lchagich (rotametr) oynali quvurcha (7) shkalasi bilan (5) va konussimon teshikli bo`ladi.

12.16-rasm. Sarflagichlar

Rotametr vetrikal holatda keng tarafi pastga qaratilgan holda joylashtiriladi. Quvurchani ichiga bemalol harakatlana oladigan qalqoviq (2) joylashtiriladi. Gaz quvurchadan pastdan yuqoriga qarab o`tayotganda, qalqoviqni shunday holatgacha ko`taradiki, quvurcha devori va qalqoviq orasidagi halqali tirkish gaz sharrasi ta’sirida qalqoviqni massasini tenglashtiradi. Gazning sarfi va zichligi qanchalik katta bo`lsa, shuncha yuqoriga qalqoviq ko`tariladi. Rotametrlarning qalqoviqlari alyuminiy, ebonit va po`latdan tayyorlanadi va ular turli og`irlikka egadi. Har bir turli rotametr o`zining darajali shkalasiga egadir.

Droselli sarfo`lchagich 3 (Р1 va Р2) xududlarda bosim o`zgarishlarini drosellashuvchi diafragmaning drossellashdan oldin va drosellashgandan keyin o`lchash prinsipi asosida yasalgan, bu esa gaz sarfiga bog`liq va manometr bilan o`lchanadi.



Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish