Oziqa maydalagichda ishlash vaqtida texnika xavfsizligi. Ish boshlashdan oldin oziq maydalagichning texnik holatini tekshirish, tashqi birikmalarni, ayniqsa yon qopqoqlarning, ko’rish lyukining birikmalarini taranglash, kesuvchi va maydalovchi barabanlarning qopqoqlarida ezilgan joy yo’qligini tekshirish, uzatuvchi konveyerdagi barcha begona predmetlarni olib tashlash, elektr dvigatel va elektr apparatning yerga yoki nolga ulanganligini tekshirish zarur. Statsionar sut sog’ish agregatida ishlashdagi texnika xavfsizligi. Sut sog’ish agregatida ishlashga va unga xizmat ko’rsatishga uning konstruktsiyasini va foydalanish qoidasini o’rganib olgan shaxslargagina ruxsat etiladi. Elektr dvigatelni ishga tushirishdan oldin uning yerga ishonchli ulanganligi tekshiriladi. Yerga ulangan simni molxonadagi vodoprovod tarmoqlariga birlashtirish mumkin emas. Sut sog’ish qurilmasining vakuum yo’lida izolyatsiya qistirma bo’lishi kerak. 112 Vakuum qurilmasi va uning magnitli ishga tushirgichi yot narsalar va alangalanadigan buyumlar saqlanmaydigan alohida xonada o’rnatilishi lozim. 6.48-rasm. «Mayga» sut sog’ish apparati 1-satil; sog’ish shlangini qisuvchi ; 3-stakanlar; 4-sut shlangi; 5-o’zgaruvchan vakuum shlangi; 6- magistral shlang; 7-uchlik; 8-o’zgaruvchan vakuum shlangi; 9-satil qopqog’i. 6.49-rasm. Mexanizatsiyalashtirilgan ozuqa tarqatgichlar Traktorda universal oziqa tarqatgich bilan ishlash vaqtidagi texnika xavfsizligi. Haydovchi oziqa tarqatgichda ishlashdan oldin uning tuzilishini, uzellarning o’zaro ta’siri, ekspluatatsiya qilish qoidasi va texnika xavfsizligini o’rganib olishi lozim. Haydovchi texnik benuqson yem-xashak tarqatuvchi apparatnigina foydalanishi mumkin. Oziqa tarqatgichga uning yuk ko’taruvchanlik qobiliyatidan ortiqcha yuklash mumkin emas. Oziqani aralashtirishda bunkerni uning 2/3 hajmi qadar to’ldirish lozim. Agregat harakat qilayotgan vaqtda quvvat olish vali ulangan holatda keskin burilish mumkin emas. Agregatning bo’ylama o’qidan maksimal og’ish burchagi 15° dan ortiq bo’lmasligi kerak. Quvvat olish vali o’chirilgan holatda agregatni ko’pi bilan 45° gacha burish mumkin. 113 Ko’pgina qishloq xo’jalik mashinalari va qurollarining ish organlari traktorning quvvat olish validan harakatga keltiriladi. Shu sababdan bu mashinalarda ish boshlashdan oldin kardanli val to’sig’ining sozligi, kojux kardanli valga birikmaganligi, to’siq kardanli val bilan birga qo’shil ib aylanmasligi tekshiriladi. Statsionar mashinalarning harakatlantiruvchi tasmalari va kardanli vallari ishonchli to’siqlar bilan o’ralgan bo’lishi kerak. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida statsionar mashinalardan asosan mexanizatsiyalashtirilgan g’alla tozalash xirmonlarida va chorvachilik fermalarida foydalaniladi. PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com