Hayrat ul-abror” va “Farhod va Shirin” xotimalarining sharhi. Reja topshiriqlar


Ul qul hikoyatikim, ayog‘i toyilib, ayog‘luq oshini shohning boshi kosasig‘a urdi va karamlig‘ shoh ollida o‘z oshin pishurdi



Download 66 Kb.
bet2/3
Sana11.07.2022
Hajmi66 Kb.
#777751
1   2   3
Bog'liq
2 5245000704526916474

Ul qul hikoyatikim, ayog‘i toyilib, ayog‘luq oshini shohning boshi kosasig‘a urdi va karamlig‘ shoh ollida o‘z oshin pishurdi

Oyog‘i-toyib ketib kosadagi oshni shohning kosadek boshiga to‘kib yuborgan va olijanob shoh oldida o‘z oshini pishirgan bir qul hikoyasi

Bor edi bir xusravi sohib karam,
Kim karamidin el edi muhtaram.
Xizmat aro bor edi bir qul anga,
Poyai xizmatda bakovul anga.
Bir kun aning bazmida bo‘lg‘on chog‘i,
Shohga ham ishtaho o‘lg‘on chog‘i,
Nakbat ayog‘ig‘a urub toshni,
Shah boshig‘a to‘kti isig‘ oshni.
El dedilar, xoli ani o‘lturur,
Kim bu gunohig‘a jazo ul durur.
Shoh boqib ko‘rdi chu noshod ani,
Lutf etibon ayladi ozod ani.



Saxiy bir podshoh bor edi. Saxiyligidan xalqi uni hurmat qilar edi. Uning bir quli bor edi, xizmat darajasi bakovullik edi. Kunlardan bir kuni uning bazmida ovqat vaqtida, podshohning ham ishtahasi yaxshi bo‘lib turganda, falokat bosib, falokat uning oyog‘iga tosh urdi: issiq oshni podshohning boshiga to‘kib yubordi. Odamlar:
- Podshoh endi uni o‘ldiradi. Gunohiga loyiq jazo shudir! - deyishdi.
Shoh esa qulning xafaligini ko‘rib, kechirdi ham ozod qilib yubordi.

Dedi vazir: «Ey karaming bedarig‘,
Yo‘q edi sha’nida aning g‘ayri tig‘».
Shoh dedi lutf bila zavqnok:
«Kim ani xud xijlat etibdur xalok.
Kimsa o‘lukni yana o‘lturmadi,
Tig‘i siyosat boshig‘a surmadi.
Har kishi xalq ichra gunahkorroq,
Afvu inoyatga sazovorroq».



Vazir dedi:
- Ey saxiylikda beg‘araz shoh, unga tig‘dan boshqa narsa loyiq emas edi-ku? Shoh esa zavq qilib, lutf bilan dedi:
- Xijolat o‘zi uni o‘ldirib bo‘ldi. Hech kim o‘lgan o‘likni boshqatdan o‘ldirmagan; boshiga esa jazo tig‘in tortmagan.
Xalq ichida kim eng gunohkor bo‘lsa, o‘sha afv va inoya’tga eng ko‘p sazovordir.

Yo Rab, aningdek karam etguvchi shoh, .
Yuz ming eshigingda erur xoki roh.
Har necha ko‘p bo‘lsa gunohim mening,
Shukrki, bor sendek Ilohim mening.
Xijlat ila qolmadi xud jon manga,
Eri durur aylasang ehson manga.
Garchi emon qobili lutfu karam,
Lek emon bir yo‘li navmid ham.
Men kimu bahri karam etmak havas,
Bahr agar uldur, manga bir qatra bas.
Shukrki, ehsoning o‘lub yovarim,
Topti nihoyat varaqin daftarim.



Ey Xudo, shunday saxiy shohlarning yuz mingi eshiging yo‘lagining tuprog‘idirlar. Mening gunohim har qancha ko‘p bo‘lganda ham, shukrki, sendek mening Xudoyim bor. Hijolat torta berib, jonim qolmadi. Menga ehson qilsang o‘rinlidir. Men garchi lutfu karamingga loyiq bo‘lmasam ham, lekin ulardan butunlay noumid ham emasman.
Menga sendan ehson so‘rashni kim qo‘yibdi? Ehsoning bir dengiz bo‘lsa, uning bir qatrasi menga etarli.
Shukrki, ehsoning madadkor bo‘lib, daftarim o‘zining oxirgi varaqlarini ham topdi.





Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish