Hayotimiz Charog’boni



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/60
Sana07.06.2021
Hajmi0,96 Mb.
#65974
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   60
Bog'liq
1 5055708344602329173

 
94 
Qo‘ziboy eshik oldiga kelib, otdan tushdi. Qo‘lini peshonasiga qo‘yib, 
derazadan ichkariga nazar tashladi. Keyin, otdan tush, degandek xotiniga qaradi. 
Kokilaning uzangiga oyoq qo‘yolmay qiynalayotganini ko‘rib, tushirib qo‘ydi-
da, qo‘lidan yetaklab deraza oldiga olib keldi. Ichkariga qarashdi. 
Hali joy solinmagan uyning bir chetida samovar, sandiq ustida sholchaga 
tugilgan ko‘rpa-to‘shak. Yuziga dog‘ tushgan qorachagina bir juvon orqasiga 
bolish qo‘yib, tizzasida chaqaloqqa ko‘ylakcha tikyapti. Rangini oftob 
oqartirgan odeyalga chalqamcha yotib olgan mo‘ylovdor yigit yalang‘och 
qorniga bolasini mindirib, nimalardir deb javraydi. Uni ot qilib minib olgan 
bolaning bir qo‘lida teshikkulcha, bir qo‘lida qizil qog‘ozli konfet. Yerda ham 
konfet qog‘ozlari. Yigitning ko‘kragiga boshi burgut, ta-nasi odam, oyoq 
tomoni baliqqa o‘xshagan surat solingan. 
— Qoyilman, matros! — deb yubordi Qo‘ziboy, unga havasi kelib. 
Elektr chirog‘i ko‘zni oladigan darajada yoritib turgan cho‘l o‘rtasidagi uyda 
kishining havasini keltiradigan qandaydir bir halovat, beozor, osuda hayot 
gurkirab turardi. Tashqarida cho‘l bo‘roni quturib, qumlarni chor atrofga 
purkadi. 
Qo‘ziboy bilan Kokila bo‘ronda tebranib, nurda porlayotgan osuda oila 
manzarasidan ko‘z uzolmay turishardi. 
— Sen shu yerda qol, endi men ketaman. 
— Kiraylik, xavotir olganimizni aytaylik-da! Bilib qo‘ysin tashvish 
qilganimizni. 
— Aslo! — deb uning gapini bo‘ldi Qo‘ziboy — Kelganingni pisanda 
qilmoqchimisan? Yo‘q, xotin. Birovga yaxshilik qilsang, o‘ziga bildirmay qil, 
kimga minnatdorchilik bildirishini o‘zi ham bilmasin. Ana uning gashti 
boshqacha bo‘ladi. 
Kokila yana derazadan qaradi. Endi bola «ot minish»dan zerikib, dadasining 
qornida o‘tirib mudrardi. Birdan Kokilaning esiga uyda yolg‘iz qolgan 
o‘g‘ilchasi tushdi. Yuragini vahima bosdi. «Bola bechora uyg‘onib, yolg‘iz 
uyda bo‘rondan qo‘rqib o‘tirgan bo‘lsa-ya!» 
Kokilaning ko‘ziga boya yo‘lni kesib o‘tgan bo‘ri ko‘rinib ketdi. Shoshib borib 
otning egariga yopishdi. 
— Yuring, ketamiz. Bobir uyg‘onib qolgan bo‘lsa… 


 
   95 
Qo‘ziboy ildam egarga minib, xotinining qo‘lidan tortdi. Otning sag‘risiga 
beozor bir-ikki qamchi tegizdi. Jonivor boshini silkib, yo‘lga tushdi. 
Boya qum bosgan yo‘llarni endi ters esayotgan bo‘ron supurib qo‘ygan edi. 
Bo‘ron quturgandan quturib yotibdi. Bo‘kiradi, uvillaydi. Shu dovulga ko‘krak 
tutib ketayotgan er-xotin baxtiyor. Ularning har ikkovi ham vahimali 
tovushlarga kuloq solib, o‘z o‘yi bilan ovora. 
Odamzod qiziq bo‘lar ekan. Bo‘lmasa, Kokila shu vahimali, dahshatli bo‘ronda 
keta turib ham poshnasy bigizdek tufli haqida o‘ylarmidi. 
1961 yil. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish