Ххii-мавзу


g) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish



Download 188,5 Kb.
bet6/7
Sana14.01.2022
Hajmi188,5 Kb.
#362473
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13 mavzu

g) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish. Bunday qonunlar qatoriga monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik to‘g‘risidagi, bank sohalari, qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlar kiradi.

SHu orqali bozor munosabatlarining rivojlanishi qonun yo‘li bilan kafolatlanadi, turli mulk shakllarining daxlsizligi ta’minlanadi, monopoliyalarga yo‘l berilmaydi va erkin raqobat uchun sharoit yaratiladi.

Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida o‘z ifodasini topadi.

Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:



  • hisob stavkasini tartibga solish;

  • moliya-kredit muassasalarining Markaziy bankdagi zaxiralari minimal hajmini o‘rnatish va o‘zgartirish;

  • davlat muassasalarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari (davlat obligatsiyalarini chiqarish, ularni sotish va to‘lash).

Davlat bu dastaklar yordamida moliya bozorida talab va taklif nisbatini kutilgan yo‘nalishda o‘zgartirishga harakat qiladi. Jumladan, ssudaga beriladigan pul miqdorini o‘zgartirish uchun foiz stavkasi vositasidan foydalanadi. Davlat kreditga bo‘lgan talab va taklifni Markaziy bank orqali quyidagi yo‘llar bilan o‘zgartiradi.

Birinchidan, davlat Markaziy bank ehtiyojlari orqali banklar mablag‘larining qarzga beriladigan va zaxirada turadigan qismlari ulushini o‘zgartiradi. Natijada qarzga beriladigan pul miqdori o‘zgaradi, ya’ni uning taklifi oshsa, foiz kamayadi, aksincha u kamaysa, foiz oshadi. Foizning kamayishi kredit olishga intilishni kuchaytiradi va bu investitsiya faolligi orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi.

Ikkinchidan, Markaziy bank boshqa banklarga past foiz stavkasida qarz berib, ularning kreditlash ishida faol qatnashib, iqtisodiy o‘sishiga ta’sir qilishini ta’minlaydi.

Uchinchidan, davlat Markaziy bank orqali xazina majburiyatlarini tarqatadi, o‘z obligatsiyalarini sotadi yoki qimmatli qog‘ozlarini sotib oladi. Natijada taklif etilgan pul miqdori o‘zgarib, bu foizga ta’sir etadi. Davlatning pulga bo‘lgan talab va taklifini o‘zgartirish borasidagi siyosati monetar siyosat deb yuritiladi.

Davlat byudjet siyosati uning daromadlar va xarajatlar qismini o‘zgartirishga qaratiladi. Davlat xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy mablag‘larni jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Ulardan xo‘jalik sub’eklari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikka ta’sir ko‘rsatishda ham keng foydalaniladi.

Soliqlar yordamida davlat tomonidan tartibga solish tanlangan soliq tizimiga, soliq stavkasi darajasiga hamda soliq turlari va soliq to‘lashda berilgan imtiyozlarga bog‘liq bo‘ladi.

Davlat iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida byudjet xarajatlaridan ham foydalanadi.

Bunga birinchi navbatda, davlat kreditlari, subsidiyalari va kafolatlari, hamda xususiy sektordan tovarlarni sotib olishga qilinadigan sarflar misol bo‘ladi.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda asosiy kapitalga hisoblanadigan jadallashgan amortizatsiya ajratmalari alohida rol o‘ynaydi. U hozirgi sharoitda jamg‘arish va iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni rag‘batlantirishning asosiy vositasi hamda iqtisodiy sikl va bandlikka ta’sir ko‘rsatuvchi muhim dastak hisoblanadi.

Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat kapital qo‘yilmalari muhim rol o‘ynaydi. Jumladan, bozor kon’yunkturasi yomonlashgan, turg‘unlik yoki inqiroz sharoitida xususiy kapital qo‘yilmalar qisqaradi, davlat investitsiyalari esa odatda o‘sadi. SHu orqali davlat ishlab chiqarishda tanazzul va ishsizlikning o‘sishiga qarshi turishga harakat qiladi.

Davlat kapital qiymatlari iqtisodiyot tarkibiy tuzilishidagi o‘zgarishlarda ham sezilarli o‘ringa ega bo‘ladi, masalan, davlat xususiy kapitalining oqib kelishi etarli bo‘lmagan mintaqalar, tarmoqlar yoki faoliyat sohalarida yangi ob’ektlar qurish va eskilarini qayta qurollantirish orqali iqtisodiyot tarkibiy tuzilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bulardan tashqari davlat kapital qo‘yilmalari ilmiy-tadqiqot ishlarida, kadrlar tayyorlashda, tashqi savdo va chetga kapital chiqarishda ham katta rol o‘ynaydi.

SHuningdek, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bir qator shakllarini ham ajratib ko‘rsatish mumkin:



  • davlat iqtisodiy dasturlarining ishlab chiqilishi;

  • ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, ixtirolarni davlat tomonidan rag‘batlantirish hamda iqtisodiyotdagi ijobiy tarkibiy siljishlarni ta’minlash;

  • investitsiya jarayoni va iqtisodiy o‘sishni davlat tomonidan tartibga solish;

  • ishchi kuchi bozoriga davlat tomonidan ta’sir ko‘rsatish;

  • qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan tartibga solish va boshqalar.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning oliy shakli davlat iqtisodiy dasturlari hisoblanadi. Uning vazifasi tartibga solishning barcha usuli va vositalaridan kompleks foydalanishdan iborat.

Iqtisodiy dasturlar o‘rta muddatli, favquloddagi va maqsadli bo‘lishi mumkin. O‘rta muddatli umumiqtisodiy dasturlar odatda besh yilga tuziladi. Favquloddagi dasturlar tig‘iz vaziyatlarda, masalan, inqiroz, ommaviy ishsizlik va kuchli inflyasiya sharoitlarida ishlab chiqilib, qisqa muddatli xususiyatga ega bo‘ladi. Maqsadli dasturlarning ob’ekti tarmoqlar, mintaqalar, ijtimoiy sohalar va ilmiy tadqiqotlarning har xil yo‘nalishlari bo‘lishi mumkin.

Masalan, mamlakatimizda 2006-2008 yillarda mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chikarishni mahalliylashtirish dasturi qabul qilingan bo‘lib, uning asosiy maqsadi iqtisodiyotning jadal va barqaror rivojlanishini ta’minlash, uning tashqi omillarga bog‘liqligini kamaytirish, ishlab chiqarish jarayonlariga yangi, samarali texnologiyalarni tatbiq qilishni jadallashtirish, mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish resurslaridan keng foydalanish, shuning asosida zamonaviy raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, valyuta mablag‘laridan tejamli va oqilona foydalanish, shuningdek yangi ish joylarini yaratishdan iborat. Belgilangan qulay shart-sharoitlar va imtiyozlar natijasida Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. 2004 yilda 201 ta mahalliylashtirish loyihasi doirasida 135 ta korxona ishtirok etgan bo‘lsa, 2008 yilga kelib loyihalar soni 310 taga, ularda ishtirok etgan korxonalar soni esa 166 taga etgan. Ishlab chiqarish hajmi 2006-2008 yillar mobaynida avtomobillar bilan hisoblanganda 1,9 marta, avtomobillarsiz 3,5 marta o‘sgan1.

«O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi. 

Qarorga ko‘ra o‘zida 2019 yilda kapital qo‘yilmalarning asosiy parametrlari, 2019 yilda ijtimoiy, uy-joy, muhandislik va transport infratuzilmasi ob’ektlarini ishga tushirish prognozi hamda 2019 yilda ob’ektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi.

Mazkur dastur doirasida jami 112 trln 251 mlrd so‘mlik kapital kiritilishi, xususan shundan ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga 4 trln 43 mlrd so‘m, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga 1 trln 101 mlrd so‘m, avtomobil yo‘llari uchun 1 trln 961 mlrd so‘m, erlarning meliorativ ahvolini yaxshilashga 353 mlrd so‘m va Orolbo‘yi hududini rivojlanishiga 243 mlrd so‘m kapital kiritilishi hamda 34 trln 213 mlrd so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri va 22 trln 278 mlrd so‘mlik davlat kafolati asosidagi xorijiy investitsiya va kreditlar ajratilishi belgilangan.

SHuningdek, qaror bilan alohida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, 2019 yilda ob’ektlar qurish va ularni rekonstruksiya qilish manzilli dasturi hamda markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan 14 va markazlashtirilmagan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan 2 ta manzilli dasturlar ham tasdiqlandi.

SHu bilan birga, qarorga asosan quyidagi ro‘yxatlar ma’qullandi:

2019 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashni jadallashtirish talab etiladigan investitsiya loyihalari ro‘yxati;

2019 yilda ko‘rib chiqiladigan istiqbolli investitsiya va infratuzilma tarmoq loyihalari ro‘yxati;

2019 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan hamda tasdiqlanadigan, qurilishi va rekonstruksiya qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan ob’ektlar ro‘yxati;

2019 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan, markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan ijtimoiy soha ob’ektlari ro‘yxati.

Qurilish hamda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish jarayonlariga tegishli vakolatga ega bo‘lmagan shaxslarning aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi».

Ta’lim tizimidagi islohotlar O‘zbekistondagi barcha o‘zgarishlarning negizi hisoblanadi. «Ta’lim uchun xarajatlar, – degan edi Prezidentimiz I.Karimov, – davlat byudjeti xarajatlari umumiy qiymatining qariyb yarmini tashkil etadi. Biroq men ularni xarajat emas, kelajak uchun qo‘yilgan eng samarali sarmoya deb hisoblayman, chunki ta’lim darajasi va sifati har qanday davlatning istiqbolini belgilab beradigan muhim omildir»1. SHunga ko‘ra, O‘zbekistonda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash va Maktab ta’limi rivojlantirish umummilliy dasturlari muhim o‘rin tutadi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga joriy etishda davlat byudjetidan qo‘shimcha sarf-xarajatlar 1997-2001 yillar oralig‘idagi o‘tish davrida 65 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Ta’lim sohasiga sarflanayotgan xarajatlar bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda o‘z o‘rniga ega. Xususan, Jahon bankining ma’lumotiga ko‘ra, yalpi ichki mahsulotdan ta’lim sohasiga xarajatlar Rossiyada 3,4 foiz, AQSH, Fransiya va Buyuk Britaniyada 5,3 foizni tashkil etadi. O‘zbekistonda 1998 yilda ta’lim sohasiga yo‘naltirilgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 7,6 foizini, 1999 yilda 8,1, 2000 yilda esa 10,3 foizini tashkil etdi. Agar 2003 yilda jami byudjet xarajatlarining 26,2 foizi ta’lim sohasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2004 yilda bu ko‘rsatkich 27 foizga etdi.

Mamlakat byudjetining 8-12 foizi Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishga ajratilishi dunyodagi hech bir mamlakat tajribasida ko‘rilmagan. YAlpi ichki mahsulotining ta’lim sohasiga sarflanadigan ulushi 10 foizdan 12 foizgacha ko‘tarildi. Boshqacha aytganda, Milliy dasturda ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni ro‘yobga chiqarish ishlariga 1998 yilning o‘zida byudjetdan 103,1 mlrd. so‘m sarflangan bo‘lsa, 1999 yilda 143 mlrd. so‘m ajratilgan. Bu mablag‘ning 30,5 mlrd. so‘mi akademik va kasb-hunar kollejlarini barpo etishga sarflandi. 1997-2005 yillar davrida Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish uchun ta’lim sohasiga 2 trln. 200 mlrd. so‘mdan ko‘proq mablag‘ sarflandi. 2004-2009 yillarda kadrlar tayyorlash uchun sarflanadigan mablag‘ 1 trln. 200 mlrd. qilib belgilangan. O‘tgan yillar mobaynida zamonaviy, har tomonlama jihozlangan o‘quv yurtlarini barpo etish uchun 5 mlrd. doll.dan ortiq byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar yo‘naltirildi.

O‘tgan davr mobaynida Kadrlar tayyorlash va Maktab ta’limi rivojlantirish umummilliy dasturlari doirasida ahamiyatli ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

- maktablar, litsey va kollejlarning zamonaviy moddiy-texnik va o‘quv bazasini shakllantirish va mustahkamlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi standartlar, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etildi;

- 1200 dan ziyod akademik litsey va kasb-hunar kolleji, 4600 dan ortiq umumta’lim maktabi yangitdan bunyod etildi, rekonstruksiya qilindi va zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlandi;

- keyingi 10 yil davomida o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim tizimida 100 dan ziyod yo‘nalish, 265 ta mutaxassislik va 700 ta kasb bo‘yicha professional ta’lim olgan va zamonaviy fikrlash salohiyatiga ega bo‘lgan bir million nafardan ortiq yangi avlod mutaxassislari tayyorlandi.

O‘zbekistonda 2008 yil «YOshlar yili» deb nomlandi va unga oid maxsus davlat dasturi qabul qilindi. Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida «YOshlar yili» dasturining mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda uni shakllantirishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlarga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, mazkur dastur haqida gapirganda, yoshlar siyosati masalalarini tahlil etayotganda, biz yosh oilalarning ehtiyoj va talablariga alohida e’tibor qaratishimiz kerakligi ta’kidlandi. Avvalambor, yosh oilalarga munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarni yaratib berish, ro‘zg‘orni butlash uchun mablag‘ va kreditlar bilan ta’minlash, ma’naviy etuk, jismonan sog‘lom bolalarni tarbiyalab voyaga etkazish yo‘lida zarur imkoniyatlarni tug‘dirib berishimiz kerakligi, bu masalalarning barchasi dasturda o‘z ifodasini topishi lozimligi uqtirildi1.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tashqi iqtisodiy usullar yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita va dastaklar orqali mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xo‘jalik aloqalariga bevosita ta’sir ko‘rsatiladi.

Tovarlar, xizmatlar, kapital va fan-texnika yutuqlari eksportini rag‘batlantirish tadbirlari, eksportni kreditlash, chet ellardan investitsiyalar va eksport kreditlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga cheklashlar kiritish yoki bekor qilish, tashqi savdoda boj to‘lovlarini o‘zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb qilish yoki cheklash bo‘yicha tadbirlar, mamlakatga chetdan ishchi kuchini jalb qilish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda va davlatlararo uyushmalarda qatnashish mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning asosiy vositalaridir.

SHunday qilib, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning qarab chiqilgan barcha ichki va tashqi iqtisodiy usullari (vosita va dastaklari) birgalikda milliy iqtisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga va mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.



Download 188,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish