Hidoyat yo’li imomi



Download 48,5 Kb.
Sana16.04.2022
Hajmi48,5 Kb.
#557561
Bog'liq
“HIDOYAT YO’LI IMOMI”ning kalom ilmiga qo`shgan hissasi


HIDOYAT YO’LI IMOMI”ning kalom ilmiga qo`shgan hissasi


Mamathalilova Mohinur
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
2-kurs magistranti
Tarixdan ma’lumki, Movorounnahr diyorida azaldan koʻplab buyuk allomalar yetishib chiqqanlar. Ayniqsa, o’rta asrlarda (IX–XII) oʻz kashfiyotlari va ta’limotlari bilan jumlai jahonni lol qoldirgan yuzlab ulugʻ allomalar faoliyat ko‘rsatganlar. Mana shunday mashhur siymolar silsilasida kalom ilmining asoschilaridan biri imom Abu Mansur al-Moturidiy hazratlari alohida o‘rin egallaydi.
Abu Mansur al-Moturidiy (toʻliq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiy) (870 – Samarqand – 944) – imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. “Imom al-hudo”, “Imom al-mutakallimin” (“Hidoyat yo’li imomi”, “Mutakallimlar imomi”) nomlari bilan ulugHlangan. Moturid qishlog’i (hozirgi Jomboy tumani)da tavallud topib, to umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu yerda katta bogʻ ham barpo etgan. [1]
Imom al-Moturidiy haqida allomaning shogirdlarining eng taniqlilaridan biri Abul Mu’in an-Nasafiy boʻlib, u oʻz asarlarida, ayniqsa, “Tabsirat al-adilla” (“Dalillar tilga kirganda”) nomli tasnifida imom al-Moturidiy va uning ta’limoti haqida koʻp muhim ma’lumotlarni keltiradi. Imom Abu Mansur al-Moturidiy haqida yozgan tarixchilar uning tabarruk nomini xilma-xil yuksak va sharafli laqablar bilan bezab zikr qilganlar. Taniqli muarrix al-Kafaviy va boshqa qator mualliflarning yozishlaricha, imom al-Moturidiy oʻz zamonasidayoq “Qudvat ahl as-sunna val-ihtido” (“Sunnat va hidoyat ahliga ibrat zot”), «Rofi’ a’lom al as-sunna val-jamoa” (“Ahli sunna val jamoaning bayrogʻini baland ko‘taruvchisi”), “Qoli’ azoliyl al-fitna val-bid’at” (“Xurofot va bid’atga botgan uydirmalarni ildizi bilan qoʻporuvchisi”), “Imom al-mutakallimiyn” (“Barcha mutakallimlarning imomi”), “Musahhih aqoid al-muslimiyn” (“Barcha musulmonlar aqidalarining tuzatuvchisi”) kabi yuksak laqablarga sazovor bo‘lgan alloma sifatida tan olingan. [2]
Bu zotning benazir salohiyatini e’tirof etgan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari ham oʻzining “Nasoyim ul-muhabbat” nomli mashhur asarida: “Shayx Abu Mansur al-Moturidiy oʻz zamonining a’lam ulamosi ermish. Ul vaqt ulamosi alarni “Sulton al-muizzin” der ermishlar. Zohir va botin ulumlari bila orosta ermishlar”, deb lutf qilgan edilar. Bu o‘rinda taniqli tarixchi at-Tamimiyning ul zoti sharif haqida yozganlariga ham e’tibor qiling: “Imom al-Moturidiy oʻz zamonasining eng buyuk allomalaridan biri sifatida tan olinib, barcha uning ilmi-yu ma’rifatiga iqtido qilib, uning ta’limoti ziyosini koʻzlariga toʻtiyo sifatida surtganlar. Shu bois imom al-Moturidiy nafaqat unga xayrixoh kishilar, balki raqiblari nazdida ham “Imom ahl as-sunna val-jamoa”, “Imom al-hudo” (“Rushdi hidoyatga boshlovchi imom”) degan eng oliy unvonga sazovor boʻlib, kalom ilmida oʻziga xos bir moʻjiza sifatida dovrugʻi tillarda doston boʻlgan. [2]
Moturidiy fiqh va kalom masalalariga qiziqib, hanafiy mazhabi olimlaridan dars olish davomida koʻplab mashhur faqihlar va muhaddislar bilan muloqotda boʻlganlar. Moturidiy Abu Bakr Ahmad Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad Iyoziy, Imom Aʼzam mazhabidagi buyuk olim Nasr ibn Yahyo Balxiy, Muhammad ibn Fazl kabi ulamolardan ilm olganlar va quyidagi asarlarni yozib qoldirganlar:“Kitob at-Tavhid” “Kitob al-Maqomat”, “Kaʼbiy zalolatlarining boshlanishini rad qilishga bagʻishlangan kitob”, “Muʼtazila gʻavgʻolari va undan qo’rqmaslik haqidagi kitob bayoni”, “Qurʼon taʼvili kitobi”, “Shariat asoslari”, “Kitob al-jadal”, “Dialektika haqida kitob”. Bulardan tashqari Moturidiyning islom huquqshunosligiga oid “Usul kitobi” asarlari ham mavjud. [3]
Abu Mansur al-Moturidiyning kalom va fiqh ilmlari sohasidagi qarashlari uning ikki – “Kitob at-Tavhiyd” va “Kitob ta’viylot ahl as-sunna” nomli asarlarida bayon etilgan.
Imom al-Moturidiyning bizgacha yetib kelgan ushbu ikki yirik asari – “Kitob at-tavhid” va “Ta’vilot ahli as-sunna” buyuk alloma merosida alohida ahamiyatga egadir. Mazkur asarlarda islom dinining falsafasini tashkil etuvchi kalom ilmining turli masalalarida ibratli fikrlar ilgari surilgan, haqiqatdan adashgan firqalar ilmiy nuqtai nazardan tanqid qilingan. Imom al-Moturidiy fikricha, insonlarning yomon xulqli ishlari, gunohlari Alloh taoloning irodasi bilan (chunki Alloh shu ishlarni taqdir qilgan), lekin uning roziligisiz amalga oshiriladi. Alloh taolo insonlarga oʻz erkini qoʻliga bergan holda yaratgan, ya’ni uning harakatlari azaldan taqdir etib qoʻyilgan boʻlsada, insonning ba’zi ishlarga sohib ixtiyorligini ham bergandir. Bu ishlarni imom al-Moturidiy “af’oli ixtiyoriy, ya’ni insonda iroda erkinligi mavjud” deb ataydi. Imom al-Moturidiy hazratlarining bundan oʻn bir asr muqaddam aytgan bu ajoyib fikri bugungi kunda ham gʻoyatda dolzarb boʻlib, inson aql-zakovati va tafakkurining imkoniyatlari cheksiz, uning oʻz xatti-harakatlari uchun esa javobgar ekanligiga ishoratdir. [2]
Alloma faoliyatida, yuqorida aytilganidek, muborak islom dinimizning hayotbaxsh mazmun-mohiyatini ravshan talqin qilish, turli bid’at va xurofotlarga botgan guruh va toifalarga qarshi kurash alohida oʻrin egallaydi. Shu nuqtai nazardan ham imom al-Moturidiy ilgari surgan gʻoyalar bugungi kunda ham gʻoyatda dolzarb boʻlib, nafaqat ilmiy, balki katta amaliy ahamiyatga ham ega. Imom al-Moturidiyning oʻziga xos ta’limotini oʻrganish uchun olimlarimiz oldida katta imkoniyatlar mavjud. Chunonchi, allomaning asosiy asarlari qoʻlyozmalari va ularga yozilgan ba’zi sharhlar nafaqat Misr, Turkiya, Hindiston, Angliya kabi mamlakatlarda, balki respublikamizdagi qoʻlyozmalar xazinasida ham saqlanadi. Mustaqillika erishganimizdan soʻng, ulugʻ allomlarimizning nomlari tiklandi.
Xususan, imom al-Moturidiyning hayoti va merosini ilmiy asosda har tomonlama chuqur oʻrganib, keng xalq ommasiga yetkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlash to‘gʻrisida”gi qarori muhim ahamiyatga molik hujjat boʻldi. 2000 – yil noyabr oyida imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi keng miqyosda nishonlandi. Allomaning tugʻilgan yurtida Moturidiy maqbarasi ham qad koʻtardi. [4]
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, imom al-Moturidiy islom olamimning koʻzga koʻringan namoyondalaridan biri hisoblandi. Olimning kalom va fiqh ilmining rivojlanishidagi roli beqiyos. Ulugʻ alloma islom dinidagi ikki yirik aqidaning birining asoschilaridandir. Moturidiylik aqidasi hanafiy mazhabi asosida paydo bo’ldi. Shuningdek, imom al-Moturidiyning yirik asari “Ta’vilot ahli as-sunna” yoki “Ta’vilot al-Qur’on” nafaqat mamlakatimiz, balki butun musulmon olamida beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Mazkur asarning ilmiy va amaliy ahamiyati juda katta boʻlib, u ahli-sunna ulamolari tomonidan Qur’oni karimni sharhlash (ta’vil) boʻyicha qilingan dastlabki jiddiy urinish boʻlib, bu sharh aql va naql nuqtai nazaridan amalga oshirilganligi bilan ajralib turadi. Boshqacha aytganda, Qur’oni karim imom al-Moturidiyning kalom ilmiga oid ta’limotlari nuqtai nazaridan turib tafsir qilingan.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. https://iiau.uz

  2. Jumayeva N.A. Oʻrta Osiyo allomalarining ilmiy merosi. Qoʻllanma. – Buxoro.: “Durdona” nashriyoti, 2013.

  3. https://www.mirarbmadrasa.uz

  4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 dekabrdagi “Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlash to‘gʻrisida”gi 517 – sonli qarori. Lex.Uz. https://www.lex.uz

Download 48,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish