Хфх лек Хосилбеков


Urug’liklar va o’simliklarga kimyoviy ishlov berishda xavfsizlik choralari



Download 263,9 Kb.
bet65/179
Sana26.02.2022
Hajmi263,9 Kb.
#468577
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   179
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan maruzalar matni

Urug’liklar va o’simliklarga kimyoviy ishlov berishda xavfsizlik choralari


Qishloq xo’jaligi ekinlari urug’larini o’z vaqtida dorilash, g’o’za va don ekinlari o’simliklarininni kasalliklarga chidamli va zararkunanda hasharotlardan muhofazasini ta’minlab
tez va bir tekis unib chiqishiga yordam beradi.
G’o’zaning keng tarqalgan kasalliklaridan biri - urug’lik chigitning chirib ketishi, unib chiqayotgan nihollarning ildizlarini zararlanishidir. Bunda tuproq tarkibida mavjud bo’lgan patogen
zamburug’lar chirituvchi omil hisoblanadi.
Urug’larni dorilashda ishlatiladigan barcha kimyoviy preparatlar kuchli ta’sir etadigan va zaharli bo’ladi. Shu tufayli urug’larni dorilaydigan shaxslar ish paytida nihoyatda ehtiyot bo’lishlari
63
va muhofaza choralariga qat’iy rioya qilishlari kerak, aks holda bu preparatlarning o’tkir va surunkali ta’siri natajasida og’ir kasalliklarga yo’liqishlari mumkin.
Urug’liklar shamol esadigan tomonda, turar joylar, molxona, oziq-ovqat, yem-xashak saqlanadigan omborlar, suv manbalaridan 200 m uzoqlikda joylashgan maxsus binolarda dorilanadi.
Urug’lik dorilanadigan agregatlar sozlangan, germetik berkiladigan bo’lishi kerak, chang- to’zon
ko’tariladigan joylarda havoni tozalab turuvchi moslama (ventilyator) bo’lishi shart. Urug’liklarni dorilash vaqtida ishchilar maxsus korjoma (kombinizon), ko’zoynak, respirator va niqob(maska)larda bo’lishlari shart. Urug’liklarni dorilashda maxsus tibbiyot
ko’rigidan o’tgan, o’n sakkiz yoshdan katta va 55 yoshdan oshmagan kishilar ishlashi mumkin. Homilador va emizikli ayollarning ishlashiga aslo ruxsat qilinmaydi. Dorilashda qatnashuvchi kishilarning ish kuni 6 soatdan oshmasligi kerak. Ularga har kuni kamida yarim litrdan sut berib turilishi, ish tugagandan so’ng, albatta, maxsus yuvinish joylari (dush)da sovunlab cho’milish tavsiya etiladi. Korjoma bilan uyga qaytmaslik kerak.
Zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlaydigan kishilarning shaxsiy himoya vositalari:
korjoma, niqob, gazniqob va maxsus etiklari o’zlariga loyiq bo’lishi kerak. Aks holda tor kiyim harakatga halaqit qiladi. Etik tor bo’lsa, oyoq panjalari shilinishi yoki qadoq bo’lishi mumkin. Natijada jarohatlangan yerga zaharli kimyoviy moddalar tushib, kishini zaharlashi mumkin.
Kiyimkechak
katta bo’lsa ham ishlash xavfli bo’ladi, chunki kiyimning yengi va yoqasidan zaharli
kimyoviy moddalarning changi, zarrasi tushadi va teri orqali kishi organizmiga o’tishi mumkin. Shaxsiy himoya vositalari hamisha ozoda bo’lishi kerak.
Urug’liklarni ПУ-3, ПСШ-3, ПС-10 mashinalari yordamida dorilash ancha samarali va xavfsiz bo’ladi. Urug’liklarni dorilashning nam usulini qo’llashning afzalligi shundaki, zaharli
kimyoviy modda bilan ishlab turgan kishi nafas oladigan havoda kimyoviy modda, shu jumladan, o’ta ta’sirchan simoborganik birikmalarning changi va bug’i ancha kamayadi.
Qishloq xo’jalik ekinlarining vegetatcion jarayonini jadallashtirish maqsadida suyuq ammiakdan keng foydalaniladi. Yerga suyuq ammiakni solishdan oldin mexanizator zaxira idishini,
nasos va taqsimlagichlarni germetikligini, o’lchov-nazorat asboblarining sozligini tekshirishi lozim.
Ish vaqtida suyuqlikni sarf bo’lishi va bosimiga, suyuqlik solinadigan hajmlarning sozligiga, mashinaning ishchi organlaridagi injektorlarning ishlashini nazorat qilish kerak. Ish joylarida havoning gazlashganligini kamaytirish uchun agregat yurishining oxirida nasosni o’chirib, ishchi
organlarini tuproqdan chiqarmasdan, 8-12 m yurgandan so’ng mashinani transport holatiga keltiriladi. Halokat holatlarda (suyuqlik shlanglari yoki nasos korpusi yorilsa) haydovchi darhol xavfsiz hududga chiqishi va ShHV kiyishi shart, xavfli hududdan darhol odamlarni va hayvonlarni
chiqarish choralarini ko’rishi lozim.
Suyuq ammiak bilan ishlaydigan mashina va transport vositalari xavfsizlik choralariga
qat’iy rioya qilingan holda maxsus ustaxonalarda ta’mirlanadi. Suyuq ammiak uchun idishlarni sinovdan o’tkazish va texnik hujjatlashtirish, yuqori bosim ostida ishlaydigan idishlarnikidek olib
boriladi. Sisterna ichini nazoratdan o’tkazish yoki ichida birorta ishni bajarish ikki ishchi bilangina
olib boriladi (birinchi ishchi ehtiyotligi uchun), ular kombinzonlar, rezina etiklar va shlangli gaz niqoblari bilan ta’minlangan bo’lishlari lozim. Ammiak tashiydigan agregatlar karbonat angiridli yoki ko’pikli o’t o’chirgich va 10 l suv sig’adigan idish bilan jihozlanishi kerak.
Ammiak
bilan ishlaydigan mashina va uskunalar ishlovchilari maxsus o’qitish kurslarida o’qigan va malaka
oshirgan bo’lishlari shart.

Download 263,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish