Hayvonlar morfologiyasi
morfologiya
Ensa suyagi – os occipitale 3 qismga bo‘linadi: a) Asosiy qismi – parsbazilaris kalla suyagi asosida joylashadi va ponasimon suyak bilan qo‘shiladi. U quyidagi anatomik qismlarga bo‘linadi: muskul bo‘rtiqlari – tuberculummusculares - ponasimon suyak bilan birlashgan joyda joylashadi va bosh muskullarini birikishi uchun xizmat qiladi; yoriqsimon teshik – foramen lacerum ensa suyagi tanasining lateral uchidan hosil bo‘ladi va u orqali nerv, qon tomirlari o‘tadi; uzunchoq miya chuqurchasi - fossa medullae - ensa suyagi tanasining miya yuzasida bo‘lib, unda uzunchoq miya joylashadi; miya ko‘prigi chuqurchasi – fossapontis. b) Yon qismlari – partes lateralis katta ensa teshigi bilan chegaralanadi va quyidagi qismlardan tuzilgan: ensa burtiqlari – condyli occipitalis - atlant bilan birlashish uchun xizmat qiladi; bo‘yinturuq o‘simtalari – processus jugularis - lateral bo‘rtiqda joylashadi va muskul birlashishi uchun xizmat qiladi; til osti teshigi – foramina hypoglossa - ensa bo‘rtig‘i va bo‘yinturuq o‘simtasi o‘rtasida joylashadi, u orqali nervlar o‘tadi. v) Tangachasimon qismi – sguama occipitalis ensa teshigining yuqorisida joylashib, quyidagi qismlari mavjud: ensa tarog‘i – crista occipitalis; bo‘yin payi birlashadigan qismi – pars nuchalis. Ponasimon suyak – os sphenoidale - panjarasimon, dimog‘, qanotsimon, tanglay, peshona, chakka va ensa suyaklari bilan chegaralangan. Uning quyidagi anatomic qismlari farqlanadi: tanasi – corpus sphenoidale; ikki juft qanoti: ko‘z qanoti – ala orbitalis, chakka qanoti – ala temporalis; qanotsimon o‘simta - processus pterugoideus - suyak tanasining tashqi yuzasidan chiqadi; qanotsimon taroq – crista pterygoidea - qanotsimon o‘simtaning oldingi burchagidan hosil bo‘ladi; ko‘rish kesishmasining ariqchasi – sulcus chiasmatis – yumaloq teshikning orqa tomonida joylashib, u orqali ko‘rish nervi o‘tadi; ko‘rish teshigi – foramenopticum orbitaga o‘tadi, nerv va qon tomirlar o‘tadi; turk egarchasi – sella turcica va egarcha devori – dorsum sellae - ko‘rish kesishmasidan orqada joylashadi; gipofiz chuqurchasi – fossa hypophysialis turk egarchasida bo‘lib, gipofiz bezi joylashadi; oval teshik – foramen ovale chakka qanotining asosida joylashib, undan qon tomirlar va nervlar o‘tadi. Chakka suyagi – os temporales - juft, kalla suyagining miya bo‘limini yon tomonlarida joylashadi, ensa, tepa, peshona, yonoq, ponasimon, yuqorigi jag‘ suyaklari bilan chegaralanadi va quyidagi qismlardan tashkil topgan: a) chakka suyagi tangachalari – sguama temporalis - tashqi tomonida yonoq o‘simtasi – processus zygomaticus joylashadi; chakka chuqurchasi – fossa temporalis - bosh – tepa suyagining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan, yonoq yoyi – arcus zygomaticus hosil bo‘lishida ishtirok etadi; bo‘g‘im bo‘rtig‘i– trochlea articularis yonoq bo‘rtig‘ining asosida joylashib, pastki jag‘ bilan birlashish uchun xizmat qiladi; bo‘g‘im chuqurchasi – fossa articularis va bo‘g‘im orqa o‘simtasi – processuspostglenoidalis - yonoq o‘simtasida joylashgan; chakka kanali – meatus temporalis- tangacha bilan quloq suyagi o‘rtasida joylashadi. b) quloq suyagi – os petrosum - nog‘orasimon, so‘rg‘ichsimon va qoyasimon qismlardan iborat. Panjarasimon suyak – os ethmoidale- kalla suyagining ichkarisida joylashib, peshona, ponasimon, ko‘z yoshi, yuqorigi jag‘, tanglay suyaklari va dimog‘ bilan chegarlanadi. Unda panjarasimon, vertikal plastinkalar va labirint farqlanadi. a) panjarasimon plastinka – lamina cribrosa ponasimon va peshona suyaklari orasida joylashadi, unda ikkita hid bilish chuqurchasi – fossa olfactoria - bosh miyaning hidlov piyozchasi joylashishi uchun va nervlar uchun bir nechta mayda teshikchalar mavjud. b) vertikal plastinka – lamina perpendicularis - dimog‘ ariqchasiga kirib turadi. v) panjarasimon suyak labirinti – labyrinthus - vertikal plastinkalarning yon tomonlarida joylashadi. Download 14,33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |