Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (II- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
20 
http://ziyonet.uz/ 
Ganja quyoshi bayroq koʻtarib, soʻz mamlakatini bir hukmronlik ostiga birlashtirganida
bu ham koʻz tikmagan, qoʻshin tortmagan mamlakat qplmadi. Qaysi bir mayni ichib, u 
kayf qilgan boʻlsa, bu ham oʻsha mayni ichib mast boʻldi. U qaysi maskanga yoʻl olgan 
boʻlsa, bu ham oʻsha yerda bazm qurdi. Borgan yerini u «Maxzan ul-asror» bilan bezagan 
boʻlsa, u yerni bu «Matla’ ul-anvor» bilan yoritdi. U masnaviy yoʻlini oʻziga 
boʻysundirgan boʻlsa, bu ham unga ergashdi, unga monand ish tutdi. 
Koʻp kishilar ularga oʻxshatmalar yozishni havas qilishdi, biroq ular sarv bilan gul 
qarshisiga xas keltirishdi. Ulardan faqat bir kishi bundan mustasnoki, bunday odamni 
koʻhna falak shuncha aylangani bilan boshqa yarata olmadi. 
XIII 
Yuksaklikning uzun soyasi, shodlik jomining sof sipqoruvchisi mavlono Nuriddin 
Abdurahmon Jomiy vasfikim, vasfga sigʻmas, ta’rifikim, ta’rifga toʻgʻri kelmas va ul 
xazrat iltifoti quyoshi qora kunga kolgan men ojizning ahvoliga nur sochganining bayoni, 
ul quyosh tarbiyasidan bu tuproqda oq gullar, oq gullargina emas, rang-barang rayhonlar 
nishon bergani va «Tuhfat ul-ahror» tuhfasi mutolaasidan gʻamgin koʻngulning 
xursandchilik topgani va «Hayrat ul-abror»ning la’l va javharlarini nazm ipiga 
tizmoqning sababi 
U bugungi kunda soʻfiylik maslagining dahosi, haqiqat sirlarining kashf etuvchisidir. 
Uning koʻksi - haqiqat durlarining xazinasi, koʻngli esa ma’no yuzlariga oina. 
Uning oʻrni yetti qavat osmondan ham yuqorida: yetti osmonning mushkul ishlari esa -
uning oldida xal. Uning maskani - soflik madrasasi; uning uchun eng tinch joy - doʻstlar 
xonaqohidir. Uning jilva qilib qarab turadigan joyi yuksak osmon gulshani; suv ichadigan 
chashmasi esa aniqlik manbaidir. 
U qurgan soʻz qasri shu qadar balandga koʻtarilganki, unga hatto osmon ham sirtmoq 
sola olmaydi. Bu qasrda shaytonlarning xas-xashagi ilinib qolishi imkoni yoʻq, chunki 
unda farishtalar toʻdasi qanot qoqib yuradi. 
Goʻyo jahon osmon gumbazi ostiga yashiringanday, u oʻz hujrasining gumbazi ostida 
yashirinib oʻltiradi; uni sen jahon ham dema, katta olam deb ata, Allohi taoloning 
qudratidan nishona deb bil. Uning ustidagi darveshlik xirqasi oddiy kalta toʻn boʻlib, bu 
toʻn uning tani, jismi esa uning jonidir. Xirqa oʻrniga bunday toʻn kiyishining sababi, oʻz 
tanini riyokorlik libosidan xalos etishdir. 
U boshini oʻychan quyi solib, dildan Xudoga yuzlanganida, ravshan koʻngil bilan 
chaqmoqday sayr etadi. Bu sayrda u falakni xijolatga soladi, yer yuzini esa xat varaqlari 
aylanganday aylanib chiqadi. 
U xat yozar ekan, uning siyoxi vaqt quyoshini qora parda bilan bulutdek toʻsib 
qoʻyayotganday boʻladi. Bu pardani u yashirin xolatlarni berkitish uchun yasagan; 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish