K. urugʻi 4—6°da 10—15 kunda unib chiqadi. Maysasi — 6° sovuqqa bardoshli (qisqa
qorasovuqlarga chidaydi). Issiqlikka talabchan, yorugʻsevar, qisqa kunli, qurgʻoqchilikka chidamli,
namsevar oʻsimlik. Soya joyda yaxshi rivojlanmaydi. Oʻsuv davri 80—140 kun. Ozuqaga talabchan,
1 t pista va poyabarg hosil qilishi uchun 50–60 kg azot, 20—25 g fosfor, 120–160 kg kaliy talab
qiladi.
K.dan, asosan, ovqatga ishlatiladigan kungaboqar moyi olinadi, silosbop navlaridan silos
bostiriladi, chiqindilari (shrot va kunjarasi) chorva mollariga yuqori sifatli ozuqa.
K. erta bahorda tuproq harorati 8— 12° yetganda va takroriy ekin sifatida koʻzgi bugʻdoy va
arpadan keyin ekiladi. Ekishdan oldin yer tekislanadi. Yer haydashdan oldin goʻng (20 t/ga),
azotli, fosforli va kaliyli oʻgʻitlar solinadi. Ekish uchun r-nlashtirilgan navlar urugʻi keng qatorlab
va punktir usulda 5—8 sm chuqurlikda ekiladi. Sugʻoriladigan maydonlarda koʻchat qalinligi 60
ming tup/ga boʻlishi lo-zim (1 ga maydonga pista uchun 5–8 kg , silos uchun 35–40 kg urugʻlik
sarflanadi). K. urugʻi ekishdan oldin zarar-kuvanda va kasalliklarga qarshi dorilanadi. Ekishda
makkajoʻxori ekiladigan seyalkalardan foydalaniladi. Oʻsuv davrida qator orasi 2—3-marta
kultivatsiya qilinadi, 5—6-marta su-gʻoriladi. Gullash davrida ekinzorda asalari uyalari qoʻyilsa K.
gullari yaxshi changlanadi. Gullash davrida koʻp suv talab qiladi. Sugʻorish meʼyori 600– 800
m³/ga. K.ning yetilganligini savatining sariq-jigarrangga kirganligiga qarab aniqlash mumkin. Hosil
don kombaynlarida maxsus moslama bilan oʻrib olinadi.
Navlari: Oʻzbekistonda VNI-IMK 8931, Chkalov giganti navlari ekiladi.
Zararkuvandalari: simqurtlar, soxta simqurtlar, kungaboqar ka-palagi, kemiruvchi tunlamalar va
boshqa
Kasall i kl ari : oq chirish, kulrang chirish va boshqa, begona oʻtlardan shumgʻiya juda zararlidir.
Vasilyev D. S, Podsolnechnik, M., 1990; Atabaye va H. va boshqa, Oʻsimlikshunoslik, T., 2000.
Halima Otaboyeva.
[1]
Kungaboqar — murakkabguldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik, asosiy
moyli
ekinlardan
biri. Vatani —
Shimoliy amerika
. Yovvoyi holda oʻsadigan Kungaboqarlarni
ispanlar
Yevropaga
1510
-yilda keltirganlar. Dastlab manzarali oʻsimlik sifatida ekilgan. Uzoq tanlash yoʻli bilan
madaniy Kungaboqar (dastlab pistasi chaqiladigan, soʻngra
moy
olinadigan xillari) yaratilgan.
Rossiyaga 18-asrda
Gollandiyadan
keltirilgan va 19-asr oʻrtalarida katta maydonlarga ekilgan.
Adabiyot
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
Kungaboqar yogʻi
Manbalar
Soʻnggi tahrir 17 kunlar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
title=Kungaboqar&oldid=2402880
"
dan olindi