Hayvonlarning o’simliklarga o’xshashligi va ulardan farqi



Download 225,04 Kb.
bet113/135
Sana24.09.2021
Hajmi225,04 Kb.
#183923
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   135
Bog'liq
7 sinf geografiya fanidan konspekt

Darsning usuli: Tushuntirish. savol- javob

Darsning jihozi: Geografiya faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.

Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.

3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.

Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni.
Geografik o‘rni. Zarafshon tabiiy-geografik o‘lkasi Zarafshon vodiysining o‘rta va quyi qismini o‘z ichiga oladi. Sharqdan Tojikiston bilan chegaradosh, shimoldan Turkiston tizmasining g‘arbiy qismi hisoblangan Chumqar tog‘i va Nurota tog‘i bilan, janubdan Chaqailkalon, Qoratepa, Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘lari bilan, janub va janubi-g‘arbdan Sandiqli qumli cho‘li bilan, shimoli-g‘arbdan esa Qizilqum bilan o‘ralgan.Zarafshon o‘lkasining yerusti tuzilishi bir xil emas. U sharqdan g‘arbga tomon pasayib borsa, shimol hamda janubga tomon balandlashib, tog‘larga tutashib ketadi.Zarafshon vodiysi markaziy tektonik botiqdan iborat. Zarafshon vodiysi goh kengayadi, goh torayadi. Kengaygan qismida Samarqand, Buxoro va Qorako‘l vohalari, toraygan qismida Hazar va Qorako‘l yo‘lagi joylashgan. Samarqand botig‘ining eng keng yeri 70-80 km, uzunligi 220 km. Okean sathidan balandligi 350-905 m. Samarqand botig‘i sharqdan g‘arbga qarab pasaysa, markaziy qismi (Zarafshon daryosi o‘zanidan) har ikki tomonga baland-lashadi. Chunki bu qismida Zarafshon daryosining 4-5 ta ko‘hna qayirlari joylashgan. Bu qayirlarning lyoss yotqiziqlari qalin bo‘lgan yerlarida ko‘plab jarlar vujudga kelgan.Zarafshon vodiysi g‘arbda kengayib, Buxoro vohasini hosil qiladi. Vohaning shimolini Qizilqum o‘rab olgan. Vohaning janubi-sharqida joylashgan Qorako‘l platosi uni Qorako‘l vohasidan ajratadi. Bu yerda voha torayib, Qorako‘l yo‘lagini hosil qiladi. Buxoro vohasining uzunligi 102 km. Kengligi 50-70 km li tekislik yer yuzasini ko‘plab ariq va zovurlar, Zarafshon daryosining eski o‘zanlari o‘yib yuborgan. Zarafshon vodiysining shimolida Oqtog‘ joylashgan. Bu tog‘ning shimolida esa Nurota-Qo‘ytosh botig‘i o‘rnashgan. Bu botiqning o‘rtacha balandligi 500 - 560 m bo‘lib, uning shimolida Nurota tizmasi joylashgan. Nurota tizmasining o‘rtacha balandligi 1500 m. Eng baland Hayotboshi (Zargar) cho‘qqisi 2165 m. Nurota tizmasi sharqda Sangzor daryo vodiysi orqali Morguzar tog‘idan ajralib turadi. Nurota, Qo‘ytosh botig‘ining janubida G‘o‘bdin, Qaroqchi, Oqtog‘, Baxil tog‘lar joylashgan.Zarafshon vodiysining janubidagi Qoratepa, Zirabuloq, Ziyo-vuddin tog‘lari bir-biridan Taxtaqoracha dovoni, Jom, Qarnob botiqlari orqali ajralib turadi.Zarafshon tabiiy-geografik o‘lkasining Buxoro va Qorako‘l vohalari atrofida Jarqoq, Gazli, Qorovulbozor va boshqa gaz konlari topilgan.


Download 225,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish