Titrash ( vibratsiya).
Uskuna va mashinalarning ayrim qattiq, mo’rt detallari va
asoslarining gorizontal, vertikal yoki aylanma yo’nalishi bo’ylab to’lqinlanishiga titrash
(vibratsiya) deb aytiladi. Titrash natijasida asab va yurak-tomir tizimi zararlanishi mumkin,
kapillyar tomirlarning spazmalanishi sodir bo’ladi, xushdan ketishga va gipertoniyaga moyillik
kuzatiladi, qonda o’zgarishlar, umumiy holsizlik yuz beradi. Titrashlar, ayniqsa, ayollar
organizmiga zararli ta’sir ko’rsatadi. Titrashlarning jadalligi ularning amplitudalari va
chastotalariga bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |