Хфх лек Хосилбеков


 Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/313
Sana01.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#301892
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   313
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi

14.2 Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda 
kuch va vositalar 
Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda, sodir bo’lgan favqulodda vaziyatning 
182 
turi, xususiyatiga muvofiq maxsus kuchlar jalb qilinadi. Bunday vaziyatlarda favqulodda 
vaziyatning vaqti, qamrab olgan hududi, aholi punkti va boshqa xususiyatlariga alohida e’tibor 
berilib zudlik bilan ishga kirishiladi. Respublikamiz hududlarida sodir bo’ladigan favqulodda 
vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilinadigan kuchlarni Vazirlar Mahkamasining 
qarorlariga muvofiq quyidagi turlari mavjud: 
• fuqaro muhofazasi qo’shinlari; 
• favqulodda vaziyatlar vazirligaga bevosita hamda tezkor bo’ysinuvchi respublikamiz 
ixtisoslashtirilgan tuzilmalari; 
• vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan hamda malakali ixtisoslashtirilgan 
halokat-qutqaruv va halokat-tiklash bo’linmalari; 
• mahalliy hokimiyat organlarining maxsus qutqaruv guro’hlari; 
• oyektlarning ixtisoslashtirilgan tuzilmalari; 
• hududiy va ob’ektlarning harbiylashtirilmagan umumiy va maxsus maqsadlardagi 
tuzilmalari; 
• Qizil Yarim Oy jamiyatining ko’ngillilar otryadlari; 
• Vatanparvar mudofaaga ko’maklashuvchi tashkiloti; 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qayd qilingan maxsus kuchlardan tashqari har bir 
tashkilotning qoshida, tashkilot yo’nalishidan kelib chiqib maxsus halokatdan qutqaruv va tezkor 
harakat  qilish  guro’hlari  tashkil  etilgan.  Ularning  harakati  ,  mujassam  bo’lgan  tashkilot 
doirasidadir. 
Umumiy holatda O’zbekiston Respublikasidagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf 
etish uchun yo’naltirgan kuchlarni, shu sohaga tegishli qoida va qarorlarni tahlil qilar ekanmiz, 
ularni uch yirik toifaga ajratish mumkin:. 
• Favqulodda vaziyatlar vazirligiga to’g’ridan to’g’ri bo’ysunuvchi kundalik vazifasi, 
maqsadi faqat favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga, tezkor harakat 
qilishga mo’ljallangan kuchlar; 
• turli Vazirlik, tashkilotlar qoshida mujassam bo’lgan o’z faoliyatlarini 
(mutaxassisligi bo’yicha) ishlab chiqarish, kundalik vazifalarini bajarishda davom 
ettiradigan, lekin favqulodda vaziyat sodir bo’lib ularga ehtiyoj sezilgudek bo’lsa, 
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tezkor bo’ysunuvchi kuchlar; 
• turli korxona, idora va ishlab chiqarish tarmoqlarida, jamoatchilik asosida tashkil 
etilgan, noxush vaziyatlar sodir bo’lsa, shoshilinch ishga kirishuvchi mahalliy 
miqyosda faoliyat ko’rsatuvchi kuchlar. 
Quyida har uch turga mansub kuchlarning vazifalari va ular hal etadigan muammolar 
to’g’risida batafsil to’xtalamiz. 
Barinchi guro’hga kiruvchi kuchlar: 
• Respublika qidiruv - qutqaruv markazi "Najotkor" (RQQM); 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


• Maxsus harbiylashtirilgan qidiruv - qutqaruv qismi "Xaloskor" (MHQQQ); 
• Qidiruv - qutqaruv qismi «Qutqaruvchi» (QQQ); 
• Davlat suvda qutqaruv xizmati (DSQX); 
• Qutqarish xizmati "050"; 
• Qidiruv - qutqaruv guro’hlari (Qoraqalnog’iston, viloyatlar va Toshkent shahri 
boshqarmalari qoshidagi); 
• "Qamchiq" qidiruv - qutqaruv otryadi. Mazkur kuchlar qayerda joylashganligidan 
qat’iy nazar mushtarak vazifalarni bajarish maqsadida tashkil etilgan. 
Garchi ularning faoliyati bir-biriga o’xshash bo’lsada, umumiy holatda quyidagi vazifalarni 
bajarish maqsadida tashkil etilgan: 
• turli xususiyatda nomoyon bo’luvchi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf 
etishga doimiy tayyor turish; 
• favqulodda vaziyat sodir bo’lgudek bo’lsa, tezkorlik bilan etib borish, vaziyatni 
baholash va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tezkor ma’lumot berish; 
• favqulodda vaziyatlar ko’lamini chegaralash, shikastlanganlarga birlamchi yordam 
ko’rsatish, moddiy va madaniy boyliklarni asrash. 
183 
Keltirilgan vazifalar har bir guro’h - kuchlarning kundalik faoliyatini belgilash bilan birga, 
ularni aholi va hududlarni turli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasidagi burch va 
mas’uliyati nechog’li yuqori ekanligini ham ko’rsatadi. 
Qidiruv - qutqaruv bo’linmalarining favqulodda vaziyatlarga doim shay turishi va tezkor 
harakat qilishga erishishda Vatanimiz hukumati tomonidan tasdiqlangan maxsus taktik - o’quv 
mashqlarining o’tkazilib turishi alohida e’tiborga molik. Bunday tadbirlardan ko’zlangan asosiy 
maqsad, tabiiy va texnogen xususiyatda namoyon bo’ladigan favqulodda vaziyatlarda aholi 
muhofazasini  ta’minlash,  ishlab  chiqarish  ob’ektlarida  sodir  bo’lishi  mumkin  bo’lgan 
halokatlarni 
oldini olish, xalq xo’jaligi faoliyatida barqarorlikka erishish, moddiy talofotini kamaytirishdan 
iboratdir. 
Qoraqalpog’iston, viloyatlar va Toshkent shahari boshqarmalari qoshidagi qidiruv - 
qutqaruv guro’hlarining faoliyati va kundalik vazifasi har bir viloyatning tabiiy sharoiti unda 
mujassam bo’lgan ishlab chiqarish tarmoqlari xususiyatiga muvofiq hududiy miqyosda uzluksiz 
faoliyat  ko’rsatishadi.  Bunda  asosiy  talab  favqulodda  vaziyatlarning  xususiyati  bo’yicha 
qutqaruv 
ishlarini  olib  borishga  qaratilgan  bo’ladi.  Masalan,  tog’li  va  tog’  oldi  viloyatlarida  nisbatan 
geologik 
xavfli hodisalar, ko’chki, sel, toshqinlar bo’lsa, tekislik, yo’l hududlaridagi viloyatlarda kuchli 
shamol, eroziya, toshqinlar ko’proq bo’ladi. Texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar shu 
hududdagi  zavod  va  fabrikalarga  bog’liq  va  qutqaruvchilar  har  qanday  favqulodda  vaziyatga 
doimi 
shay turishlari shart. 
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy vositalar zaxiralari 
oldindan, favqulodda vaziyatlar ro’y bergan taqdirda shoshilinch tarzda jalb etish maqsadida 
yaratiladi. 
Moliyaviy va moddiy vositalar zaxiralarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni to’ldirish 
tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga 
zaxiradagi  moliyaviy  jamg’armasi  va  favqulodda  vaziyatlarni  tugatish  chog’ida  birinchi 
navbatdagi 
ishlarni amalga oshirish uchun yig’iladigan moddiy vositalar zaxiralari quyidagi manbalardan 
amalga oshiriladi: 
• Respublika byudjeti mablag’lari hisobidan; 
• idoraviy moliyaviy va moddiy vositalar zaxirasi-vazirliklar va idoralar mablag’lari 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


hisobidan; 
• mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy va moddiy vositalari zaxirasi - mahalliy 
byudjet mablag’lari hisobidan; 
• ob’ektlarning moliyaviy va moddiy vositalari zaxirasi korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan; 
• Qizil Yarim Oy Jamiyatining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy 
va moddiy vositalar zaxiralari nomenklaturasi va xajmlari ularni tashkil etgan organ 
tomonidan belgilanadi. 
Fuqaro muhofazasini moliyalash ijtimoiy fondlarning mablag’lari, fuqarolarning ixtiyoriy 
badallari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi mumkin. 
Kuch va vositalarning harakati maxsus hay’atining yo’riqnomasi asosida olib boriladi. Ya’ni 
favqulodda vaziyat sodir bo’lsa; bunday vaziyatni bartaraf etish hay’ati tuziladi. Favqulodda 
vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishdagi barcha jarayon shu hay’at yo’riqnomasi asosida olib 
boriladi. 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish