Ruxsat etilgan yuk ko’tarish va tashishning me’yorlari
Yukni ortish yoki tushirishga qadar yuk ko’taruvchi vositalarning mustahkam va turg’unligi, ularning yuk ko’taruvchanligi, ko’tariladigan yukka muvofiq kelish-kelmasligi, arqon, sim arqon va
himoya to’siqlarining holatini tekshirish lozim.
Yuklar ko’pincha qoplarda, savatlarda, karton qutilarga, bochkalarda ortib tashiladi. Ortish usuli tashiladigan yukka va yuk ko’taradigan mashinalar yoki boshqa vositalarning bor- yo’qligiga
bog’liqdir. Qishloq xo’jaligidagi jarohatlarning 35% ga yaqini transportda ish bajarganda sodir bo’ladi. Yuklarni qo’lda ortish va tushirish faqat muvaqqat maydonchalarda ruxsat etiladi.
Bunday
holda erkaklar qo’li bilan 50 kg, ayollar esa ko’pi bilan 9 kg, 16-18 yoshdagi o’smirlar uchun tashiydigan va siljitadigan yukning og’irligi o’g’il bolalar uchun 13 kg, qizlar uchun 7 kg dan ortiq
bo’lmasligi kerak. O’smirlar uchun uzluksiz tashiydigan va siljitadigan yukning miqdori 4,1 kg dan
ko’p bo’lmasligi lozim, 14-15 yoshdagi o’smirlar uchun esa me’yor 2 martagacha kamaytiriladi (SQ va MN 0052-96).
Ish o’rinlarini tashkillashtirishda ergonomik talablar.
Ishchilarning sog’lig’ini saqlash, yuqori ish unumiga erishish va o’zini yaxshi his qilishi ularning mehnat sharoitini yaxshilanishi va ish joylarini tashkil etishga bog’liq. Turgan va o’tirgan
hollarda bajariladigan ishlar ergonomika talablari asosida kishi tanasining o’lchamlari inobatga
olingan holda amalga oshiriladi. e)
4.13-rasm. O’rta bo’yli odamni boshqaruv a’zolarini joylashtirish uchun motor maydoniga yoyish
doirasi va ish o’rni
a) va b) – o’tirgan holatda vertikal va gorizontal teksilikda yoyish doirasi
c) va d) – tikka turganda vertikal va gorizontal tekislikda yoyish doirasi
e) – kompyuter operatorinig ish o’rni geometrik o’lchamlari
– tez-tez ishlatiladigan va muhim boshqaruv organlari joylashuvi;
– tez-tez ishlatiladigan va kam muhim bo’lgan boshqaruv organlari; 3 - kam ishlatiladigan boshqaruv organlari.
53
Ishchi yuzaning ko’rsatkichlari kishining kuchi, shaxsiy imkoniyatlarga bog’liq holda
o’zgaradi va u har xil odamlarda turlichadir. Uzluksiz ish davomida kishining kuch miqdori, uning
ta’sir etish davomiyligiga va chastotasiga teskari proporsionaldir. Yengil ishlarni bajarishda ish joylarini o’tirib ishlashga mo’ljallab tashkil qilinadi. Ishchining erkin ko’zg’alishiga zaruriyat talab
qilinmasa, shu bilan birga texnologik jarayonning o’ziga xosligini ifodalovchi o’rta og’irliqdagi ishlar ish joyining konstruktsiyasiga bog’liq holda vertikal hamda gorizontal tekisliklarda bajariladi.
Ishda bajarilayotgan operatsiyalar tez va juda tez doira chegarasida va harakatlantiruvchi maydonning eng qulay doirasida amalga oshiriladi. Bajariladigan operatsiyalarni bajarilish tezligini
«juda tez» - ikki va undan ortiq operatsiyalar 1 minutda, «tez» 1 minutda ikki operatsiyadan kam,
ammo 1 soatda ikki operatsiyadan ko’p; «kamdan-kam» 1 soatda ikki operatsiyadan ko’p bo’lmagan deb qabul qilinadi. Shularga muvofiq axborot va boshqarish pultlarining kanali joylashtiriladi. Bundan tashqari ish o’rinlarini ish turiga qarab metall stol, stellaj, qutilar, uskuna va
soz asboblar bilan ta’minlash xavfsiz ishni tashkillashtirishda va samaradorligini oshirishda asosiy
mezonlaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |