, z nolga teng bo‘lmasa, unda, n >2 natural sonlar holati uchun x n + y n =z n tenglama yechimga ega bo‘lmaydi". Ferma ushbu fikrni ilgari surganda ushbu teoremani yechimini bilgan degan taxminiy qarashlar
bor faqat Ferma tabiatan juda tor doirali odam bo’lgan va uni daftar hoshiyasiga shunchaki yozib
qo’ya qolgan deyishadi va teorema isboti uchun bu hoshiyalar hech qachon yetmasligi uchun bu
teorema isbotiga e’tibor qaratmagan. Ferma hattoki bu teoremaga umuman e’tibor qaratmagan va
hech qayerda gapirmagan ammo u bu teorema kelajakda katta mashhurlikga erishishini bilmagan.
O’tkir zehnli o’z davrining buyuk matematiklari ushbu teorema isboti bo’yicha ishlagan. Menimcha
har bir matematikni ushbu teoremani hayoti davomida bir marta bo’lsa ham bu haqida albatta o’ylab
ko’rishga majbur etadi.
To’rt asrlik tortishuvlardan so’ng va nihoyat 1995-yilga kelib 7 yil bu teorema ustida ishlagan
Angliyalik olim Endryu Uayls tomonidan Buyuk ferma teoremasi isboti e’lon qilinadi. Isbotda
asosan sonlar nazariyasiga oid o’ta murakkab matematik uslublardan foydalanib yechiladi. Isbotni
tushunish uchun oliy matematika bo’yicha chuqur bilimga ega bo’lish kerak. Endryu Uayls o’z
isbotida elliptik egri chiziqlar va modulyar shakllar orasidagi bog’liqlikka asoslanadi. Germaniyalik
olim Gerxard Frayning Ferma teoremasiga oid Taniyama-Simura gipotezasidan kelib chiquvchi
xulosasiga asosan ushbu teorema isbotlanadi. Ushbu teoremaga oid ilk ma’ruza 1995-yil 23-iyunda
Kembrijda muallifning o’zi tomonidan uch qismga bo’linib o’qib eshittiriladi. Keyinchalik Priston
universitetida nashr qilinuvchi mashhur “ Matematik solnolamalar “ ( Annals of mathematics
) jurnalida teorema isboti 130 sahifada chop etiladi.
Maqolada biz Ferma teoremasining matematik isboti haqida yozishimizni hojati yo’q sababi,
bunday maqolalar juda ham ko’p. Zamonaviy texnologiyalar davrida yashayotgan ekanmiz va albatta
ularni o’z vaqtida qo’llay olishni ham bilishimiz lozim. Shu jumladan Informatika va axborot
texnologiyalari zamirida ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Informatikani dasturlash tillari siz tasavvur
qilishni iloji yo’q.
Bugungi maqolada Ferma teoremasini haqiqatdan to’g’ri yoki noto’g’riligini ayrim dasturlash
tillarida ko’rib chiqamiz.
IT-BASIC . Dastur bizga quyidagi yechimni chiqardi:
1782^12+1841^12=1922^12. Bu
yechim menga Simpsonlar oilasi multfilmidagi bir epizodni eslatdi. Unda ham aynan mana shu
tenglik haqida gap ketadi. Bu tenglik albatta xato sababi, kompyuter ulkan sonlarni hisoblayotganda
yaxlitlash holati yuzaga keladi va aynan shu o’xshash tushunmovchiliklarga olib keladi.