Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/414
Sana16.12.2022
Hajmi7,33 Mb.
#888196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   414
Bog'liq
Туплам

 
Табиий фанлар факультети. 
 Биология кафедраси. 



ЎСИМЛИК ВА ҲАЙВОНОТ ОЛАМИ БИОЛОГИК ХИЛМА-
ХИЛЛИГИНИНГ ЎРГАНИЛИШ ҲОЛАТИ ВА ИСТИҚБОЛЛАРИ 
HAYVONOT DUNYOSINING ZAMONAVIY SISTEMASI 
 
Mavlonov O., Safarov Q 
Toshkent davlat pedagogika universiteti 
Hozirgi davrda 1,6 milliondan ortiq, jumladan 133000 dan ortiq qazilma hayvonlar, 1,3 
milliondan ortiq bo‗g‗imoyoqlilar, 118000 dan ortiq molluskalar, 42000 dan ortiq umurtqali hayvonlar 
turi aniqlangan. Yaqin davrgacha Bir hujayralilar Eng sodda hayvonlar (Protozoa) kenja dunyosi nomi 
bilan Hayvonot dunyosi tarkibiga kiritilgan. Ammo ular orasida heterotrof turlar bilan bir qatorda 
aftotrof oziqlanadigan turlarning bo‗lishi hayvonlar bilan o‗simliklar orasidagi farqni aniq belgilashga 
imkon bermaydi.
Zamonaviy sistemada Hayvonot dunyosi (Animalia) Parazoylar (Parazoa) va Haqiqiy 
ko‗phyjayralilar (Metazoa) kenja donyosiga ajratiladi. Parazoylar - haqiqiy to‗qima va organlari 
rivojlanmagan, ko‗pchilik hujayralari harakatchan va o‗z shakli va funksiyasini o‗zgartirib turish 
xususyatiga ega bo‗lgan hayvonlar. Bu kenja dunyoga G‗ovaktanalilar tipi kiradi. Eng sodda hayvonlar 
esa Yashil suv o‗tlari va Zamburuglar bilan birga Protistlar (Protista) dunyosini tashkil etadi. 
Quyida Hayvonot dunyosining yirik sistematik guruhlari: tiplari va sinflari bo‗yicha asosiy 
ma‘lumot keltirilgan. 
1.Plastinkalilar (Placozoa) tipi otuvchilarga yaqin turadi. 2 turi ma‘lum.
2. G‗ovak tanalilar (Porifera, yani Spongia) tipi. 5000ga yaqin turi ma‘lum. Ohakli 
g‗ovaktanlilar (Calcarea), Oddiy g‗ovaktanlilar (Demospongiae), Shishasimon, ya‘ni Oltinurli 
g‗ovaktanalilar (Hexactinellida) sinflarga ajratiladi.
3. Mезозоylar (Mesozoa) tipi. Parazit yashash ta‘sirida juda soddalashgan hayvonlar. Ularni 
yassi chuvalchanglardan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. 
4. Otuvchilar (Cnidaria) tipi. Yaqin davrgacha bo'shliqichlilar (Coelen-terata) nomi bilan atalgan. 
10000 -11000 turi ma‘lum. Gidrozoylar (Hydrozoa), Scyfoidlar (Scyphozoa), Korall poliplar 
(Anthozoa) sinflariga ajratiladi.
5.Taroqlilar (Ctenophora) tipi. 100-150 ga yaqin turi ma‘lum. Paypasla-gichlilar (Tentaculata) va 
Paypaslagichsizlar (Atentaculata) sinflariga ajratiladi.
6. Yassi cuvalchanglar (Plathelminthes) tipi. Kiprikli chuvalchanglar (Turbellaria), So‗rg‗ichlilar 
(Trematoda), Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoidea) sinflariga ajratiladi. 25 000 ga yaqin turi 
mavjud. 
7. Nemertinalar (Nemertini) tipi. 1000 ga yaqin turi ma‘lum. Ko‗pchilik turlari dengiz sohil 
yaqinida tarqalgan. Ayrim turlari chuchuk suv va tuproqda yashaydi; molluskalar yoki 
qisqichbaqaasimonlarda parazitlik qiladi. 
8.Tikanboshlilar (Acanthocephala) tipi. 300 ga yaqin turi ma'lum.
9.Og‗izaylangichlilar (Rotifera) tipi . 1300 dan ko‗proq turi aniqlangan. 
10.Qorinkipriklilqar (Gastrotricha) tipi. Taxminan 100 dan 600 gacha turi bo‗lishi taxmin 
qilinadi.
11.Kinorinxlar (Kinorhyncha) tipi. 30 ga yaqin turi dengizda yashaydi.
12.Priapulidlar (Priapulida) tipi. Bir necha turi Atlantika, Shimoliy muz okeani, Antarktika 
suvlarida tarqalgan. Suv tubida loyqaga ko‗milib yashaydi. 
13. Tugarak chuvalchanglar (Nematoda) tipi
.
80000 ga yaqin turi ma‘lum. Tuproq va suv 
havzalarida erkin yashaydi yoki odam, hayvon va o‗simliklarda parazitlik qiladi.
14. Qilhuvalchanglar (Nematomorpha) tipi. Voyaga etgan davrida ichagi reduksiyaga uchraydi. 
Lichinkasi suv hasharotlari va qisqichbaqasimonlarda parazitlik qiladi. Ular tanasidan suvga chiqib
voyaga etadi. 320 turi ma‘lum. 
15.Ichki teshiklilar (Entoprocta) tipi. 60 turi asosan dengizlarda tarqalgan. 
16.Mshankalar (Ectoprocta) tipi. Bryozoa deb ham ataladi. 5000 ga yaqin turi ma‘lum. 
Yopiqog'izlilar (Phylactolaema), Yalang'ochog'izlilar (Gymnolae-mata) sinflariga ajratiladi.


10 
17.Sikloforalar (Cycliophora) tipi. Omar qisqichbaqasi og‗zidan topilgan parazit umurtqasizlar. 
Uch turi ma‘lum. 
18.Foronoidlar (Phoronida) tipi. 12 turi dengiz tubida nay ichida hayot kechiradi. 
19. Yelka oyoqlilar (Brachiopoda) tipi. 280 turi aniqlangan. Qulfsizlar (Inarticulata) va Qulflilar 
(Articulata) sinflariga ajratiladi.
20. Molluskalar, ya‘ni yumshoq tanalilar (Mollusca) tipi 100 000 ga yaqin turi mavjud. 
Monoplakoforalar (Monoplacophora), (Chig‗anoqsizlar), ya‘ni Egatqorinlilar (Solenogastres), 
Sovutlilar (Polyplacophora), Kurakoyoqlilar (Scaphopoda), Qorinoyoqlilar (Gastropoda), Ikki 
pallalilar – (Pelecypoda), Boshoyoqlilar (Cephalopoda) sinflarga bo‗linadi.
21. Sipunkulidlar (Sipunculida) tipi. 250 ga yaqin turi ma‘lum. Dengiz tubida uyacha ichida 
hayot kechiradi. 
22.Exiuridlar (Echiurida) tipi. 130 ga yaqin turi aniqlangan. Dengizning chuqur qismida suv 
tubida hayot kechiradi. 
23.Halqali chuvalchanglar (Annelida) tipi. 12 000 ga turi bor. Ko‗ptuklilar (Polychaeta), 
Kamtuklilar(Oligochata), Zuluiklar (Hirudinea) sinflari kiradi. 
24.Pogonoforalar - Pogonophora tipi. 100 ga yaqin turi aniqlangan. Dengizlarning 1000 m dan 
chuqurroq qismida nay ichida yashaydi.
25.Beshog'izlilar (Pentastomata) tipi. Tilchalilar (Linguatulida) deb ham ataladi. Yuksak 
umurtqalilar (sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar) nafas olish organlarida parazitlik qiladi.
26.Imillab yuruvchilar (Tardigrada) tipi. 600 turi malum. to‗rt bo‗g‗imli tanasining har bir 
bo‗g‗imida bir juftdan oyoqlar bor. 
27.Onixoforalar (Onychophora) tipi. Birlamchi traxeyalilar (Protracheata) ham deyiladi. Sernam 
tropik mintaqalarda keng tarqalgan. 75 turi ma‘lum.
28. Bo‗g‗imoyoqlilar (Arthropoda) tipi. Taxminan 1,5-2 млн. turi mavjud. Qisqichbaqasimonlar 
(Crustacea), Laboyoqlilar (Chilopoda), ikkijuftoyoqlilar (Diplopoda), Dengiz o‗rgimchaklari 
(Pycnogonida), 
Pauropodlar 
(Pauropoda), 
Symfillar 
(Symphyla), 
Hasharotlar 
(Insecta), 
O‗rgimchaksimonlar (Arachnida), Merostomasimonlar (Merostomata) sinflariga ajratiladi. 
29. Qiljag'lilar (Chaetognatha) tipi. Okeanlarda taxminan 115 turi ma‘lum. Ko‗pchilik turlari 
planktonda yashaydi.
30. Igna terililar (Echinodermata) tipi. 5000 ga yaqin turi dengizlarda tarqalgan. Beshta sinf: 
Dengiz bodringlari, ya‘ni Dengiz ko‗zachalari (Holothu-roidea), Dengiz yulduzlari (Asteroidea), 
Ilondumlilar (Ophiuroidea), Dengiz nilufarlari (Crinoidea), Dengiz tipratikanlari (Echinoidea) 
sinflariga bo‗linadi.
31.Chalaxordalilar (Hemichordata) tipi. Chuvalchangsimon hayvonlar. Dengiz tubida yashaydi. 
100 ga yaqin turi bor. Ichak bian nafas oluvchilar (Enteropneusta) va Qanotjabralilar (Pterobranchia) 
sinflariga ajratiladi. 
32. Xordalilar (Chordata) tipi. Lichinka xordalilar, Boshqutisizlar, Umurtqalilar tiplariga 
ajratiladi. 
Lichinka 
xordalilar 
(Urochordata), 
ya‘ni 
qobiqlilar 
(Tunicata) 
kenja 
tipiga 
Appendikulariyalar (Appendicularia), Assidiyalar (Ascidiacea), Pelagik qobiqlilar (Thaliacea) sinflari; 
Boshqutisizlar (Acrania) kenja tipiga Boshxordalilar (Cephalochordata) sinfi kiradi. Umurtqalilar 
(Vertebrata), ya‘ni Boshqutililar (Craniata) kenja tipi Jag‗sizlar (Agnatha) va Jag‗lilar (Gnathostomata) 
bo‗limiga ajratiladi. Jag‗sizlar eng sodda umurtqalilar - miksinlar va minogalardan iborat To‗garak 
og‗izlilar (Cyclostomata) sinfini o‗z ichiga oladi. Umurtqalilar kenja tipining jag‗lilar bo‗limi Baliqlar 
(Pisces) va To‗rtoyoqlilar (Tetrapoda) katta sinflariga ajratiladi. Baliqlar katta sinfi Tog‗ayli baliqlar 
(Chondrichthyes), Suyakli baliqlar (Osteichthyes) sinflaridan iborat. To‗rtoyoqlilarga esa Suvda 
hamda quruqlikda yashovchilar (Amphibia), Sudralib yuruvchilar (Reptilia), Qushlar (Aves), 
Sutemizuvchilar (Mammalia) sinflari kiradi.
Shunday qilib, zamonaviy sistemada "hayvon" nomi taksonomik ma‘noda faqat ko‗phujayralilar 
bilan bog‗liq. Hayvonot dunyosiga muayyan belgi va xususiyatlar, xususan, oogameyaga, to‗qimali 
tuzilishga, kamida ikkita murtak varag‗iga, embrional rivojlanish davrida blastula va gastrula 
davrlariga ega bo‗lgan organizmlar kiradi. Ko‗pchilik hayvonlarning nerv va muskullari rivojlangan. 
G‗ovak tanalilar, Plastinkalilar, Mezozoylar va Knidosporidiyalarda muskul va nervlarning bo‗lmasligi 
ikkilamchi xususiyatga ega. 


11 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish