Zaharli moddalarni qo’llash belgilari. Zaharli moddalar tashlangan snaryad, raketalardan yadro qurolidagidek tovush eshitilmaydi. Portlagan joyda tuman singari, tutun yoki bug’ hosil bo’ladi. Samolyotdan tashlanganda chiziq hosil bo’ladi. Sekinlik bilan yerga tushib yer yuza
qismini, inshootlarni, o’simliklarni yog’simon, tomchi shaklida qoplaydi. Yashillikni rangini o’zgartirib yuboradi.
11.1-rasm. Odamlarni zaharlanagan hududdan olib chiqib ketish yo’nalishlari
Xavfli vaziyat bo’lishi mumkin bo’lgan hududda, sxemaga (11.1-rasm) asosan odamlarni xavfsiz joyga ko’chirish kerak bo’ladi.
Kimyoviy zaharli moddalar joylar, odamlar, yem-xashak va suvni zaharlaydi. Zaharli moddalar o’simliklar, daraxtlarda uzoq vaqt saqlanadi. Zaharli moddalar tuman, bug’ holatida
chorva binolari, turar joylarning teshiklaridan o’tib havosini zaharlaydi. Suyuq zaharli moddalar
qop idish, brezent, tselofan orqali o’tadi. Zaharli moddalar oziq-ovqatga tushib zaharlaydi.
Suvga
tushgan iprit, zarin, zamon, sinil kislotasi, azotli iprit tuzlari yaxshi eriydi va butun suvni
159
zaharlaydi.
Yadro quroli portlashida hosil bo’luvchi zararlovchi omillar. Mavjud yadro, kimyoviy
va bakteriologik (biologik) hamda boshqa yalpi qirg’in qurollari vositalaridan himoyalanish, uning
oqibatlarini bartaraf qilish bo’yicha ilmiy asoslangan tadbirlar o’tkazish va tashkil qilish uchun avvalo yalpi qirg’in vositalarinnng zararlovchi ta’siri to’g’risidagi bilimlar zarurdir.
11.2-rasm Yadro quroli tuzilishi 11.3-rasm. Yadro qurolini zanjirli 1-portlovchi qurilma; 2-yadro zaryadi reaktsiya natijasida portlashi 3-qobiq
Yadro quroli portlashi natijasida tashqi muhit ob’ektlariga quyidagi zararlovchi omillari bilan ta’sir ko’rsatadi:
Havo zarb to’lqini. Yadro portlashi natijasida hosil bo’lgan havo sharidan hamma tamonga tovushdan tez tarqaladigan siqilgan havo to’lqini hosil bo’ladi. Juda kuchli
momoqaldirokdek ovoz beradi, siqilgan havo ketidan siyraklashgan havo keladi, oxiri me’yoriy havo bosimi keladi. Qisilish hududning oldingi qismi zarb to’lqini fronti deyiladi. Havo zarb to’lqinidan himoyalanmagan odam va hayvonlarga ta’sir qiladi, daraxtlarni ildizi bilan sug’urib ketadi. Yer yuzasidagi inshootlar, aloqa tarmoqlari, texnika, o’simlik, o’rmonlar nobud bo’ladi. Yuqori bosim 0,5 kg/sm2 dan baland bo’lsa, daraxtlarning 50%dan ko’pi, 0,3 dan 0,5 kg/sm2 30%
shikastlanadi. Havo zarb to’lqinida ochiq joyda turgan odam va hayvonlar qattiq shikastlanadi, kontuziya bo’ladi va o’limgacha boradi. G’oyat og’ir kontuziya va jarohatlar odam va hayvonlarda
bosim 1 kg/sm2 (100 kPa)dan ko’p bo’lsa sodir bo’ladi, chunki organlarning uzilib ketishi, suyak sinishi, ichki qon ketishi oqibatida o’lim yuz beradi. Yuqori bosim 0,6 dan 1,0 kg/sm2 (60-100 kPa)
gacha bo’lganida og’ir kontuziya sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |