Yangi darsning bayoni.
O‘zbekistonning tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil bo‘lib, ular tabiatning boshqa elementlariga, xususan, relyefi va iqlimiga bog‘liq holda joylashgan. Respublikamiz hududida 3700 o‘simlik turi mavjud bo‘lib, bularning 9 foizi faqat O‘zbekistonda uchraydigan endemik o‘simliklardir. O‘zbekistonda sutemizuvchilarning 97 turi, sudralib yuruvchilarning 57 turi, qushlarning 410 turi, baliqlarning 40 dan ortiq turi bor.Respublikamiz tabiat elementlari, xususan, tuproq-o‘simlik qoplami tekislikdan tog‘ga tomon o‘zgarib, balandlik mintaqalarini hosil O‘zbekiston hududidagi balandlik mintaqalarining vujudga kelishi va uning sabablari, u bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlar akademik K. Z. Zokirov tomonidan ishlab chiqildi.
K. Z. Zokirov tavsiya etgan to‘rtta: cho‘l, adir, tog‘ va yaylov mintaqalarining har biri o‘ziga xos iqlim, tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ega. Tog' mintaqasi. Okean sathidan 1000 - 1200 m dan 2700-2800 m gacha bo'lgan balandlikdagi joylarni o'z ichiga oladi. Tog' mintaqasida o'simlik qoplamining qalinligi tuproq tarkibida chirindining ko'payishiga sharoit yaratadi. Tog'larda tog'-qo'ng'ir va tog'-jigarrang tuproqlari tarkib topgan bo'lib, tarkibida chirindi miqdori 4-6 foizgacha yetadi.Tog' mintaqasining daryo vodiylarida va qayirlarda o'tloq, botqoq-o'tloq tuproqlar uchraydi.Tog'larda betaga, rovoch, tog' yalpizi kabi o'tlar, na'matak, zirk, dukcho'p va irg'ay kabi butalar o'sadi. Tog'da bodom, pista, do'lana, o'rik, olma, olcha, nok, xandon pista kabi mevali daraxtlar ham uchraydi. Tog' mintaqasining 1400 m dan 2500 m gacha bo'lgan balandliklarida archa, yong'oq, Turkiston qayini, teraklardan tashkil topgan o'rmonlar uchraydi.O'rmonlar suv oqimlarini tartibga soladi, sellarning oldini oladi, tuproqlarni yuvilib ketishdan saqlaydi, havo haroratini mo'tadillashtiradi, havodagi zararli moddalami yutib, kislorod chiqaradi.Tog' mintaqasida hayvon turlari adirga nisbatan ko'p. Lekin havoning salqinligi tufayli sudralib yuruvchilar kam bo'lib, Oloy tog' iloni, Turkiston agamasi uchraydi.Tog' mintaqasida o'rmon sichqoni, oq sichqon, ko'rshapalak, oq suvsar, qunduz, o'rmon olmaxoni yashaydi. Tog'da qo'ng'ir ayiq, chipor sirtlon, silovsin, bo'ri, tulki, bo'rsiq, quyon, to'ng'iz yashaydi. Qushlardan burgut, tasqara, itolg'a, kaklik, boltatumshuq, bulbul kabjlar uchraydi.
“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ____________
Sana: _______________ Sinf : ________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |