Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari


Hayvonot dunyosini muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari



Download 0,58 Mb.
bet3/6
Sana30.05.2022
Hajmi0,58 Mb.
#619807
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
NOYOB VA YO\'QOLIB BORAYOTGAN HAYVONLARNI HIMOYA QILISHGA DOIR DASTUR

2.2 Hayvonot dunyosini muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish masalasi O`zbekiston Respublikasi "Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida"gi qonunida ham aniq ko`rsatib o`tilgan. Ushbu qonunning XI bo`limi "Tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik va tabiatni muhofaza qilishga oid nizolarni hal qilish", - deb nomlanadi va mana shu bobda, ya'ni 47-moddada "Tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik" deb ko`rsatilgan.
Albatta, hayvonot dunyosini ekologik muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risidagi qonunlarni buzganlik uchun intizomiy, ma'muriy, fuqarolik va jinoiy javobgarliklar mavjud. Shuningdek, hayvonot dunyosini muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunning 39-moddasida ham bayon etilgan.
Intizomiy javobgarlik - bu hayvonot dunyosini ekologik ahamiyatini hisobga olib, undan turli maqsadlarda foydalanish yoki muhofaza qilish qoidalarini buzish hollarda qo`llaniladi. Huquqiy intizomiy javobgarlik aynan, hayvonot dunyosini muhofaza qilayotgan, qo`riqlanayotgan, ko`paytirilayotgan, saqlanayotgan qo`riqxona xodimlariga nisbatan qo`llaniladi.
Intizomiy huquqiy javobgarlik bevosita mehnat intizomi buzilishi oqibatida vujudga kelib, aynan shu xodim ishlayotgan korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan qo`llaniladi.
Intizomiy javobgarlik, shuningdek mayda qonun buzish hollarida ham sodir bo`lib ko`proq mehnat huquqi normalari asosiga muvofiq belgilanadi.
Intizomiy javobgarlik O`zbekiston Respublikasi "Mehnat Kodeksi"ning 181-moddasi talabi asosida sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qo`llanishi lozim.
Fuqarolik javobgarlik - ham hayvonot dunyosini huquqiy ekologik muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega. U asosan yetkazilgan zararni qoplash yoki to`lash yo`li bilan amalga oshiriladi.
Shuning uchun ham O`zbekiston Respublikasining "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunning 40-moddasida shunday deyiladi.
Qonunga xilof ravishda tutilgan hayvonot dunyosi obyektlari, ulardan olingan mahsulot, qonunga xilof ravishda tutish quroli va vositalari, shu jumladan transport vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo`yilishi yoki musodara qilinishi lozim.
Qonunga xilof ravishda tutilgan hayvonlarni va ulardan olingan mahsulotni aybdor shaxslardan olib qo`yish imkoni bo`lmagan taqdirda, ularning qiymati qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlar va tartibda undiriladi.
Hayvonot dunyosidan foydalanish va uni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbiri sifatida, ma'muriy huquqiy javobgarlik belgilanadi. Mazkur javobgarlik turi ma'muriy ekologik huquqbuzarlikni sodir etgan subyektlarga nisbatan qo`llaniladi.
Ushbu javobgarlik turi, 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining "Ma'muriy javobgarlik to`g`risida"gi Kodeksda aniq ko`rsatilgan.
Jumladan ushbu Kodeksning 90-moddasiga muvofiq:
ov qilish, baliq tutish yoki baliq zaxiralarini muhofaza etish qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish -
shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.
Tegishli ruxsati bo`lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki usullar bilan ov qilish va baliq tutish, shuningdek ov qilishga yoki baliq tutishga oid boshqa qoidalarni muntazam ravishda buzish -
shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga, yoxud shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab bo`ladi.
Mazkur, Kodeksning 92-moddasida esa boshqacha sodir etilgan ekologik huquqbuzarlik uchun javobgarlik holati bayon etilgan. Unga ko`ra, hayvonlar yashaydigan muhitni va ularning ko`chish yo`llarini muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish, to`ldirish, saqlash, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalar bilan savdo qilish qoidalarini, shuningdek hayvonot va o`simlik dunyosi obyektlarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni boshqa joyga jo`natish va chet elga olib ketish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek hayvonlarni o`zboshimchalik bilan boshqa yerga ko`chirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish -
fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.
Yana, "Ma'muriy javobgarlik to`g`risida"gi Kodeksning 93-moddasiga muvofiq:
O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar va o`simliklar turlarini saqlashga zarar keltiradi deb topilgan hayvonlar yoki o`simliklarni qonunga xilof ravishda O`zbekiston Respublikasiga olib kelish-
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.
Xususiyatli tomoni shundaki, ushbu Kodeksda "Noyob yoki yo`q bo`lib ketish xavfida turgan hayvonlarni qirilib ketishi, yo`q qilib yuborish, o`lja qilish yoxud shunday hayvonlarning soni kamayib ketishiga yoki yashash muhiti
buzilishiga sabab bo`lishi mumkin bo`lgan harakatlar uchun, sodir etilgan ekologik huquqbuzarlik uchun javobgarlik va jazo chorasi ham ko`rsatilgan:
O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvon turlariga mansub noyob yoki yo`q bo`lib ketish xavfida turgan hayvonlarni yo`q qilib yuborish, o`lja qilish yoxud ularning tuxum, uvildiriq qo`yadigan inlarini, boshpanalarini yo`q qilish, inlari, uyalari va boshqa yashirinish joylarini buzish yoxud shunday hayvonlarning qirilib ketishiga, soni kamayib ketishiga yoki yashash muhiti buzilishiga sabab bo`ladigan boshqa harakatlar sodir etish yoxud bunday hayvonlarni ovlash ruxsatnomasida ko`rsatilgan shartlarni buzgan holda o`lja qilish shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli bo`lgan ashyolarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo`lsa, -
shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli bo`lgan ashyolarni musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi (94-modda).
Hayvonot dunyosini muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbiri sifatida sodir etilgan huquqbuzarlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi.
Albatta jinoiy-huquqiy javobgarlik boshqa huquqiy javobgarlik turlariga nisbatan ancha og`ir formada hayvonot dunyosini o`lishiga, qirilib ketishiga, kamayib qolishi yoki boshqa holatlarda sodir etilgan ekologik huquqbuzarlik uchun qo`llaniladi.
Sodir etilgan ushbu huquqbuzarlik uchun, O`zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan, Jinoyat Kodeksining 202-moddasida aniq javobgarlik va jazo chorasi belgilangan. Unga ko`ra ovchilik, baliqchilik yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini ushlash qoidalarini buzish, noyob hayvonlarni tutishning belgilangan tartibi yoki shartlarini yoxud o`simliklarning dori-darmon, oziq-ovqat va manzarali (dekorativ) turlarini yig`ish yoki tayyorlash, shuningdek maxsus qo`riqlanadigan tabiiy hududlardagi hayvonot va o`simlik olamidan foydalanish tartibini buzish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo`lsa, -
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
O`sha qilmishlar:
a) hayvonlar, parrandalar, baliq, hayvonot va o`simlik dunyosining Qizil kitobga kiritilgan boshqa turlarini nobud qilish bilan;
b) ko`p miqdorda zarar yetkazgan holda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo`lsa,-
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud mol-
mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O`sha qilmishlar:
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) shaxsning o`z xizmat mavqeidan foydalanib;
v) yer, suv yoki havoda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan vositalardan foydalanib;
g) portlash qurilmalari, zaharli kimyoviy moddalar yoki boshqa yalpi qirib yuboradigan yoki nobud qiladigan usullarni qo`llagan holda;
d) uyushgan guruh tomonidan;
ye) juda ko`p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo`lsa,-
eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hayvonot dunyosidan foydalanish turi sifatida ov qilish va baliq ovlashni huquqiy tartibga solish katta ahamiyatga ega.
"Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunning 18-moddasida ov qilish bilan bog`liq masalalarning huquqiy izohi ko`rsatilgan. Jumladan unga asosan:
tabiiy erkinlik holatida yashaydigan yovvoyi hayvonlarni tutish maqsadida izlash, iziga tushish va quvlab borish, tutishga intilish yoki tutish (otish, tutib olish) ov qilish deb hisoblanadi.
Ov sanoat, havaskorlik va sport maqsadida olib borilishi mumkin,- deb ko`rsatilgan.
Shuningdek, qonunda baliq ovlash masalasiga ham katta e'tibor qaratilishi lozim.
Baliq va umurtqasiz suv hayvonlarini tutish baliq ovlash deb hisoblanadi.
Baliq ovlash sanoat, havaskorlik va sport maqsadida olib borilishi mumkin.
Ta'kidlash joizki, har qanday vaziyatda ham ov qilish va baliq ovlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan huquqiy normalar doirasida tegishli ruxsatnomalar bo`lishi, yana ov qilish va baliq ovlash uchun belgilangan normalar doirasida foydalanish uchun ular bilan tegishli shartnomalar tuzishi, ov va baliq mahsulotlarini qayta ishlash hamda hayvonot dunyosi obyektlaridan buyumlar ishlab chiqish va tegishli joylarga topshirish majburiyatlarini o`z zimmalariga olishlari zarur.
Ta'kidlash lozimki mazkur qonunda ov qilish va baliq ovlashning man qilingan usullari ham yoritilgan.
Ov qilish va baliq ovlashda umumxavfli qurollar va usullarni qo`llash man etiladi.
Falokatga uchragan va o`zi uchun notabiiy sharoitda turgan hayvonlarni ov qilish man etiladi (20-modda).
Shunisi e'tiborliki ov qilish va baliq ovlash xo`jaligini yuritish uni faoliyatini qonuniy takomillashtirish lozim.
Mazkur qonunning 25-moddasiga binoan ov qilish va baliq ovlash xo`jaligini yuritish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan:
ov qilinadigan va baliq ovlanadigan yer-suv maydonlari loyihalarining davlat ekologiya ekspertizasi;
hayvonlar miqdorini hamda ov qilinadigan va baliq ovlanadigan maydonlar holatini hisobga olish materiallari;
hayvonot dunyosidan foydalanish huquqini beradigan kvotalar va ruxsatnomalar, hayvonot dunyosi obyektlarini va ular yashaydigan muhitni muhofaza qilish, ulardan foydalanish, ularni takror yetishtirish tadbirlarini o`tkazish to`g`risidagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Ov to`g`risidagi hamda ov qilish va baliq ovlash xo`jaliklarini yuritish to`g`risidagi nizom O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Qonun ov qilish va baliq ovlanadigan maydonlarni loyihalashda ham ekologik holat va vaziyat inobatga olingan holda davlat ekologik ekspertizasidan o`tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Ushbu qonunga asosan quyidagilar davlat ekologik ekspertizasidan o`tkazilishi lozim:
barcha turdagi qurilishlar uchun maydon tanlash materiallari, amalga oshirilishi hayvonot olamining holatiga yoki uning yashash muhitiga ta'sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan rejadan oldingi, loyihadan oldingi va loyiha hujjatlari;
ov qilinadigan va baliq ovlanadigan maydonlarni tashkil etish loyihalari;
hayvonlarni yangi iqlimga moslash va duragaylash ishlarining loyihalari;
hayvonot dunyosi va uning yashash muhiti uchun xavfli bo`lgan o`simliklarni himoya qilish vositalari.
Hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat ekologik ekspertizasi O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi (7-modda).
Demak yuqoridagi barcha holatlar ov qilish va baliq ovlashni to`g`ri qonuniy yo`lga qo`yishga yordam beradi.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish