10.1. Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilishning
huquqiy asoslari
Aholi xavfsizligini kafolatlovchi, fuqarolar mas’uliyatini va jamiyatning huquqiy zaminini
belgilovchi hujjatlarning ko’pgina qismi, murakkablashib borayotgan turli xususiyatga ega
bo’lgan
favqulodda vaziyatlarning ta’rifi, tasnifi, kelib chiqish sabablari va sodir bo’lgudek bo’lsa, aholi
xavfsizligi, inson salomatligini ta’minlashdek muhim tadbirlarga bag’ishlangandir.
O’zbekistonning iqlimi, tabiiy tuzilishi, tabiiy -geologik sharoiti, ishlab chiqarish
tarmoqlarining joylashuvi o’ziga xos turli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi va tarqalishiga
sabab bo’ladi. Buni inobatga olgan hukumat mazkur masala bilan maxsus shug’ullanuvchi
organ,
Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etdi (1996 yil). Uning asosiy vazifasi:
favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ro’y bergan taqdirda bartaraf etish, inson hayoti va
salomatligini, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni muhofaza qilish, favqulodaa vaziyatlar
oqibatlarini
tugatish hamda zararlarini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga
oshirishdan iboratdir.
Albatta, bu vazifalarni bajarish birgina vazirlik va uning tasarrufidagi tarmoq
tashkilotlarining yagona vazifasi bo’lmay, mavjud bo’lgan barcha vazirlik va idoralar o’z
faoliyati
doirasida qo’shilishlari va buyirilgan farmolarni bajarishlari shart. Shu bois, hukumatimiz
tomonidan "O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat
qilish
davlat tizimi to’g’risida" maxsus qaror qabul qilindi (1997 yil). Mazkur qarorda har bir vazirlik,
idora, tashkilot uchun o’z yo’nalishi bo’yicha aniq funksiyalar belgilab qo’yilgan.
"Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish to’g’risida"gi Qonunning asosiy maqsadi - aholini va hududlarni tabiiy hamda
texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy
munosabatlarni
146
tartibga soladi hamda favqulodda vaziyatlar ro’y berishi va rivojlanishining oldini olish,
favqulodda
vaziyatlar keltiradigan talafotlarni kamaytirish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishdan
iboratdir.
"Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to’g’risida»gi qonun, gidrotexnika inshootlarini
loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ularni rekonstruktsiya qilish, tiklash,
konservatsiyalash va tugatish xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha faoliyatni amalga oshirishda
yuzaga
keladigan munosabatlarni tartibga solishda mas’uliyatni belgilab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |