Aziz o'quvchi



Download 0,99 Mb.
bet61/61
Sana11.01.2017
Hajmi0,99 Mb.
#173
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
IT HAQIDA DOSTON

Quyosh o'ynar javdar xirmonda,

Chiptalarda nuri tillarang.

Bolaladi ona it tongda,

Yetti kuchuk tug'di mallarang.

Yuvib-tarab tillari bilan,

Oqshomgacha erkaladi u.

Ona itning issiq bag'ridan

Qor ustida erib oqdi suv.

Oqshom; payti, tovuqlar endi

Qo'nog'iga tizilishgan dam

Uy egasi xo'mrayib keldi,

Qopga soldi yettovini ham.

Sho'rlik ona chopdi ketidan,

Uzoq-uzoq quvlab bordi u.

Muzdek terlar oqib etidan,

Achchiq-achchiq uvlab bordi u.

Botqoqlardan kechib o'tdi loy,

Oyoqlari toldi, urindi.

Qaytar ekan tom ustida Oy

Bolasiga o'xshab ko'rindi.

Sho'rlik yana bolasin so'rab,

Ko'kka boqib uvladi xasta.

Yangi Oy ham asta g'ildirab

Tushib ketdi ufqdan pastga.

Bechoraga ermaklab, kulib,

Non o'rniga otishgandek tosh,

It ko'zidan yulduzlar bo'lib

Qorga oqdi tomchi-tomchi yosh.

Ko'rib o'tganimiz «Ona ibodati» she'rida ona va o'g'il timsoli orqali vatan mavzui yoritilgan edi. «It haqida doston»da shoir it bahonasida ona mavzuini qalamga oladi. «Quyosh javdar xirmon uzra o'ynagan» ko'klam kezda tong mahali ona it bolalab, yettita tug'di. Oqshomga qadar ularni shunday yalab-yulqab erkaladiki, bu issiq mehrdan go'yo qor ustida suv erib oqdi. Kech tushdi. «Tovuqlar endi qo'nog'iga tizilishgan dam» uy egasi xo'mrayib kelib, itning yetti bolasini qopga soldi-da, uzoq-uzoqlarga olib ketdi. Ona it bilan uning necha pullik ishi bor? Unda rahm-shafqat, ona dardini his qilish, insof qayoqda? Ona it sho'rlik achchiq-achchiq uvlab, muzdek terlar oqizib, egasining ketidan quvlab bordi. Loylar kechdi, holdan toydi. Oxiri, umidini uzib, orqaga qaytar ekan, tom ustidagi oppoq Oy ham bolasiga o'xshab ko'rindi. Dardi yangilandi: ko'kka boqib, bolasini so'rab, yana nola-fig'onlar qildi. Bu og'ir g'am-alamga chidolmaganday, Oy ham ufqdan pastga tushib ketdi.

Oxiri:

Bechoraga ermaklab, kulib,



Non o'rniga otishgandek tosh,

It ko'zidan yulduzlar bo'lib



Qorga oqdi tomchi-tomchi yosh.

Asardagi timsollar soni ko'p emas: ona it, uning yetti bolasi, uy egasi, Quyosh, Oy, javdar xirmoni, qop, qor, muzdek ter, ko'z­yoshi... Bu yerdagi har bir timsolning alohida badiiy yuki, tashiydigan ma'nosi bor. Asosiy nuqta - tongda bolalagan ona it quvonchining kechga borib fojiaga aylangani. Birdaniga yetti bolasidan ayrilib qolgan onaning dod-u faryodiga chidab bo'ladimi? Hatto, osmondagi Oy ham onaizor itga bolalarini eslatadi. Demak, shoir zimdan itning oppoq bolalar tuqqanini bildirib o'tyapti. Itki shunchalar farzandsevar bo'lsa, onalarimizdagi bizga bo'lgan mehrning taftini nima bilan, qanday o'lchaymiz?! Sezib turibsizki, she'rdagi it shunchaki it emas - u ona! Shoirning unga qattiq rahmi keladi. She'r ana shu yuksak darajadagi rahmdillik mahsuli yanglig' qog'ozga tushgan. Modomiki, shunday ekan, onaning qadriga yetish kerak. Modomiki, shunday ekan, itga ham rahm qilish lozim. Modomiki, shunday ekan, itga ham farzand shunchalar shirin. Modomiki, shunday ekan, odamzod itga ham ozor bermasligi, uni bolalaridan ajratmasligi zarur. Ushbu asarning tarbiyaviy ahamiyati shundan kelib chiqadi.
Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish