Kislotali va ishqorli shisha idishlarda himoya qoplamalari bo’lishi kerak. Shisha idishlarning qopqoqlari albasterdan yoki maxsus loylardan tayyorlanadi.
Shishali idishlarni ko’tarishdan avval uning himoya qoplamalarini ko’zdan kechirish zarur,
ish vaqtida, ya’ni ishlab chiqarish sharoitida shishalarni qoplamalaridan yoki qutilardan ajratib olish
qat’iyan man etiladi.
Har qanday kimyoviy moddani bir idishdan boshqa bir idishga quyish siqilgan havo bosimi ostida bajariladi. Bosimning kuchi 20 kPa yoki 0,2 kgk/sm2 dan oshmasligi kerak. Kislotalar saqlanadigan omborlar ichidagi harorat 0°S dan kam bo’lsa, past kuchli kislotalar muzlab shisha
idishlarni sindirib yuborishi mumkin.
Ishqorlar eritmasini tayyorlashda sovuq suvdan foydalanish lozim. Agar issiq suv quyilsa
ishqor qaynab ketadi. Qattiq ishqorni maxsus qisqichlar yordamida olish kerak. Ishqor eritmasini
tayyorlashda maxsus bosh kiyimlardan foydalanish lozim. Aks holda u ko’zga yoki boshga ta’sir etib soch to’qilishiga olib kelishi mumkin. Kimyoviy moddalarni maxsus qulflanadigan omborlarda saqlash lozim. Omborchilar texnika xavfsizligi qoidalarini yaxshi bilishlari lozim. Kimyoviy moddalar bilan ishlovchi kishilar maxsus oyoq kiyimi, ko’zoynak, qo’lqop, fartuklar, rezina etik hamda protivogazlar va respiratorlar bilan albatta ta’minlanishi kerak. Ayniqsa ammiakli
suv bilan ishlayotganda ehtiyot bo’lish kerak. Bunda, albatta sanoatda foydalaniladigan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish zarur.
Preparatlarni qabul qilishga, saqlashga va tarqatishga omborchi javobgardir. Omborxonaga begona shaxslarning kirishi man etiladi. Preparatlarni qoplash, tortish va berishda nafas olish organlarini himoyalash uchun ShHVdan foydalaniladi.
Kimyoviy moddalar omborxonadan o’z og’irligida, pestitsidlar zavod qadoq
(upakovka)larida yoki maxsus idishlarda beriladi. Qadoqlarda saqlanish muddatlari va shartlari yozilgan bo’ladi. Omborchi pestitsidlarni faqat xo’jalik rahbari yoki muovinining yozma ravishdagi
ko’rsatmasiga asosan, o’simliklarni himoya qilish ishlariga javobgar shaxslarga yoki chorvachilik
xo’jaliklarida veterinar vrachlarga bir kunga etarli miqdorda beradi. Ish tugagandan so’ng qolgan
pestitsidlar va bo’shagan idishlar qayta omborga topshiriladi. Omborga keltiriladigan va chiqariladigan pestitsidlar muhrlangan va raqamlangan kirim-chiqim daftarida ro’yxatga olinadi va
omborxonada saqlanadi.
Pestitsid va mineral o’g’itlarning ta’sirini yo’qotish uchun omborxonada etarli miqdorda zaharli gazlardan tozalovchi moddalar xlorli ohak, kaltsiynatsiyalangan soda va boshqalar bo’lishi
shart. To’kilgan yoki oqizilgan pestitsidlar va mineral o’g’itlarni ochiq holda qoldirish man etiladi.
Pestitsidlar javobgar shaxs ishtirokida, maxsus yoki maqsad uchun moslashtirilgan
transportda, faqat soz va yaxshi yopiladigan idishlarda tashiladi. Agar idish buzlib ketsa, darhol transport to’xtatiladi va nosozlik tuzatiladi, buning uchun transport vositasida kerakli hamma materiallar, asboblar va shaxsiy himoyalanish vositalari mavjud bo’lish kerak.
Mineral o’g’itlarni idishsiz (uyma holda) transportlarda tashishga ruxsat etiladi, faqat chang bo’lishligi inobatga olingan holda brezent bilan yopib qo’yiladi. Suyuq o’g’itlar ishlatish joylariga
67
ammiak tashuvchi avtotsisternalarda, shuningdek yuk tashuvchi mashinalar ustida hajmli idishlarda
yoki transport bochkalarda etkazib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |