KIRISH
Davlat ta’lim standartiga ko’ra oliy ta’limning “Filologiya” ta’lim sohasida
o’qitiladigan O’zbek hikoyalari poetikasi fani adabiy tur janrlarining kelib chiqishi,
genezisi, badiiyati, ularning epik turning boshqa janrlaridan farqi, hozirgi o’zbek
qissachiligining yutuq va muammolari, ijodkorlarning o’ziga xos uslubi kabi
masasalalardan tashkil topgan.
O’zbek hikoyalari poetikasifanining ahamiyati ijtimoiy hayot va adabiyotni
tushunish, badiiy asarlar estetik darajasini aniqlash, qissalarda tasvirlangan adabiy
qahramon va real hayot kishisi o’rtasidagi farqlarni ajratish kabilar bilan
belgilanadi.