Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari



Download 0,58 Mb.
bet2/6
Sana30.05.2022
Hajmi0,58 Mb.
#619807
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
NOYOB VA YO\'QOLIB BORAYOTGAN HAYVONLARNI HIMOYA QILISHGA DOIR DASTUR

II.bob. Asosiy qism
2.1 Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi va turlari. Foydalanish huquqining paydo bo`lish asoslari.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorda bepul amalga oshiriladi.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda beriladigan ruxsatnomalar asosida haq evaziga amalga oshiriladi.
Hayvonot dunyosidan foydalanuvchilar qonunda ko`rsatilgan huquq va majburiyatlarini talab darajasida amalga oshirishlari shart. Ana shunday holatlar "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan qonunning 16-moddasida aniq ko`rsatilgan.
Jumladan, hayvonot dunyosidan foydalanuvchilar: hayvonot dunyosi obyektlaridan ularni berib qo`yish shartlariga muvofiq foydalanish;
tutib olingan hayvonot dunyosi obyektlariga va ulardan olingan mahsulotga nisbatan mulkdorlik huquqiga egadirlar.
Ov qilish yoki baliq ovlash xo`jaligini yurituvchi yuridik shaxslar:
yuridik shaxslarga hayvonot dunyosi obyektlaridan belgilangan normalar doirasida foydalanish uchun ruxsatnomalar berishga;
yuridik va jismoniy shaxslar hayvonot dunyosi obyektlaridan ov qilish maqsadida belgilangan normalar doirasida foydalanishi uchun ular bilan shartnomalar tuzishga;
ov va baliq mahsulotini qayta ishlash hamda hayvonot dunyosi obyektlaridan buyumlar ishlab chiqarishga;
hayvonot dunyosi obyektlaridan ishlab chiqarilgan mahsulot va buyumlardan foydalanish hamda ularni sotishga;
sun'iy ravishda yetishtirilib, tabiiy yashash muhitiga chiqarib yuborilgan hayvon turlaridan foydalanishga haqlidirlar.
Hayvonot dunyosidan foydalanuvchilar:
hayvonot dunyosidan foydalanishning belgilangan normalari va muddatlariga rioya etishlari;
hayvonot dunyosining muhofaza qilinishini ta'minlashlari;
hayvonot dunyosidan tabiiy galalarining butligi buzilishiga yo`l qo`ymaydigan va foydalanishga berib qo`yilmagan hayvonlarning saqlab qolinishini ta'minlaydigan usullar bilan foydalanishlari;
hayvonlarning yashash muhiti buzilishiga yo`l qo`ymasliklari;
hayvonlar miqdorini hamda ulardan foydalanish xajmlarini hisobga olishlari;
hayvonot dunyosini tiklash va takror yetishtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishlari shart;
hayvonot dunyosidan foydalanuvchilar qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquq va majburiyatlarga ega bo`lishlari mumkin.
Shuningdek, hayvonot dunyosidan foydalanish turlari va usullarini huquqiy holati hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga katta yordam beradi.
Hayvonot dunyosidan quyidagi maqsadlarda belgilangan huquqiy normalar asosida foydalaniladi:
1) Hayvonot dunyosidan ilmiy, madaniy- ma'rifiy, tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanishga hayvonot dunyosi obyektlarini ularning yashash muhitidan ajratib olib va ajratib olmasdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo`l qo`yiladi.
2) Hayvonlarning foydali xususiyatlaridan - tuproq hosil qiluvchilardan, muhitning tabiiy sanitarlaridan, o`simliklarni changlatuvchilardan, shuningdek hayvonot dunyosi obyektlarining boshqa xususiyatlaridan foydalanish ularni yashash muhitidan ajratib olmasdan va ularga yoki ular yashaydigan muhitga zarar yetkazmasdan amalga oshiriladi.
3) Hayvonlardan ularning mahsulotlarini olish maqsadida foydalanishga hayvonot dunyosi obyektlarini yashash muhitidan ajratib olmasdan va ularni nobud qilmasdan, shuningdek ular yashaydigan muhitni buzmasdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo`l qo`yiladi.
Shuningdek "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunning 24-moddasiga asosan: hayvonot dunyosi obyektlarining miqdorini tartibga solish kvotalar asosida amalga oshiriladi. Kvotalar O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi tomonidan hisobga olish ma'lumotlari va O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalari asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Hayvonlarning ayrim turlarini muhofaza qilish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalari asosida O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi tomonidan ana shu turdagi hayvonlardan foydalanishga yoki foydalanishning ayrim turlariga cheklashlar yoxud taqiqlashlar belgilanishi mumkin.
Aholi sog`lig`ini saqlash, qishloq xo`jalik mollari va boshqa uy hayvonlari kasalliklarga chalinishining oldini olish, yuridik va jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishining oldini olish, hayvonot dunyosining turlari bo`yicha xilma-xilligini saqlab turish maqsadida yovvoyi hayvonlar ayrim turlarining miqdorini tartibga solish tadbirlari o`tkaziladi.
Ayrim turdagi hayvonlar miqdorini tartibga solish tadbirlari hayvonlarning boshqa turlariga zarar yetkazilishini istisno etadigan va ularning yashash muhit saqlanib qolishini ta'minlaydigan usullar bilan O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalarini hisobga olib hamda yer, suv va o`rmon zahiralarini muhofaza qilishni amalga oshiradigan tegishli davlat organlari bilan kelishgan holda amalga oshirilishi lozim.
Miqdori tartibga solinishi lozim bo`lgan hayvon turlari va ularning miqdorini tartibga solish tadbirlarini o`tkazish qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ushbu masalaga, "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunning 17-moddasiga quyidagicha e'tibor berilgan. Unga ko`ra hayvonot dunyosidan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:
ov qilish;
baliq ovlash;
hayvonot dunyosidan ilmiy, madaniy-ma'rifiy, tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanish;
hayvonlar faoliyatining foydali xususiyatlaridan foydalanish;
hayvonlardan ularning faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida foydalanish.
Qonun hujjatlarida hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Hayvonot dunyosidan foydalanish hayvonot dunyosi obyektlarini ularning yashash muhitidan ajratib olmasdan amalga oshirilishi mumkin.
Hayvonot olamidan foydalanish huquqi mustaqil tartiblar majmui hisoblanib, u ekologik huquqning bir qismidir.
Demak, hayvonot dunyosini huquqiy ekologik muhofaza qilish va undan foydalanish deganda qonunda belgilangan va keng o`rin olgan uning ekologik ahamiyatini saqlashga, jamiyatning iqtisodiy, ilmiy, madaniy, estetik, tabiiy, tarbiyaviy va boshqa ehtiyojlarini qondirishga yo`naltirilgan davlat va ijtimoiy huquqiy ekologik tadbirlarning uyg`unligi tushuniladi.
Yana shuni ham ta'kidlash lozimki, fikrimizcha hayvonot dunyosini huquqiy-ekologik muhofaza qilish va foydalanishda, noyob hayvonlarni kelajak avlodga saqlab qolish va ko`paytirish uchun xorijiy mamlakatlar, ayniqsa, AQSH, Kanada, Angliya, Yaponiya, Fransiya, Shveysariya va boshqa mamlakatlar tajribasidan foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir.
Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqini bekor qilishning o`ziga xos xususiyatlari mavjud. Hayvonot dunyosidan foydalanish masalasi O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorda amalga oshiriladi.
Albatta, hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish hollari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda beriladigan ruxsatnomalari asosida haq evaziga amalga oshirilishi ham alohida ko`rsatib o`tilishini ham ta'kidlashimiz lozim.
Shuni alohida qayd etish o`rinliki, hayvonot dunyosidan foydalanish huquqini bekor qilishga asos bo`lib, hayvonot dunyosini va uning yashash muhitini muhofaza qilish hamda undan foydalanishga oid asosiy talablarni buzish yoki uni bajarmaslik, unga e'tibor bermaslik oqibatida ham vujudga keladi.
"Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunning 11-moddasida ana shu talablar quyidagicha ifodalangan. Hayvonot dunyosini va uning yashash muhitini muhofaza qilish hamda undan foydalanishga oid asosiy talablar quyidagilardan iborat:
hayvonlarning tur bo`yicha xilma-xilligini va ular galalarining butligini tabiiy erkinlik holatida saqlab qolish;
hayvonlarning yashash muhitini, urchish shart-sharoitlarini va ko`chib yurish yo`llarini saqlab qolish;
hayvonot dunyosi obyektlaridan oqilona foydalanish, ularni tiklash va takror yetishtirish;
aholi sog`lig`ini saqlash hamda jismoniy va yuridik shaxslarga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida hayvonot dunyosi obyektlarining miqdorini tartibga solish.
Demak, barcha hayvonot dunyosidan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar yuqoridagi talablarga rioya qilishlari shart. Bundan tashqari hayvonot dunyosidan foydalanuvchi subyektlar mazkur qonunda ko`rsatilgan bir qator talablar: ya'ni,
hayvonot dunyosining holatiga salbiy ta'sir ko`rsatadigan faoliyat ko`rsatsa (31-modda), xo`jalik faoliyati va boshqa faoliyatni amalga oshirish paytida yovvoyi hayvonlar kasallikka chalinishining va nobud bo`lishining oldini olish qoidalarini buzsa va talablarni amalga oshirmaganda (33-modda), hududni xo`jalik maqsadlarida o`zlashtirish paytida hayvonlarning yashash muhitini va ularning urchish sharoitlarini saqlash tadbirlarini bajarmaganda (34-modda), yovvoyi hayvonlarning ko`chib o`tish yo`llarini, yashash va urchish joylarini saqlab qolish talab va qoidalarini bajarmaganda (35-modda), kamyob va yo`qolib ketish xavfi ostida turgan hayvon turlarini muhofaza qilish qoidalariga amal qilmasa yoki buzganda (36-modda) ham hayvonot dunyosidan foydalanish huquqlari bekor qilinishi mumkin.
Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqini bekor qilish ushbu qonunning 27-moddasiga asosan quyidagi hollarda bekor qilinadi:
foydalanish zarurati qolmaganda yoki undan voz kechilganda;
foydalanishning belgilangan muddati o`tganda;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risidagi qonun hujjatlari buzilganda;
hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish maqsadida ularni foydalanishdan ajratib olish zarurati tug`ilganda;
foydalanish huquqi berilgan yuridik shaxs tugatilganda.
Qonun hujjatlarida hayvonot dunyosidan foydalanish huquqini bekor qilish uchun boshqa asoslar ham nazarda tutilishi mumkin.
Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi ruxsatnomalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish yo`li bilan tugatiladi.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish