§ 10. FAVQULODDA VAZIYATLARDA AHOLINI HIMOYA QILISH PRINSIPLARI VA USULLARI
Reja:
Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilishning huquqiy asoslari.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf qilishinng davlat tizimi.
Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlashning asosiy printsiplari va oldini olish choralari
Favqulodda holatlarda aholini himoyalashniig asosiy usullari
Favqulodda holatlarda hayot-faoliyat xavfsizligini ta’minlash chora tadbirlarini rejalashtirish.
Tayanch iboralar: Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi, FVDT ish tartibi(rejimi),
radiatsiyaga qarshi pana joylar, evakuatsiya, qurilish materiallarini radiatsiyni o’tkazuvchanligi,
kimyoviy himoya vositalari, rejalashtirishning huquqiy, tashkiliy va muhandis-texnik turlari. Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Habibullayev I.H., Nurxo’jayev A.Q. va boshq. Favqulodda vaziyatlar va muhofaza tadbirlari.T. «Universitet»,2001 y, 263 bet
2.N.I.Akimov Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida grajdan mudofaasi T. «Mehnat» 1988
y, 336b
3.I.M. Dmitriyev Grajdanskaya oborona na ob’ektah agropromыshlennogo kompleksa M. VO « Agpromizdat» 1990 g.
4.O’zbekiston Respublikasi «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonuni. Toshkent, 20 avgust 1999 y. 5.O’zbekiston Respublikasi «Fuqaro muhofazasi to’g’risida» ga Qonuni. 26 may 2000 y.
Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilishning huquqiy asoslari
Aholi xavfsizligini kafolatlovchi, fuqarolar mas’uliyatini va jamiyatning huquqiy zaminini belgilovchi hujjatlarning ko’pgina qismi, murakkablashib borayotgan turli xususiyatga ega bo’lgan
favqulodda vaziyatlarning ta’rifi, tasnifi, kelib chiqish sabablari va sodir bo’lgudek bo’lsa, aholi xavfsizligi, inson salomatligini ta’minlashdek muhim tadbirlarga bag’ishlangandir.
O’zbekistonning iqlimi, tabiiy tuzilishi, tabiiy -geologik sharoiti, ishlab chiqarish tarmoqlarining joylashuvi o’ziga xos turli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi va tarqalishiga
sabab bo’ladi. Buni inobatga olgan hukumat mazkur masala bilan maxsus shug’ullanuvchi organ,
Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etdi (1996 yil). Uning asosiy vazifasi: favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ro’y bergan taqdirda bartaraf etish, inson hayoti va salomatligini, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni muhofaza qilish, favqulodaa vaziyatlar oqibatlarini
tugatish hamda zararlarini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iboratdir.
Albatta, bu vazifalarni bajarish birgina vazirlik va uning tasarrufidagi tarmoq
tashkilotlarining yagona vazifasi bo’lmay, mavjud bo’lgan barcha vazirlik va idoralar o’z faoliyati
doirasida qo’shilishlari va buyirilgan farmolarni bajarishlari shart. Shu bois, hukumatimiz tomonidan "O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish
davlat tizimi to’g’risida" maxsus qaror qabul qilindi (1997 yil). Mazkur qarorda har bir vazirlik, idora, tashkilot uchun o’z yo’nalishi bo’yicha aniq funksiyalar belgilab qo’yilgan.
"Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish to’g’risida"gi Qonunning asosiy maqsadi - aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni
146
tartibga soladi hamda favqulodda vaziyatlar ro’y berishi va rivojlanishining oldini olish, favqulodda
vaziyatlar keltiradigan talafotlarni kamaytirish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishdan iboratdir.
"Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to’g’risida»gi qonun, gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ularni rekonstruktsiya qilish, tiklash, konservatsiyalash va tugatish xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha faoliyatni amalga oshirishda yuzaga
keladigan munosabatlarni tartibga solishda mas’uliyatni belgilab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |