Hayvonlar morfologiyasi


Ko‘z soqqasining pardalari



Download 14,33 Mb.
bet239/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   268
Bog'liq
morfologiya

Ko‘z soqqasining pardalari
Tashqi fibroz parda – tunica fibrosa oculi oq parda va shox pardaga bo‘linadi. Ko‘zning pardasi - sclera oculi ko‘z soqqasining 4/5 qismini egallaydi. Bu pardada qon tomirlari juda kam bo‘ladi. Uning orqa tomonining pastki yon qismida teshik bo‘lib, bu teshik orqali ko‘rish nervi chiqadi.
Shox - cornea ko‘z soqqasining old tomon yuzasida joylashib, uning 1/5 qismini egallaydi. Bu parda juda tiniq va zich bo‘lib, qalinligi 0,6-0,7 mm keladi. Shox pardaning usti ko‘p qavatli hujayralar bilan qoplangan, unda juda ko‘p nerv bo‘ladi. Bu pardaning ichki yuzasi gomogen endoteliy bilan qoplangan.
Ko‘zning tomirli pardasi - tunica vasculosa oculi ko‘zning ikkinchi qavati bo‘lib, uch qismdan: xususiy qon tomirli parda, kipriksimon tanasi va ko‘zning rangli pardasidan iborat.
Xususiy qon tomirli parda - tunica chorioidea qoramtir-qo‘ng‘ir rangli, qon tomirlari ko‘p yupqa parda bo‘lib, fibroz parda bilan to‘r parda o‘rtasida joylashadi. Bu parda ko‘zning fibroz pardasi bilan zich birikadi. Qon tomirli pardaning rangli parda ostidagi to‘r pardada tasvir beruvchi parda - taretum fibrosum bo‘lib, u o‘txo‘r hayvonlarda fibroz, yirtqich hayvonlarda esa hujayraviy tuzilishga ega, cho‘chqalarda bo‘lmaydi. To‘r pardaning rangi va shakli har xil bo‘ladi.
Kipriksimon tana - corpus ciliare o‘rta qavat bo‘lib, unda qon tomirlari juda ko‘p, lenta shaklida, qalinligi 10 mm gacha, oq pardaning oldida joylashadi. Kipriksimon tanada silliq muskul tolalaridan iborat kiprik muskuli - m. siliaris bo‘ladi. U radial holda joylashgan 100 ga yaqin taroqsimon kiprik tojlari - corona ciliaris dan iborat. Bu tananing old tomonida kiprik o‘simtasi - processus ciliaris bo‘lib, unga ko‘z gavharini ko‘tarib turuvchi pay birikadi.
Ko‘zning rangli pardasi - iris hayvonlarda har xil rangda bo‘lib, shox pardaning orasida turadi. Bu pardaning o‘rtasida oddiy teshik – ko‘z qorachig‘i - pupilla bor. Rangli pardaning oldingi va keyingi yuzasida burmalar – qorachiq hamda kiprik chetlari bo‘lib, ular kiprik tanasi va shox pardaga birlashib turadi. Qorachiqning ustki tomonida uzum g‘ujumlariga o‘xshash qoramtir shakllar - granulae iridis bo‘ladi. Rangli parda pigmentlari har xil rang beradi. Ko‘z qorachig‘i atrofida silliq muskul tolalari qorachiq sfinkteri - m. sphincter pupillae ni, radial holda joylashuvchi muskullar - m. dilatutor pupillae qorachiqni kengaytiruvchilardir. Uning kengayishi va torayishi yorug‘likka bog‘liq bo‘ladi. Qorachiqning shakli ham har xil hayvonlarda turlicha: o‘txo‘rlarda ko‘ndalang bo‘ladi.
Ko‘zning to‘r pardasi - retina ko‘radigan va ko‘rmaydigan qismlarga bo‘linadi. Ko‘radigan qismi - pars optica retinae ham o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: a) pigmentlangan qavat tomirli qavatga yaqin birlashgan: b) yoki xususiy (chin) to‘r qavat ko‘rish nervining kirish joyidan kipriksimon tanagacha boradi. Rangi qizg‘ishroq-tiniq bo‘ladi. To‘r pardaning ko‘rish nerviga o‘tadigan joyi ko‘rish g‘uddasi - papilla optica deyiladi. Uning diametri 4,5-5 mm. To‘r pardaning o‘rtasida markaziy hoshiya - area centralis retinae bo‘lib, u eng yaxshi ko‘rish joyi hisoblanadi.
Kipriksimon (ko‘rmaydigan) qismi - pars ciliaris (caeca) retinae va rangli parda qismi - pars iridis retinae juda yupqa bo‘lib, ikki qavatdan iborat, ularning biri kipriksimon tanaga, ikkinchisi rangli pardaga birlashadi.
Gavhar - lens cristallina ikki tomonlama qavariq linza bo‘lib, rangli parda orqasida joylashadi. U juda tiniq va zich konsistensiyali bo‘lib, yorug‘liq nurini sindirib, to‘r pardaga tasvir tushirish uchun xizmat qiladi. Uning diametri har xil hayvonlarda turlicha: otlarda gorizontal holda 22 mm, vertikal holda 19 mm, qalinligi 13,25 mm; qorako‘l qo‘ylarda gorizontal holda 14-15 mm, qalinligi 12-14 mm, og‘irligi 2,5-2,2 g bo‘ladi. Gavharning sirti kapsula - capsula lentis bilan o‘ralgan bo‘lib, unda po‘stloq - substantia cortialis lentis, zich yadro - nucleus lentis qismlar bo‘ladi. Ko‘z gavhari kipriksimon tanaga pay orqali - zonula ciliaris (Zinnii) yoki ko‘tarib turuvchi pay - lig. suspensorium lentis bilan birlashib turadi. Bunda limfa yoriqchalari bo‘lib, ular limfa suyuqligi bilan to‘lib turadi. Shu paylarning qisqarishi va yozilishi natijasida doim elastik holatdagi gavhar kengayib-torayadi va buyumlarni ko‘rishni osonlashtiradi.
Shishasimon tana - corpus vetreum sharsimon, tiniq organ bo‘lib, gavhar bilan to‘r parda orasidagi bo‘shliqda joylashadi. Uning ichida quyuqroq modda bor. Ko‘z soqqasining tomirlari ikki qismga: to‘r parda va oraliq parda qismlarga bo‘linadi. To‘r parda arteriyasi kipriksimon tana arteriyasidan hosil bo‘lib, ko‘rish g‘uddasi yonidan o‘tadi. Arteriyalar qisqa va uzun kiprik arteriyalaridan hosil bo‘ladi. Vena qon tomirlari yulduzsimon shakl hosil qilib, kiprik venasiga borib qo‘shiladi. Ko‘z soqqasida limfa tomirlari bo‘lmaydi, ularning vazifasini limfa bo‘shliqlari bajaradi. Bunday bo‘shliqlarga fontanovi episkleral, to‘r parda bo‘shlig‘i va boshqalar kiradi.

Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish