Ob-havo va iqlim sharoiti
. Iqlim sharoiti ekinlarning hosildorligiga va chorvachilikning
rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Har qanday ekinning yaxshi rivojlanishi uchun ma’lum
miqdorda issiqlik, quyosh nuri, tuproq namligi va oziq moddalar etarli darajada bo’lishi zarur.
Sug’orish holati
. Respublikamizning ayrim hududlarida tuproqdagi ortiqcha namlikni
yo’qotishga harakat qilinsa, aksincha, ba’zi hududlarda esa tuproqda nam to’plash maqsadida
yerlar
sug’oriladi. Biroq Favqulodda vaziyat holatda sug’orish ishlari, suv inshootlari izdan chiqishi
mumkin.
Favqulodda vaziyatlarda bevosita aloqador bo’lmagan omillarga erkaklarning favqulodda
vaziyatda xizmatga chaqirilish munosabati bilan mehnat vositalarining, texnikaning qisqarishi,
qishloq xo’jaligiga pestitsidlar, fungitsidlar, mineral o’g’itlar, yonilg’i-moylash materiallari,
biologik preparatlar, texnika uchun ehtiyot qismlar va boshqalarni etkazib berish kamayib
ketishi
kabi ishlar kiradi. Ayniqsa, qishloq xo’jaligining qator sohalarida (paxtachilik, sholikorlik,
chorvachilik) elektr energiyasi bilan ta’minlanishining kamayishi yaqqol namoyon bo’ladi.
Temir
yo’l xizmatida qishloq xo’jaligi uchun zarur yuklarni tashishi qiyinlashadi. Mineral o’g’itlar,
pestitsidlar, texnikalar ishlab chiqaradigan bir necha korxonalar ishlab chiqarish faoliyatinn
to’xtatishi mumkin. Odamlar, texnika, yonilg’i-moylash (benzin, kerosin va hokazo)
materiallarining etishmasligi sababli yem-xashak etishtirishda juda qiyin sharoit vujudga keladi.
Ishlab chiqarish ob’ektlarining barqarorligiga yalpi qirg’in qurolining ta’siri bilan bog’liq
bo’lgan omillar sifatida odamlar, o’simliklar, hayvonlar jiddiy zarar ko’rganini aytib o’tish
mumkin.
Bu omillar esa qishloq xo’jaligi izdan chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. Dushman tomonidan
bakteriologik va ximiyoviy qurollar qo’llanilganda vaziyat yanada murakkablashadi. Mana shu
omillarning hammasini qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarining urush holatidagi
turg’unligini aniqlashda va tekshirilayotganda hisobga olish maqsadga muvoqdir.
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining favqulodda vaziyat holatdagi barqarorligi to’g’risida,
ularni hisoblash usullari maxsus tavsiyanomalarda bayon etilgan.
Favqulodda vaziyatlarda qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarining barqarorligini
ta’minlash uchun eng asosiysi qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini boshqarishni to’g’ri yo’lga
qo’yishga alohida e’tibor berish lozim.
Odamlarni, jumladan, ishlab chiqarishda ishlayotgan ishchi-xizmatchilarni yalpi qirg’in
qurolidan himoya qilishni tashkil qilmasdan turib, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining
barqaror
ishlashini ta’minlash mumkin emas. Shuning uchun ham fuqaro muhofazasining tadbirlariga va
rejalashtirishga katta barqarorlik masalalariga alohida e’tibor berilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |