Хфх лек Хосилбеков


Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishidagi ish sharoitlari va



Download 263,9 Kb.
bet10/179
Sana26.02.2022
Hajmi263,9 Kb.
#468577
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   179
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan maruzalar matni

Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishidagi ish sharoitlari va ularning asosiy xususiyatlari

Hozirgi zamon qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi zamonaviy texnika bilan jihozlanganligi,
ya’ni texnika va texnologiyaning takomillashib turishi, ishlab chiqarish jarayonining jadallashuvi,
dasturlashtirish, hosilni yuqori sifat darajasida topshirish bilan farq qiladi. Bunda ishlarning davriyligi va mavsumiyligi, foydalanilayotgan energiyaning turliligi (mexanik, issiqlik, elektr, yorug’lik va boshqalar), material va moddalar (qattiq, suyuq, gazsimon)ning har xilligi yig’ishtirilayotgan hosilning ob-havo va boshqa sabablarga bog’liqligini, mehnat sharoitlarini me’yorlashtirishda hisobga olish kerak.
Mehnat sharoitlarini yaxshilash ishlari bir qancha omillarni hisobga olgan holda tashkil
etiladi. Barcha ishlab chiqarish omillari qo’yidagilarga bulinishi mumkin: tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-
gigiyena, tabiiy, iqlim, iqtisodiy.

    1. Hayot faoliyati xafsizligi fanining rivojlanish asoslari

Insoniyatning uzoq o’tmish hayotiy tajribasi har qanday faoliyat potentsial xavfga ega ekanligini tasdiqlaydi. Albatta, bu tasdiq aksiomaviy xarakterga egadir. Vaholanki, shu bilan bir qatorda xavf darajasini boshqarish hamda kamaytirish ham mumkindir. Lekin, qanday holatda bo’lmasin mutloq xavfsizlikga erishib bo’lmaydi.
Xavfsizlik – ma’lum darajada xavf tug’ilishi bartaraf etilgan faoliyat holati, ya’ni faoliyatni amalga oshirishdagi asosiy maqsadlardan biridir.
Mehnatni muhofaza qilish - ishlab chiqarishdagi mehnat xavfsizligini ta’minlashga
qaratilgan vositalar, usullar majmuidir. Demak, insonning mehnat xavfsizligini ta’minlash birinchi
navbatda uning mehnat faoliyati jarayonini va uni amalga oshirishda yuzaga keladigan xavfli omillarlarni o’rganishni talab etadi. Shu sababli, inson faoliyatining xavfsizligini ta’minlash bo’yicha tadqiqot ishlari eramizdan oldingi 384-322 yillarda ijod qilgan Aristotel, 460-377 yillarda
yashagan Gippokrat asarlarida ham uchraydi.
Taniqli olim Paratsels (1493-1541yy.) ishlarni bajarishda yuzaga keladigan xavfli
omillarlarni o’rganib chiqib, o’z asarida «Barcha moddalar zahardir, va barcha moddalar doridarmon
hamdir. Faqat bir me’yor ushbu moddani zaharga aylantirsa, ikkinchi me’yor esa uni doridarmonga
aylantiradi» deb yozadi. Nemis olimi Agrikol (1494-1555yy), italyan vrachi Ramassin (1633-1714yy), rus olimi M.V.Lomonosov (1711-1765yy) o’z asarlarida mehnat muhofazasi masalalariga alohida e’tibor qaratgan.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanini vujudga kelishiga va rivojlanishiga sababchi bo’lgan omillardan biri, bu ishlab chiqarishning rivojlanishi jarayonida inson faoliyati uchun xavfli bo’lgan
omillar va sharoitlar aniqlanib, ularni oldini olish zarurati sabab bo’ldi.
Ulug’ bobokalonlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zahiriddin Muhammad
10
Bobur, zamondoshlarimizdan N.D. Zolotnitskiy, N.V. Solovev, D.A. Kelbert, V.L. Gantillo, M.I. Grimitlin, M.N. Nabiyev, P.V. Uchastkin, T.I. Iskandarov, O’. Yo’ldoshev, O. Qudratov, T.G’aniyev va boshqalar fanni rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shgan. Ayniqsa kishilarni kun davomida fiziologik qobilyatini hisobga olgan holda ish vaqtini belgilashda F.F.Erisman, ishlab chiqarish jarayonida sog’liqni ta’minlash borasida N.A.Semashko, Z.P.Solovyov, G.V.Xlopin, nurlar ta’siridan himoyalashni N.F.Galanin, pestitsidlrdan zaharlanish oqibatlarini L.I Medved, jahonda birinchi bo’lib gaz niqobni N.D Zelenskiy, zoogigiyena faniga akademik K.I.Skryabin, I.M.Sechenov va I.P.Pavlov, yorug’likni ishlab chiqarishda tutgan o’rni to’g’risida S.I.Vavilov, yong’inni vujudga kelishi va xavfi to’g’risida A.A.Skonchinskiy kabi olimlar asos solganlar.
Olimlarning izlanishlari va ishlab chiqarishdagi tajribalar natijasidan, inson faoliyati uchun xavfli bo’lgan omillar va sharoitlar aniqlanib, me’yoriy hujjatlar ishlab chiqariladi va ishlab chiqarishga xavfsiz va zararsiz mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida hukumat qarorlari va qonunlari asosida joriy qilinadi.
Nazorat uchun savollar.

  1. Hayot faoliyati xavfsizligi fani nimani o’rganadi?

  2. Xavflarning kelib chiqish sabablari nimalardan iborat?

  3. Xavfsizlik taksonomiyasini bayon qiling.

  4. Xavf-xatarlar kvantifikatsiyasi nima?

  5. Xavflarni tahlil qilishning aprior va aposterior usullari bir-birini to’ldiradimi yoki bir-biriga zidmi?

  6. «Xavfsizlik» deganda nimani tushunasiz?

  7. Xavfsizlikni ta’minlash yo’llari va usullari nimadan iborat?

  8. Ergonomika nima va ishlab chiqarishda tutgan o’rni nimadan iborat?

  9. «Inson-Mashina-Muhit» tizimi nima?

  10. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishdagi ish sharoitlarining asosiy xususiyatlari nimalarga bog’liq?

  11. Hayot faolyati xavfsizligi fanining rivojlanishiga asos solgan olimlar kimlar?

11

Download 263,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish