Adabiyotlar
1.
«Катарантус и его лечебные свойства» - Ахатова И.А. Ожегов В.Д.
2.
http/wikipedia.com- «Настойки из катарантуса»
3.
http://nmedic.info/story/katarantus
TOPINAMBUR
(HELIANTHUS TUBEROSUS L)
O„SIMLIGINING QANDLI DIABETNI
DAVOLASHDAGI O„RNI VA IQTISODIY SAMARODORLIGI
Abidqoriyev A., Turdiyeva N.
Andijon davlat universiteti
Mustaqillik yillarida dorivor o‗simliklar tayyorlash va ularni qayta ishlash muhim sanoat
tarmog‗iga aylandi.
Mahalliy xomashyo va dorivor o‗simliklar asosida dori-darmon vositalarini ishlab chiqarishni
kengaytirish hisobiga farmatsevtika mahsulotlarining mahalliylashtirilishini chuqurlashtirish hamda
kengaytirish, shuningdek, ularni tibbiyot amaliyotiga keng joriy etish dolzarb masala hisoblanadi.
Hozirgi paytda xalqaro tibbiyot amaliyotida foydalanilayotgan 350 turdagi dorivor o‗simliklardan 71
tasi respublikada tashkil etilgan sanoat plantatsiyalarida yetishtiriladi. Bu esa talab va ehtiyoj katta
bo‗lgan dori-darmon vositalarini mahalliy sharoitda uzluksiz ishlab chiqarish uchun yetarli emas,
albatta. Shuni inobatga olgan holda, ishlab chiqarish quvvatlariga yaqin bo‗lgan ekologiyasi toza
va sof bo‗lgan tumanlarda yangi plantatsiyalarni tashkil etish rivojlanayotgan farmatsevtika sohasining
dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Boisi import qilinayotgan dori-darmon maxsulotlarini mahalliy
homashyolar hisobiga qoplash bu sohadagi iqtisodiy tejamkorlikka hamda valyutani mamlakatdan
chiqib ketmasligiga olib keladi.
308
Yuqoridagilarni hisobga olgan xolda ilmiy ishlarimizni aholi o‗rtasida keng tarqalgan va
davolash uchun dori-dartmon mahsulotlari asosan import qilinadigan o‗simliklarni o‗rganishga
qaratdik. Shunday o‗simliklardan biri topinambur ya‘ni
Helianthus tuberosus
dir
.
Helianthus tuberosus L.
qoqio‗tdoshlar (Asteraceae) oilasiga mansub bir yillik o‗t o‗simlik
bo‗lib, mahalliy aholi tomonidan yernok deb ham atalgan. Topinambur tik o‗suvchi, serbarg o‗simlik.
Turli navlari va sharoitga qarab poyasining bo‗yi 1metrdan 5 metrgacha boradi. To‗yimli, vitaminlarga
boy va qoramollarni semirtiruvchi qimmatli poyasidagi shox-shabbalarining soni 16-35 tagacha
boradi. Yakka poyali va 5 tagacha poya xosil qiluvchi navlari yaratilgan. Barglari tuxumsimon, etdor,
chetlari tishli. Gullari yorqin sariq gullardan iborat savatcha to‗pgulda joylashgan. Mevasi mayda
pistacha, 1000 ta og‘irligi 8-10 gramm.
Topinambur tuganaklari qimmatbaho hisoblanib, undan odamlarni davolashda, poyasidan chorva
hayvonlari uchun silos olishda foydalaniladi.
Topinambur tuganaklari tarkibida 3% oqsil, mineral tuzlar, polisaxarid, inulin aralashmasi 16-
18% gacha, fruktoza, mikroelementlar 2-4%gacha, azotli moddalar, azotsiz moddalar 17,9%, moy
0,2% bo‗ladi. B
1
, C vitamini, karotin moddasi bor. Tarkibidagi qand moddasi miqdorining oshib
borishi vegetatsiya davrining uzun-qisqaligiga bog‘liq.
Topinambur beqiyos homashyo hisoblanadi. Poyasi gektariga 30 tonna yashil massa beradi.
Undan tibbiyot, oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‗jaligida foydalanish katta iqtisodiy samaraga olib
keladi. Uning yer ustki qismidan chorva hayvonlariga selos olishda, sanoatda esa selluloza va qog‘oz
olishdada foydalanish mumkin. Tuganaklaridan spirt ishlab chiqarishda foydalaniladi. Undan spirt
ishlab chiqarish kam energiya talab qiladi va quyidagi spirtlar: izopropil (propanol 2), izobutanol
(butanol 2), izoamil spirt 10 ga bug‘doydan olish mumkin bo‗lgan spirtni uning 1 ga tuganagidan olish
mumkin [1].
E‘tirof etish kerakki, topinambur qandli diabet kasalligiga chalinganlar uchun asosiy mahsulot
sanaladi. Tuganaklari uglevodlarga boy bo‗lib, o‗rtacha quruq moddaga nisbatan 48,31 foiz, ho‗l
vazniga nisbatan 11,7 inulin saqlaydi. Yer noki organizmda xolesteren miqdorini kamaytiradi, uglevod
va yog‗ almashinuvini muqobillashtiradi, antitoksik ta‘sir xarakteriga ega bo‗lib, inulin qonda qand
miqdorini pasaytirish xususiyatiga ega. Oshqozon, ichak kasalliklari, buyrak toshi, kamqonlik
holatlarda bemorlarga topinambur tuganaklari o‗simtalaridan tayyorlangan parhez taomlar tavsiya
etiladi. Klinik tahlillar o‗tkazilganda inulin qabul qilgan qandli diabet bilan og‗rigan bemorlarda qand
miqdori 16 - 17 foizgacha kamaygan, inulin qabul qiladigan bemorlarda insulin qabul qilish 12 - 13
birlikka qisqargan [2]. Qandli diabet bilan xastalangan odamlar har kuni Topinambur sharbati yoki uni
pishirilgan holda iste‘mol qilish qand miqdorini ancha pasayishiga va iqtisodiy jihatdan ancha
samaradorlikk erishadilar. Misol uchun:
Qandli diabet kasalligi bilan og‘rigan be‘morlar bir kunlik iste‘mol
qiladigan kimyoviy dorilar(ayrimlarini) hamda o‗simliklar ro‗yxati
Yuqoridagi jadvaldan ko‗rinib turibdiki qandli diabet bilan og‘rigan be‘morlarda bir kunda ayrim
kimyoviy dorilar iste‘mol qilsa 34720 so‗mlik harajat qiladi (minimum). Agar be‘mor bir kunda
yuqoridagi tabiiy dorivor o‗simlik damlamalaridan iste‘mol qilsa 28800 so‗m harajat qiladi. Bir kunlik
harajtlar o‗rtasidagi farq 5920 so‗mni tashkil etsa, bir oyda bu farq 177600 so‗mni tashkil etadi. Biz
Dori nomi
Narxlari
O‗simlik
nomlari
Narxlari
Ritfarm
560 so‗m donasi 2 maxal
Topinambur
2500 so‗m bir kg
3 maxal
Sifayor
300 so‗m donasi 2 maxal
O‗rmon yer tuti
21000 so‗m
3 maxal
Dialipon
11000 so‗m
1 maxal
Suli
1800 so‗m 100 g
Berlitiyon
22000 so‗m
1 maxal
Dorivor qoqio‗t
3500 so‗m
3 maxal
309
keltirgan farqlar nafaqat iqtisodiy samaradorlikni balki tabiiy o‗simliklar dorivorligi, foydaliligi
jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham dorivor o‗simliklar olamiga katta
e‘tibor berish ularni kimyoviy takibini o‗rganib fanga keng joriy etish muhim masalalardan biri. Shu
jumladan Topinambur o‗simligini tibbiyot sohasiga keng joriy etish, o‗simlik maydonlarini
ko‗paytirish lozim.
Bir so‗z bilan aytganda
Helianthus tuberosus L
o‗simligi
dori-darmon hamda yem xashak
sanoatidagi muhim masalalarni bartaraf etishda sifatli va arzon homashyo hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |