Ionlashtiruvchi nurlanish - Qishloq xo’jaligida ionlashtiruvchi nurlanishlar detallarning yemirilganligini, payvand chokining sifatini aniqlashda, urug’ga ishlov berishda, biologik tadqiqot
ishlarida, tuproqni analiz qilishda, chorvachilik binolarida havoning sun’iy ionlashtirish evaziga chorva mahsuldorligini oshirish va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Ular ayrim kimyoviy elementlar
yadrolarining o’z-o’zidan parchalanishi natijasida hosil bo’ladi. Radiy, toriy, uran elementlari shular qatoriga kiradi. Radioaktiv moddalar tabiatiga qarab, bir yoki bir necha xil nurlarni taratishi
mumkin. Butun terining bir marotaba, ya’ni katta qismining 0,25-0,5gr miqdorida nurlanishi qon tarkibining o’zgarishiga, 0,1gr dan ortiq qismi nurlansa butun organizmda jarohatlanishning
rivojlanishiga va ish qobiliyatini yo’qolishiga olib keladi. Agar 2-4gr miqdorida nurlansa, davolab
43
bo’lmaydi, 6-10gr dan yuqorisi 100% o’limga olib keladi.
Elektromagnit nurlanish. Qishloq xo’jaligida yuqori quvvatli elektr uzatish tarmoqlari, yuqori quvvatli radiostantsiyalar, transformatorlarga yaqin joylarda ishlaydigan ishchilar,
elektromagnit maydonlari ta’sirida bo’ladilar. Elektormagnit maydoni ta’sirida asosan jigarda, qora
taloqda va markaziy asab tizimida o’zgarishlar bo’lishi mumkin. Bunda bosh og’riydi, uyqu buziladi, arterial bosim oshib kishi o’ta toliqadi.
Zararli omillardan himoyalanish usullari. Ish jarayonlari va atrof muhitning inson organizmiga ta’sirini mehnat gigiyenasi fani o’rganadi. Mehnat gigiyenasini qulay ish sharoitlarini
yaratish asosida mehnat unumdorligini oshirish, kasb kasalliklarini kamaytirish yoki butunlay yo’q
qila olish sanitariya-gigiyena va davolash profilaktik tadbirlari ishlab chiqadi.
Ish joylaridagi havo tozaligi. Ish joyidagi havoda zaharlanmagan chang 10 mg/m3 dan,
kvars changi esa 2 mg/m3 dan ko’p bo’lmasligi kerak. Ishlab chiqarish xonalari ichidagi turli vosita
va materiallarning changi sanitariya me’yorlari va ГОСТ 12.1.005-86 da ko’rsatilgandan oshib ketmasligi kerak. Havo tarkibida turli zaharli gazlar miqdorini aniqlash uchun UG-2 turdagi universal gazoanalizator o’lchov uskunasidan foydalanadilar. (4.1-rasm).
4.1-rasm. UG-2 Gazoanalizatori. 1-korpus; 2-o’lchov shtoki; 3-indikator ; 4-filtrlovchi patron; 5-silfonli naycha; 6-indikatorlar qutisi
Qishloq xo’jaligida tez-tez foydalanib turiladigan ba’zi bir kimyoviy moddalar turi va
ularning havo tarkibidagi me’yorlari 4.2-jadvalda keltirilgan. Xavfli va zarali changlar miqdori me’yoridan oshgan taqdirda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali himoyalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |