CHORVACHILIKNINI INTENSIV RIVOJLANTIRISHDA CHETDAN KELTIRILGAN
SERSUT SIGIR ZOTLARNING FARG‟ONA VODIYSI MIKROIQLIM SHAROITIGA
MOSLASHTIRISH
To‗xtasinov F.R.
Farg‘ona davlat universiteti
Havo odam va hayvonlarning hayot faoliyati uchun zarur bo‗lgan tashqi muhitning asosiy
elementlaridan biridir. Gippokrat bizning sog‗ligimiz va kasalligimiz atrofimizni o‗rab turgan tashqi
muhit ya‘ni havo, suv, tuproq va boshqalarning xarakteriga bog‗liq, deb aytgan edi. Havo muhiti
hayvonlar organizmiga har doim ta‘sir ko‗rsatib turadi va ayni vaqtda odamning ishtiroki hamda
faoliyati tufayli o‗zgaradi ham. Havo muhitining gigienik ahamiyati quyidagilardan iborat: havo
tarkibida nafas olish uchun zarur kislorod bo‗ladi. Moddalar almashinuvida hosil bo‗ladigan hamma
gazsimon mahsulotlarni o‗ziga tortib oladi, issiqlik almashinuvini tartibga solib turadi. Biroq, havoda
zaharli moddalar va patogen mikroorganizmlar bo‗lsa, u odam vahayvonlarga zararli ta‘sir etishi ham
mumkin. Mikroiqlim - yopiq, chegaralangan bo‗shliqdagi, ya‘ni molxonalar ichidagi iqlimga aytiladi.
Bunday holda havoning fizik (harorat, namlik, havoning harakati,yorug‗lik, ionizatsiya, shovqin),
kimyoviy (havodagi gazlar) va mexanik aralashmalar (chang mikroorganizmlar) birgalikda o‗rganiladi.
Chorvachilik binolarida mikroiqlimning hosil bo‗lishi qator faktorlarga bog‗liqdir: mahalliy iqlim,
hajm rejali echimlari, havoning almashishi (ventilyasiya), isitish tizimi, to‗siqlarning issiqlik saqlash
xususiyati, saqlashtexnologiyasi va oziqlantirish, go‗ngni yig‗ishtirish usuli, mollarni saqlash zichligi
va boshqalar. Mikroiqlimning hosil bo‗lishida asosiy faktor bo‗lib bino qismlari va to‗siqlarning ichki
harorati hamda to‗siqlar va hayvonlar orasida iosiqlik almashish nurining kattaligi hisoblanadi.
Mikroiqlimni odamlar xohlagan tomonga osongina o‗zgartirishi mumkin.
Chorvachilikni intensiv rivojlantirishda iqtisodiy samaradorlikni oshirish borasida mollarni
to‗g‗ri va oqilona joylashtirish ishida mavjud mikroiqlimni aniqlash ma‘lum ahamiyatga ega.
Qanchalik naslli mol |bo‗lmasin, mikroiqlim sharoitini yaratmasdan ular sog‗ligini saqlash,
mahsuldorligini oshirish va nasl ko‗rsatkichlarini ko‗tarish qiyin. Keyingi aniqlashlar shuni
ko‗rsatadiki, chorvachilik mahsulotlarining 20 % gacha ko‗tarish mikroiqlim ko‗rsatkichlariga
bog‗liqdir. (Y.A.Suvonqulov, Y.X.Musinov (1995) va boshqalar). Mikroiqlim ko‗rsatkichlari har
tomonlama birgalikda hayvonlarning fiziologik holatiga, mahsuldorligiga va sog‗ligiga ta‘sir etadi.
Talabga javob bermaydigan mikroiqlim tufayli chorvachilik va parrandachilik mahsulotini
kamayishidan, urg‗ochi mollarning qisir qolishidan, yosh mollarning o‗lishidan, olinadigan
mahsulotga oziqa xarajatini ko‗payishidan juda katta zarar ko‗radi. SHuni aytish ham zarurki,
qoniqarsiz mikroiqlim sharoitida hayvonlar organizmining tabiiy chidamliligi va kasalliklarga qarshi
kurash faoliyati pasayadi. Bundan tashqari past harorat va namlikning yuqori bo‗lishi molxonalarni
tezda ishdan chiqishiga sabab bo‗ladi. Yuqori mahsuldorli hayvonlar past mahsulotli hayvonlarga
nisbatan mikroiqlimning o‗zgarishiga juda sezuvchan bo‗ladi, ayniqsa mahsuldorligi pasayishida aniq
seziladi. Molxonalar mikroiqlimining buzilishi yoki qoniqarsiz bo‗lishiga qurilish loyihalarining
buzilishi, materiallardan va molxonalardan to‗g‗ri foydalanmaslik, bino qismlarining issiqlik
yutuvchanlik xususiyatlari (devor, pol, eshik, oyna, tom usti va boshkalar) nochorligi, havo
almashishining yetishmasligi, go‗ng va go‗ng suyuqligini chiqarish mexannzmlarining yomon ishlashi,
molar turadigan joylarning iflosliklari va boshqalar sabab bo‗ladi. Shunday molxonalarda qish
paytlaryada haroratning pastligi va namlikning yuqoriligi tufayli devorlar va shiftni zaxligidan
hayvonlar o‗zlaridan ko‗p miqdorda issiqlik chiqarishdan tanasi sovuydi, yozda esa yuqori harorat va
namlik organizmni qizdirishi tufayli mahsuldorlik pasayadi. Molxonalardan to‗g‗ri foydalanmaslik,
ventilyasiyaning yomon ishlashi, vaqtida go‗ng va go‗ng suyukligini chiqarmaslik, sug‗orish
tizimlaridan suvni oqib yotishlari havoda namlikni, karbonat angidrid, ammiak va vodorod sulfid
gazining ko‗payishiga va havoning ionizatsiya xususiyatining pasayishiga sabab bo‗ladi.
Chorvachilikni intensiv rivojlantirish, chorvachilik binolarida mu‘tadil mikroiqlim sharoitlarini
yaratish, chorva mollari va ishlaydigan chorvadorlar uchun asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Chorvachilik binolarida qoramollar uchun tavsiya etiladigan mikroiqlim ko‗rsatgichlari quyidagi
jadvalda keltirilgan.
365
Qoramollar uchun tavsiya etiladigan mikroiqlim ko‗rsatgichlari
(Musinov Y.X., Chalabayev A.J., 2010)
Ko‗rsatgichlar
Molxonada
Qalin
to‗shamada
Buzoq
xonada
Profilak
toriyda
4 - 12
oylik
buzoqlar
uchun
1
yoshdan
katta
tanalar
uchun
Harorat, °С
10
(8 - 12)
6
(5 - 8)
16
(14 - 18)
18
(16 - 20)
12
(8 - 16)
12
(8 - 16)
Nisbiy namlik,
%
70
(50-85)
70
(50-85)
70
(50-85)
70
(50-85)
70
(50-85)
70
(50-85)
Havo harakati,
m/sек
0,3-0,4
0,3-0,4
0,2
0,1
0,3
0,3
o‗tish davrida
0,5
0,5
0,3
0,2
0,5
0,5
Yozda
0,8-1,0
0,8-1,0
0,5
0,3-05
1,0-1,2
0,8-1,0
1 m
3
havodagi
mikroblar
soni, ming
70
70
50
20
70
70
Karbonat
angidrid, %
0,25
0,25
0,15
0,15
0,25
0,25
Ammiak, mg/m
3
20.0
20.0
10,0
10,0
10,0
15,0
Vodorod sulfid,
mg/m
3
10,0
10,0
5,0
5,0
5,0
10,0
Iqlim chorvachilikda to‗g‗ridan-to‗g‗ri va qo‗shimcha ahamiyatga ega bo‗lib, ba‘zi chorva
mollarining turini va zotlarini tarqalish chegarasiga ta‘sir qiladi. Har bir joyning iqlimi o‗znni javob
yoki ko‗nikish reaksiyasi bilan javob beradi. Masalan, iqlimi qahraton qishli, shamol va yillik harorati
juda katta farq qiladigan sharoitda hayvonlarning tirik vazni yuqori, terisi qalin, uzun va qalin juni qil
aralash, tuyoklari qalinlashgan, shoxlari ingichkalashgan va kalta bo‗ladi. Issiq va quruq iqlimli
sharoitda terilari yupqa, qoramtir rangda, teri bezlarining funksiyasi ortgan, shoxlari yo‗g‗on, tuyog‗i
zich va mustahkam bo‗ladi. Tog‗li sharoitlarda hayvonlarning nafas olish a‘zolari yaxshi rivojlangan.
muskul va suyaklari baquvvat, ko‗krak qafasi uzun va shishgan, skelet suyaklari ko‗pol va qon
tarkibida eritrotsitlar va gemoglobin ko‗paygan bo‗ladi. Havo muhiti organizmga fizik, kimyoviy,
mexanik va biologik ta‘sir etib, uning fiziologik funksiyalariga, mahsuldorligiga, ko‗payish xususiyati
va sog‗liq holatiga sezilarli ga‘sir qiladi. Havo tashqi muhitning muhim qo‗zg‗atuvchi elementi bo‗lib,
markaziy nerv tizimi orqali ta‘sir qiladi, unga har xil javob reaksiyasini chaqiradi. Havo muhitini
o‗zgarishiga moslashishda organizm o‗zinn qo‗riqlash mexanizmlarini ishga soladi va uning javob
reaksiyasini kuchi yuqori kelsa mollarning mahsuldorligi pasaymaydi va kasal bo‗lmaydi. Aks holda
shu hodisalar, faktorlar hayvonlarning mahsuldorligining pasayishiga, organizmning tabiiy
chidamliligini kamaytirib har xil kasalliklarni paydo bo‗lishiga sababchi bo‗ladi. Havo muhitining har
xil faktorlari hayvonlar organizmiga ta‘sir etib, unda javob reaksiyasini paydo qiladi va asta-sekin shu
sharoitga moslashadi (adaptatsiya qiladi), ya‘ni tashqi muhit ta‘sirlariga organizmning fiziologik
funksiyalari deyarli o‗zgarmaydi. Yangi sharoitga hayvonlar organizmining moslashishi davrida
qiladigan ta‘sirlarni kuchiga qarab stress holati paydo bo‗ladi. Bunda organizmda morfologik va
funksional o‗zgarishlar bo‗lishi bilan shu sharoitga moslashishi va himoyani hosil bo‗lganini bildiradi.
Agar tashqi muhit ta‘sirlari juda kuchli va davomli bo‗lsa hayvon organizmi tez moslasha olmaydi va
ularda paydo bo‗lgan javob reaksiyasi stress holatini birinchi davri yoki vahima reaksiyasi deyiladi.
Binobarin, qachonki organizmni himoya - moslashish kuchi stress ta‘siriga javob bera olsa, keyin
stressning ikkinchi davri yoki rezistentlik davri boshlanadi. Agarda kuchli stress faktorlar uzoq vaqt
davomida ta‘sir qilib borsa, organizmni moslashish holatlari yo‗qolib, stressning uchinchi davri, ya‘ni
to‗liq oriqlash davri boshlanadi.
Qishloq xo‗jalik hayvonlarida mikroiqlim hamda noto‗g‗ri oziqlantirish va sug‗orish, texnologik
jarayonlarning buzilishi, biologik faktorlar va boshqalarning ta‘sirida stresslar bo‗ladi. Havo
muhitining faktorlari orasida muhim ahamiyatga ko‗proq fizik xossalari egadir, ya‘ni meteorologik
366
faktorlar: harorat, namlik, atmosfera bosimi, havoning harakat tezligi, quyosh radiatsiyasi va
boshqalardir. Havoning fizik holatiga qarab ob-havo xarakteri, iqlim va mikroiqlimi ham o‗zgarib
turadi. Havoning fizik xossalarini gigiena tomondan ahamiyati katta bo‗lib, u doimo organizmga uning
ko‗pgina fiziologik funksiyalariga ta‘sir qiladi. Bu ta‘sirlar gaz almashish, modda almashish, tana va
teri harorati, qonning fizik, kimyoviy tarkibi, hayvonlarning mahsuldorligi, organizmning tabiiy
chidamliligi va boshqalarda yaqqol namoyon bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |