Hayvonlar morfologiyasi



Download 14,33 Mb.
bet265/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   268
Bog'liq
morfologiya

preparat
Limfa tuguni va taloq.
Mushukning limfa tuguni. Gematoksilin va eozin bilan bo‘yalgan (20-rasm).

Preparat limfa tugunining bo‘yiga kesimidir. Uning qavariq tomoni tugunga limfa tomirlari kiradigan yuzasiga to‘g‘ri keladi, botiq tomon darvoza, tugundan limfa tomirlari chiqadigan joy bo‘lib, xuddi shu joyda tugunga arteriyalar kiradi va venalar chiqadi. Tugunning darvozasi faqat medial kesimlarda ko‘rinadi, paramedial o‘tgan kesimlarda darvoza ko‘rinmaydi. Hatto oddiy ko‘z bilan tugun periferiyasi (po‘stloq modda)ning to‘qroq va markazining (mag‘iz modda) ochroq bo‘yalishi ko‘rinib turadi.


Limfa tugunining ayrim detallarini aniqlab olish uchun kuchli ob’ektivni qo‘llagan holda kichik ob’ektiv yordamida o‘rganmoq va chizib olmoq lozim. Kesim periferiyasida yog‘ to‘qima bo‘lakchalariga ega biriktiruvchi yumshoq to‘qimadan iborat kapsula (1) ko‘rinadi. Kapsulada limfa olib keluvchi tomirlarning ko‘ndalang yoki qiyshiq kesimlari (2) uchraydi. Limfa olib ketuvchi tomirlar tugun darvozasida qiyshiq kesimlarga tushadi. Limfa tomirlari teshigining nisbatan yirikligi, devorining yupqaligi va ichida eritrotsitlar yo‘qligi bilan xarakterlanadi, ba’zan limfa tomirlari kesimida klapanlar uchraydi. Kapsulaning ichki, biroz zichroq qavatidan tugun ichiga to‘siqlar yoki trabekulalar (3) o‘sib kiradi; ba’zi joylarda ularning kapsuladan ajralayotgani ko‘rilsa, boshqa joylarda ularning bo‘laklari kesimga tushadi. Po‘stloq moddasi tugunning asosini hosil qiluvchi retikulyar to‘qimadagi limfotsitlarning yumaloq shakldagi to‘plamlari bo‘lgan ikkilamchi limfa tugunchalaridan (4) iborat. Ko‘pincha ikkilamchi tugunchalar qo‘shilib ketib noaniq shakldagi tuzilmalar hosil qiladi.
Ayrim ikkilamchi tugunchalarda reaktiv markazlar (5) (ko‘payish markazlari) ko‘rinadi. Bular ikkilamchi tugunchalarning ochroq bo‘yaluvchi qismlaridir; ba’zan ular kichik va bu holda reaktiv markaz atrofida enli qoramtir jiyak ko‘rinadi, ba’zan markazlar keng va ensiz qoramtir tasmacha bilan o‘ralgan. Ko‘payish markazlarisiz tugunchalar ham uchraydi. Tugunchalarda ko‘payish markazlari bo‘lmasligi ham mumkin, ammo ko‘pincha bular periferiyasidan kesilgan va shuning uchun ko‘payish markazi tushmagan ikkilamchi tugunchalardir. Katta (kuchli) ob’ektiv yordamida bunday markazlarda yirik limfotsitlar ko‘pligi ko‘rinadi va sitoplazmasida turli zarrachalar bo‘lgan fagotsitlar uchraydi. Po‘stloq moddadan ajraluvchi mag‘iz qism ipchalari (6), to‘rsimon ko‘rinishga ega va mag‘iz moddani hosil qiladi. Bu tuzilmalar asosan to‘rsimon to‘qimada joylashgan kichik limfotsitlarning lentasimon to‘plamlaridan iborat. Limfotsitlarning to‘plamlari oraliqlarida kam miqdorda limfotsitlarga ega va limfa sinuslari deb ataluvchi joylar ko‘rinadi. Tugun kapsulasi va ikkilamchi tugunlar orasida chekka sinuslar (7), mag‘iz qism ipchalari orasida oraliq sinuslar (8) ko‘rinadi. Kuchli ob’ektivda sinuslarda retikulyar sinsitiy ko‘rinadi.
Qon tomirlarining kesimlari (9) ko‘proq mag‘iz moddaning tugun darvozasiga yaqin joyida uchraydi. Turli limfa tugunlari har xil funksional holatda ularning reaktiv o‘zgarishlarini aks ettiradigan juda xilma-xil ko‘rinish kasb etishini hisobga olmoq lozim.

Mushukning limfa tugini. Kuchsiz obyektiv 20-rasm

Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish