O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
“HAYOTIY FAOLIYAT” KAFEDRASI
MEHNAT TA'LIMI YONALISHI
"TEXNALOGIYA VA DIZAYIN”
FANIDAN.
____________________________________________________________________
mavzusidagi
Bajardi: 18.16-guruh talabasi
G’ofurova Guljaxon
Raxbar: B.Rozzoqov
Qabul qildi: B.Rozzoqov
Farg‘ona – 2020y
Mavzu: Plashka va metchik yordamida tashqi hamda ichki rezbalarni ochish texnologiyalari.
Kirish
Nazariy qism
Metchiklarni afzalliklari haqida asosiy tushunchalar.
Metchiklarning ba’zi turlarini xususiyatlari.
Rezba kesuvchi plashkalar haqida.
III. Amaliy qism
Ichki rezbalarni kesish haqida.
Tashqi rezbalarni kesish haqida.
IV. Xulosa
V. Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Respublikamizda texnika va texnologiyalarning rivojlanishi va eski dastgohlarning yuqori samaradorlikka ega dastgohlarga va moslamalarga almashtirilishi natijasida metallarga mexanik ishlov berishning ham turli usullari kirib keldi. Lekin qo’l kuchi yordamida amalga oshiriladigan slesarlik ishlari hozirgi kungacha ishlatilib kelinmoqda. Ayniqsa bu metallarga ishlov berish kursini o’rganishni boshlagan talabalar uchun zarur usullardan hisoblanadi.
“O’quv ustaxonasi” fani to’qimachilik, yengil va paxta tozalash korxonalarida amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlarida qo’llaniladigan jarayonlar, texnologik vositalar tasnifi ularning tuzilishi va amaliy qo’llash, fan tarixi va rivojining tendentsiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy - iqtisodiy islohotlar natijalari va xududiy muammolarning amaliy malaka va kunikmalarni shakllantirish istiqboli ga ta’siri masalalarini kamraydi.
Fanni o’qilishidan maqsad – talabani qo’l mexnati va metall qirquvchi dastgohlardan foydalangan holda metalldan chilangarlik ishlari uchun zarur bo’lgan asboblar yasash, slesarlik ishlari bilan tanishish va ko’nikma olishdir.
Fanning vazifasi – talabani ushbu fan bo’yicha olgan amaliy bilimlarini kurs loyihasi va bitiruv ishlarini bajarish bilan real sharoitga qo’llash bo’yicha amaliy malaka va ko’nikmalar hosil qilishdir.
«O’quv ustaxonasi» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
-texnologik mashinalar va jihozlarning detallarini tayyorlash to’g’risidagi birlamchi ma’lumotlari, chilangarlik ishidagi jarayonlarni to’g’ri tashkil etishni bilishi kerak;
-texnologik mashinalar va jihozlarning detalarini tayyorlashda kerak bo’ladigan texnologik vositalarni muqobil turlarini tanlash ko’nikmasiga ega bo’lishi kerak;
-texnologik mashinalar va jihozlarning detalarini tayyorlashni usullarini belgilash va bunda texnologik vositalardan to’g’ri foydalanish malakalariga ega bo’lishi kerak.
«O’quv ustaxonasi» fani umumkasbiy fanlaridan hisoblanib, 4-semestrda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, fizika, nazariy mexanika, kimyo), umumkasbiy (mashinasozlik texnologiyasi va loyihalash asoslari, mashina detallari, konstruktsion materiallar texnologiyasi; metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash, ixtisoslik (tarmoq mashinalarini ta’mirlash, tarmoq mashinalari puxtaligi va x.,k.) fanlarn bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |