Qusish (yunon. emesis) – oshqozon ichidagi massaning og`iz orqali noixtiyoriy ajralishi. Ko`pincha qusish ko`ngil aynishidan so`ng kechadi. Qusish faqatgina hazm qilish organlari kasalliklarida emas balki yuqumli kasalliklarda, zaharlanishlarda, buyrak kasalliklarida, qandli diabetda, gipertonik kasalliklarda, nerv kasalliklarida kuzatiladi. Qusish bemor holatini yomonlashtirishi, organizmni suvsizlantirishi va elektrolitlar yo`qotilishiga sabab bo`ladi.
Bemorning hushini yo`qotganda qusish massalari bilan aspiratsiyasi bo`lishi mumkin, bu esa o`pka yallig`lanishiga sabab bo`ladi; uzoq aspiratsiya asfiksiyaga olib kelishi mumkin. Og`ir qusish ko`pincha oshqozon shilliq qavatining buzilishiga olib kelib, oshqozon qon ketishiga olib kelishi mumkin (Mellori-veyss sindromi).
Do'stlaringiz bilan baham: |