Хфх лек Хосилбеков


Odamlarni transport vositalarida tashishda xavfsizlik talablari



Download 263,9 Kb.
bet83/179
Sana26.02.2022
Hajmi263,9 Kb.
#468577
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   179
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan maruzalar matni

Odamlarni transport vositalarida tashishda xavfsizlik talablari. Haydovchi yo’lga chiqishdan oldin yo’lovchilarga mashinaga chiqish va mashinadan tushish qoidalari hamda
transport harakati vaqtida o’zlarini qanday tutishlari to’g’risida yo’l-yo’riq berishi lozim. Uch yil
uzluksiz malakaga ega bo’lgan haydovchigina avtomobil kuzovida odamlarni tashishga ruxsat etiladi. Kuzovdagi yo’lovchilardan biri javobgar qilib tayinlanadi va uning ism-sharifi yo’l varaqasiga yoziladi. Transport yurib ketayotgan vaqtda yo’lovchilarga bortlarda o’tirish man etiladi.
Yo’lovchilar bo’lgan avtomobillarning tezligi soatiga 60 km dan oshmasligi lozim.
Yo’lovchilarni
tashish uchun mo’ljallangan yuk avtomobilining kuzovini bortlarining yuqori kismidan 150 mm pastga o’rnatilgan o’rindiqlar bilan jihozlash zarur (6.19-rasm). Orqadagi va yonlardagi o’rindiqlar mustahkam suyanchiqli bo’lmog’i lozim. Bunday avtomobillarda dvigatel gaz chiqish
quvurlari kuzovdan tashqarida bo’lishi kerak. 87

O’zbekiston Respublikasi Adliya va Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 11 dekabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan va 2001 yil 1 martdan etiboran amalga kiritilgan «Yo’l Harakati Qoidalari»ga asosan quyidagilar ko’rsatib o’tilgan:


  1. Odam tashish

    1. .Yuk aatomobilining yukxonasida odam tashish «C» toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo’lgan, odamlar soni kabinadagilarni ham qo’shib hisoblaganda 8 nafardan ortiq bo’lganda esa «C» va «D» toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo’lgan va shu toifadagi transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak.

Eslatma: Harbiy haydovchilarning yuk avtomobillarda odam tashishiga yo’l qo’yish Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 25.2.Odam tashish uchun mo’ljallangan yuk avtomobili yukxonasi bortining balandligidan 30 santimetr pastda joylashgan o’rindiqlar bilan jihozlanishi, ikki yon va orqa bortdagi o’rindiqlar mustahkam suyanchiqga ega bo’lishi kerak.
25.3.Tashiladigan odamlar soni jihozlangan o’rindiqlar sonidan oshmasligi kerak. 25.4.Harakatni boshlashlan oldin haydovchi yo’lovchilarga avtomobilga chiqish, undan tushish va unga joylashish tartibi haqida tushuntirish berishi kerak.
Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yo’lovchilarni xavfsiz tashish sharoiti taminlanganligiga ishonch hosil qilishi kerak.

    1. Odam tashishga moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukxonasida faqat yukni olish uchun borayotgan yoki uni kuzatib borayotgan shaxslarning bo’lishiga yo’l qo’yiladi, bunda ular bortlardan pastda joylashgam o’rindiqlar bilan ta’minlanishlari kerak.

    2. Avtobuslarda yoki furgon-yukxonali yuk avtomobillarida bolalarni tashishda katta yoshli kuzatib boruvchi shaxs, bortli yuk avtomobilining kuzovida tashishda esa kamida ikki nafar katta yoshli kuzatib boruvchi shaxs bo’lishi shart. Bunday transport vositalarining oldi va orqa tomoniga «Bolalar guro’hini. tashish» taniqlik belgisi o’rnatilishi kerak.

Bolalarni yuk avtomobillarida tashishda esa ushbu talablarga qo’shimcha ravishda bort balandligi 1 (bir) metrdan kam bo’lmasligi kerak.

    1. Haydovchi transport vositasi to’la to’xtagandan keyin odamlarni tushirishi va chiqarishi, eshiklar yopilgandan so’nggina harakatlanishni boshlashi va to’la to’xtamaguncha ularni ochmasligi shart.

    2. Odamdarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi:

avtomobilning kabinasidan tashqarida (bortli yuk yoki furgon-yukxonali avtomobillarda odam tashishdan tashqari);
traktorlar va boshqa o’zi yurar mashinalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari yukxonasida;
mototsikllarning konstruktsiyasida ko’zda tutilgan joylaridan tashqarida;
12 yoshga to’lmagan bolalarni mototsiklning orqa urindig’ida, shuningdek yengil avtomobilga bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o’rnatilmagan bo’lsa,
88
uning oldingi o’rindig’ida;
12 yoshga to’lmagan bolalarni hisobga olmaganda transport vositasining texnik tavsifnomasida ko’zda tutilgan miqdordan ortiq.
Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat etilgan to’la vazndan ortmasligm kerak.
Avtosisternalarda va o’ziag’dargichlarda yoki bortsiz platformada, yuk avtomobillarida yuklarni kuzatib boruvchi kishilar haydovchining kabinasida bo’lishi shart. Yarim tirkama va tirkamalarda, kuzov bortlari bilan barobar yoki baland joylashgan va bo’yiga uzun bo’lgan yuklar
ustida odamlarni olib ketish qat’iyan man etiladi. Yonilg’i idishlarini yoki gaz ballonlarini tashishda
kuzovda odam bo’lmasligi kerak. Qishda yo’llar berkilib qoladigan sharoitda istisno tariqasida zanjirli traktor agregatlaridagi chanalarda odam tashishga yo’l qo’yiladi.

    1. Download 263,9 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish