Bog'liq Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan maruzalar matni
77-m o d d a. Ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladigan yosh
Ishga qabul qilishga o’n olti yoshdan yo’l qo’yiladi. O’n besh yoshga to’lgan shaxslar ota-onasidan birining yoki ular o’rnini bosuvchi shaxsning yozma ravishdagi roziligi bilan ishga qabul qshshnishi mumkin.
Yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida umumta’lim maktablari, hunartexnika bilim yurtlari va o’rta maxsus o’quv yurtlarining o’quvchilarini o’n to’rt
yoshga to’lganlaridan keyin ota-onasidan birining yoki ular o’rnini bosuvchi shaxsning roziliga bilan bolalarning sog’lig’iga va kamol topishiga ziyon etkazmaydigan va ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishlarni o’qishdan bo’sh vaqtlarda bajarish uchun ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladi.
O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarni ishga qabul qilish ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi. (Ozbekiston respublikasi MK). 18 yoshga kirmagan shaxslarni og’ir, zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ishlatish mumkin emasligi mehnat kodeksining quyidagi moddasida o’z aksini topgan :
modda. O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarmehnatidan
15
foydalanish taqiqlanadigan ishlar
O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar mehnatidan shu toifa xodimlarining sog’lig’i, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon etkazilish mumkin bo’lgan mehnat sharoiti, noqulay ishlarda, yer osti ishlarida va boshqa ishlarda foydalanish taqiqlanadi.
O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarning belgilab qo’yilgan me’yordan ortiq og’ir yuk ko’tarishlari va tashishlariga yo’l qo’yilmaydi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan ishlar ro’yxati va o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar ko’tarishlari va tashishlari mumkin bo’lgan og’ir yuk me’yorlarining chegarasini O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofoza qilish vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va ish beruvchilarning vakillari maslahatini olgan holda belgilaydi. (Ozbekiston respublikasi MK). Qishloq xo’jaligida bularga pilla zavodlarda, tirkama qishloq xo’jaligi mashinalarida tirkamachi, g’o’zani sug’orishda, tamakini yig’ib-terib olishda, tashishda va birlamchi ishlov
berishda ishga jalb qilish man etiladi. Murakkab bo’lmagan tirkama va statsionar qishloq xo’jaligi
mashinalarida ishlashda va xizmat ko’rsatishda maxsus guvohnomalar talab qilish zarur bo’lmagan
ishlarga, o’smirlarni 17 yoshdan ishga qabul qilishga ruxsat etiladi.